7-mavzu: Pul va inflyatsiya



Yüklə 145,73 Kb.
səhifə1/8
tarix17.12.2022
ölçüsü145,73 Kb.
#75961
  1   2   3   4   5   6   7   8
EC211523-19A3-4F6D-AB6B-D6C36293258F.7-mavzu. Pul va inflyasiya



7-mavzu: Pul va inflyatsiya
Reja:

  1. Pulning miqdoriylik nazariyasi. Fisher samarasi. Fridman modeli. Senoraj.

  2. Inflyatsion xarajatlar. Klassik dixotomiya. Inflyasiya darajasi.

  3. Pulning funksiyalari, ularning ko’rinishlari Pul agregatlari. Likvidlilik. Pulning miqdoriy tenglamasi

  4. Inflyatsion soliq.

  5. Monetar siyosatda inflyasiyaga moyillik. Kidland - Preskott modeli.

7.1. Pulning miqdoriylik nazariyasi. Fisher samarasi. Senoraj. Fridman modeli.
Pulning miqdoriylik nazariyasida pulning sotib olish qobiliyati va baho darajasi muomaladagi pul miqdori bilan belgilanadi deya izohlanadi. Miqdoriylik nazariyasining asoschisi fransuz iqtisodchisi J.Boden (1530-1596) hisoblanadi. Keyinchalik ushbu nazariyani ingliz iqtisodchilari D.Yum (1711-1776) va Dj.Mil (1773-1836), shuningdek, fransuz iqtisodchisi SH.Monteske (1689-1755) rivojlantirdi. D.Yum XVI-XVII asrlarda Anglyaga Amerikadan katta hajmda nodir metallarning kiritilishi natijasida baholarni ortib ketishini kuzatib: «pulning qiymatini uning miqdori belgilaydi» degan ta'limotini ilgari suradi. Miqdoriylik nazariyasining dastlabki vakillarining fikricha, pul va tovar ayirboshlash jarayoni natijasida pulning qiymati aniqlanadi degan noto'g'ri g'oyani ilgari suradilar. Shuningdek, ular ta'limotidagi ikkinchi kamchilik muomalaga chiqarilgan barcha pullar muomala jarayonida ishtirok etadi deya ishonishlaridir. Haqiqatda esa obyektiv iqtisodiy qonunlar muomalaga zarur bo'lgan pulning miqdorini aniqlaydi. Bu bilan ular pulning jamg'arma, to'lov vositasi kabi funksiyalarini e'tibordan chetda qoldirishadi. Kredit va qog'oz pul muomalasiga asoslangan miqdoriy pul nazariyasining zamonaviy sharoitdagi talqini yirik iqtisodchi olimlar L.Marshall, I.Fisher, G.Kassel, B.Xansen, M.Fridmanlarning asarlarida bayon etilgan. Ularning miqdoriylik nazariyasi ikkita yo'nalishdagi ta'limotga asoslangan:

  • birinchisi, I.Fisher va M.Fridman boshchiligidagi monetaristlarning «tranzaksion variant» ta'limoti;

  • ikkinchisi, A.Pigu boshchiligida angliya Kembrij maktabi vakillari, ikkinchi jahon urushidan keyin esa D.Patinkinning «kassa qoldig'i» konsepsiyasi ta'limoti hisoblanadi.

Pul miqdoriylik nazariyasining rivojiga sezilarli ravishda hissa qo'shgan amerikalik iqtisodchi I.Fisher (1867-1977) pulning mehnat mahsuli natijasidagi qiymat ekanligini inkor etib, uning sotib olish qobiliyatidan kelib chiqqan holda fikr yuritadi. I.Fisher pulning sotib olish kuchi oltita omilga bog'liq ekanligini ta'kidladi va ularni quyidagilardan iborat bo'lishini asoslab beradi:

  • M - muomaladagi pul miqdori;

  • V - pulning aylanish tezligi;

  • P - o'rtacha tortilgan baho;

  • Q - tovarlar hajmi;

  • Ml - bank depozitlari summasi;

  • VI - depozit - cheklarining aylanish tezligi.

