7-mavzu: Pul va inflyatsiya



Yüklə 145,73 Kb.
səhifə5/8
tarix17.12.2022
ölçüsü145,73 Kb.
#75961
1   2   3   4   5   6   7   8
EC211523-19A3-4F6D-AB6B-D6C36293258F.7-mavzu. Pul va inflyasiya

Kutilmagan inflyatsiya daromadlarni debitorlar va kreditorlar о‘rtasida kreditorlar foydasiga qayta taqsimlaydi. Shuningdek kutilmagan inflyatsiya daromadlarni qayd qilingan daromad oluvchilar va qayd qilinmagan daromad oluvchilar о‘rtasida keyingilari foydasiga qayta taqsimlaydi


7.3. Pulning funksiyalari, ularning ko’rinishlari Pul agregatlari. Likvidlilik. Pulning miqdoriy tenglamasi
Pul - undan qutilish yо‘li bilan foydalanish mumkin bо‘lgan yagona tovardir.
Pul maxsus xususiyatlarga ega bо‘lgan tovar hisoblanib, barcha turdagi tovar va xizmatlarni ayirboshlash vositasidir. Pul tovarlar ayirboshlashda umumiy teng qiymatlilik (ek­vivalent) rolini bajaradi. Pul – iqtisodiyot subyektlari mulkining bir turi bо‘lib, mulkning boshqa turlaridan ikki xususiyatiga kо‘ra farq qiladi:

  • pul yuqori likvidliliklar, ya’ni qisqa muddatda, sezilarsiz sarf-xarajatlar bilan boshqa buyumga ayirboshlanish qobiliyatiga ega;

  • baholar о‘zgarmas bо‘lgan sharoitda pul yoki hech qanday daromad keltirmaydi, yoki uning daromadliligi darajasi boshqa mulk turlarinikidan ancha kam. Shunga qaramasdan kishilar nima uchun mulk sifatida pulga egalik qilishga harakat qiladilar? Bu savolga javobni pulning funksiyalaridan topamiz. Pullar maxsus xususiyatga - likvidlik (ya’ni, tez almashish) xususiyatiga ega bо‘lganligi uchun ham ideal vosita hisoblanadi. Har qanday buyumning likvidliligi uni sezilarsiz sarf-xarajatlar bilan boshqa buyumga ayirboshlanish qobiliyatini bildiradi.

Odatda pulning uch asosiy funksiyasi mavjud deb qaraladi:
tо‘lov (almashinuv), qiymat о‘lchovi vositasi, jamg