Tovarlar uchun to'lanadigan, muomaladagi pul miqdori jami tovarlar bahosini ko'paytirilganiga tengligini e'tiborga olib, Fisher quyidagi «ayirboshlash tengligi»ni ilgari surdi:
MV=PQ
Fisher chap va o'ng tomoni bir - biriga to'g'ri proporsional bo'lgan funksional tenglikka asoslangan holda, tovarlarning bahosi P muomaladagi pul miqdoriga to'g'ridan-to'g'ri proporsional va tovarlar miqdori Q teskari proporsionaldir degan fikrga keldi. Fisherning funksional bog'liqligidagi tengligida kamchilik shundan iborat ediki, u tovarlar miqdori va muomaladagi pul miqdorini ma'lum bir davrdagi holatini shartli V va Q ning o'zgaruvchan darajasida e'tiborga olib, unga bog'liq bo'lgan o'zgaruvchan darajalar ikkita, ya'ni tovarlar hajmi va bahosini e'tibordan chetda qoldiradi. Haqiqatda esa tovarlar hajmi iqtisodiyotning davriyligidan kelib chiqib o'zgarib turadi va pul birligining aylanish tezligiga ta'sir ko'rsatadi hamda pul muomalasi va bahoning shakllanishiga bevosita ta'sir qiladi. Shu bilan birga, ta'kidlash joizki, tovarlarning bahosi qator omillar asosida o'zgarib turadi. Masalan, ishlab chiqaruvchilarning monopol mavqeyiga egaligi, davlatning ichki va tashqi siyosati va boshqalar tovarlar bahosiga bevosita va bilvostia ta'sir ko'rsatadi.
Miqdoriylik nazariyasining «tranzaksion varianti» ta'limoti asoschilari, monetaristlar M. Fridman , K.Brunner, AMelttserlar hisoblanadi. A.Marshall, L.Valrasning iqtisodiyotda muvozanatlilik modeliga asoslangan holda, ular tovarlar bahosi va muomaladagi pul miqdori o'rtasidagi tenglik «nisbiy» baholarning o'zgarishi natijasida avtomatik tarzda muvozanatlashadi. Monetaristlar ushbu tenglikning o'zgarib turishini iqtisodiyotdagi pul massasi bilan bog'laydilar, shuningdek, M.Fridman tovarlar miqdori va muomaladagi pul miqdori o'rtasidagi tenglikni ta'minlashda nafaqat naqd pullar (banknotlar va tangalar)ni, balki tijorat banklarning tranzaksion hisobvaraqlaridagi (talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlar, depozit sertifikatlar va muddatli depozitlar) qoldiq mablag'larni ham inobatga olish zarurligini ta'kidlaydi. Monetaristlar zamonaviy miqdoriy pul nazariyasiga qator yangicha holatlarni kiritishdi. Xususan:
- birinchidan, ular pul massasi va bahoning o'zaro bir-biriga to'g'ri proporsionalligidan voz kechdilar, faqat bozorga taklif etilayotgan tovarlar hajmining baholarga ta'siri haqidagi ta'limotni yoqladilar;
- ikkinchidan, ular pul birligi aylanish tezligini e'tirof etadilar, biroq bunga jiddiy e'tibor qaratishmaydi;
- uchinchidan, ular I.Fisherning tovarlar hajmining o'zgarmas sharoitida muomaladagi pul miqdori jami tovarlar bahosini ko'paytirilganiga tengligini inkor etadilar;
- to'rtinchidan, takror ishlab chiqarish sharoitida turli darajadagi tebranishlarni aniqlashda pul massasi dinamikasi birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligiga ishonadilar, pul-kredit siyosatiga esa iqtisodiyotni rivojlantirishning moliyaviy mexanizmi sifatida qaraydi.
Kembrij maktabi vakillarining qarashlari I.Fisher ta'limotidan farqli o'laroq, odarmlarning qo'llarida pul ushlab turishlariga asos bo'luvchi pulning ikki xususiyatini ajratib ko'rsatishadi:
Birinchidan, pulning almashuv vositasi ekanligi. Subyektlar bitimlami amalga oshirayotgan vaqtlarida pul almashuv vositasi sifatida amal qiladi. Kembrij maktabining vakillari Fisherning pulga bo'lgan talab bitimlar hajmiga bog'liq va pulning bitimlarni amalga oshirishi uchun talabi nominal YaIMga proporsional ekanligi to'g'risidagi fikriga qo'shiladilar.
Ikkinchidan, pul boylikni saqlash vositasi: Modomiki, pul boylikni saqlash vositasi ekan, pulga bo'lgan talab ushbu boyliklar miqdoriga ham bog'liq degan fikrni ilgari suradi. Boyliklarning oshishi bilan subyektlarda ularni har xil aktivlarga joylashtirish zaruriyati tug'iladi. Natijada, Kembrij maktabining olimlari pulga bo'lgan talab nominal YaIMga proporsional degan xulosaga kelishdi va pulga bo'lgan talab funksiyasini quyidagi tenglama tarzida ifoda etishdi:
Md=K*PY
Ularning modeliga ko'ra iste'molchilar qo'llarida qancha pul bo'lishi kerakligini o'zlari hal qiladi. Bu esa K - (proporsionallik koeffitsiyenti)ning qisqa muddatlar ichida tebranishlarda bo'lishini ko'zda tutadi. Vaholanki, pullardan boyliklarni saqlash usuli sifatida foydalanish to'g'risidagi qaror qabul qilish, boshqa aktivlardan kutiladigan daromadlarga bog'liq bo'ladi. Shunday qilib, boshqa aktivlardagi xususiyatlarning o'zgarishi K ning ham o'zgarishiga olib kelishi mumkin. Yuqorida ko'rsatilgan farq I.Fisherning Kembrij maktabi vakillari fikrlaridan farqini anglatadi.
Jon Meynard Keyns Kembrij maktabining eng so'nggi vakillaridan bo'lib, ularning fikrlarini rivojlantirdi. Keynschilik nazariyasi asosan XX asrning 30 - yillarida yaxlit g'oyaviy oqim sifatida to'liq shakllandi. Uning asoschisi XX asrning eng mashhur iqtisodchilaridan biri Buyuk Britaniyalik olim J.M.Keyns edi. M.Fridman tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiya formulasi I.Fishernikidan ko'rinishi nuqtayi nazardan farq qilib, mohiyatan pul massasi va baho o'rtasidagi bog'liqhkni asoslab berishga qaratilgan:
M=KPY
bu yerda M - pul miqdori; K-pul zaxirasining daromadga nisbati; P-baho indeksi; V-o'zgarmas baholardagi milliy daromad.
Monetaristlarning miqdoriylik nazariyasini aks ettiruvchi zamonaviy tengligidan shunday xulosa qilish mumkinki, pul massasining o'zgarishi tenglikning o'ng tomonida uchta holatning biriga ta'sir qiladi, ya'ni baholarning oshishiga (P), real milliy daromadning ortishiga (Y), pul zaxirasini daromadga nisbatan koeffitsiyentini o'zgarishiga olib keladi.
Miqdoriylik nazariyasi Angliyaning Kembrij maktabi vakillari tomonidan o'rganilgan bo'lib, uning vakillari sifatida A.Marshal, D.Robertson va D.Patinkinlarni keltirish mumkin. I.Fisherning miqdoriy pul nazariyasi haqida shakllantirgan «tranzaksion varianti»da pul asosan muomala vositasi va to'lov vositasi fimksiyalarini bajarishini e'tirof etgan bo'lsa, A.Pigu miqdoriylik nazariyasida pulni jamg'arma vositasi funksiyasi vazifasini ham bajarishini ta'kidlab, unga alohida ahamiyat qaratadi.
Angliya Kembrij maktabi vakillari miqdoriy pul nazariyasi borasidagi ta'limotlarida I.Fisherning pul nazariyasi xususidagi ta'limotidan farqli yana bii konsepsiyani ilgari suradilar. Agar, I.Fisher iqtisodiyotga zarur bo'lgan pul miqdorini uning taklifini tahlil qilish asosida aniqlagan bo'lsa, Kembrij maktabi vakillari iqtisodiyotga zarur bo'lgan pul miqdorini tovarlar va xizmatlar hajmidan kelib chiqib unga bo'lgan ehtiyoj asosida aniqlash zarurligi haqidagi ta'limotni ilgari suradi. Shuningdek, agar I.Fisher pulning hajmini muomalada bo'lgan miqdoriga qarab va ular doimiy ravishda muomalada ishtirok etishini e'tirof etgan bo'lsa, Kembrij maktabi vakillari muomalaga chiqarilgan pullarning barchasi doimiy ravishda muomalada ishtirok etmasligi, ular «kassa qoldig'i» sifatida aholining qo'lida, bank va korxona hisobvaraqlarida ma'lum muddatga saqlanib qolishi mumkinligi xususidagi ta'limotni asoslab berishadi. I.Fisher jami ijtimoiy kapitalni va bahoning darajasini umumiy yaxlitlikda tahlil qilish asosida tegishli xulosalarni shakllantirgan bo'lsa, A.Pigu asosiy e'tiborni kapitalning individual harakati va ularning sohiblariga qaratadi. A.Pigu miqdoriy pul nazariyasining “kassa qoldig'i” haqidagi ta'limotni ilgari surganda uning tarkibiga muomaladagi naqd pulsiz va joriy hisobvaraqlardagi qoldiq summalarni, ya'ni pul miqdorini aniqlashda aholining qo'lidagi naqd pul qoldiqlari va korxona - tashkilotiarning banklardagi hisobvaraqlari qoldiqlarini ham inobatga oladi. E'tirof etish lozimki, A.Piguning pul nazariyasi haqidagi yondashuvlari I.Fishernikidan farq qilsada, mohiyatan miqdoriy pul nazariyasi doirasidan chiqib ketolmagan edi, pul va baho o'rtasidagi to’g'ridan-to'g'ri aloqa saqlanib qolgan edi. Buni A.Pigu tomonidan yaratilgan
M=PQ yoki P=M/Q tengligida ham kuzatish mumkin, chunki bu I.Fisherning «ayirboshlashni tenglashtirish» konsepsiyasiga yaqin bo'lib, unda: M - pul massasi; P - baho darajasi; Q - tovar massasi (yoki tovar aylanmasining moddiy hajmi); V - jismoniy va yuridik shaxslarning pul ko'rinishida saqlashi mumkin bo'lgan daromadlari.
I.Fisher va A.Piguning tengliklari o'rtasidagi farq: Fisherda pul birligining aylanish tezligi V foydalaniladi, ikkinchi koeffitsiyent K, V ga teskari ko'rsatkich bo'lib, agar Piguning tengligidagi K almashtirilsa Fisherning formulasi kelib chiqadi.
XX asrning 50-yillarining o'rtalaridan boshlab, miqdoriy pul nazariyasining Kembrij ta'limotiga asoslangan neoklassik yo'nalishi vujudga keldi. Ushbu yo'nalishning asosiy namoyandasi D.Patinkin hisoblanib, u o'zining asarlarida pul massasi va baho o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri proporsionalllik mavjudligidan kelib chiqdi. D.Patinkin “kassa zaxirasi”ni yuqori likvidlik manba sifatida qaraydi, uning hisobidan qimmatli qog'ozlarga investitsiya qilish va keyinchalik ushbu mablag'larni real kapitalga yo'naltirish zarurligini ta'kidlaydi. D.Patinkin miqdoriylik nazariyasida daromadni uchta yo'nalishga, ya'ni:

  • iste'mol,

  • investitsiya

  • «kassa zaxirasi»

sifatida joylashtirish zarurligini uqtiradi. Xulosa qilib aytganda, pul nazariyasi va uning iqtisodiy kategoriya sifatidagi holatini o'rganish va tahlil qilish asosida bu xususda iqtisodchi olimlar, mutaxassislar va tadqiqotchilarning fikrlari turlicha bo'lsada, barchasining asosida uning ayirboshlash vositasi ekanligi va pulning mavjudligi asosida mehnat taqsimoti yotishi e'tirof etiladi.
Seigniorage (fr. seigneuriage) - naqd va naqdsiz pul muomalasidan olingan daromad. U banknotlarni ishlab chiqarish tannarxi va ularning nominal qiymati o'rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Misol uchun, bitta 100 dollarlik banknot ishlab chiqarish 12 sent turadi. Binobarin, bunday banknotni muomalaga chiqarishda senyoraj 99 dollar 88 sentni tashkil etadi. Seigniorage ham salbiy bo'lishi mumkin. Bu ko'pincha kichik nominalli tangalar ishlab chiqarishda sodir bo'ladi. Ko'pgina markaziy banklar (MB) shu sababli ularni chiqarishni to'xtatib qo'yadi yoki to'xtatadi.
Tarixan, bu atama feodal davrda paydo bo'lgan va yirik feodal o'zi uchun olgan soliqni - tanga zarb qilish uchun senyorni bildirgan. "Seigniorage" so'zi shu erdan keladi.
Bugungi kunda bunday daromadni shtatlarning Markaziy banki oladi. Shu bilan birga, albatta, pul chop etishdan tushgan daromad shaxsiy qo‘llarga tushmaydi. Markaziy bankning foydasi asosan davlatga o'tkaziladi. Agar Markaziy bank xususiy mulk shakliga ega bo'lsa, unda uning aktsiyadorlari daromadning kichik foizini oladi.
Masalan, AQSH Federal rezerv tizimi aksiyadorlarga 6% miqdorida qat’iy belgilangan dividend to‘laydi, Yaponiya banki esa 4%. Qolganlari federal byudjetga o'tkaziladi.
Rossiya banki o'z foydasining 50 foizini davlatga o'tkazadi va qolgan yarmini keyingi faoliyati uchun qoldiradi.
Ilgarigidan farqli o'laroq, bugungi kunda muomalaga pul chiqarish faoliyati daromad keltirishga qaratilmagan. Zamonaviy ekspertlarning fikricha, iqtisodiyotning ishlashi uchun zarur bo'lgan darajadan ortiq emissiya inflyatsiyaga olib keladi.



Yüklə 145,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin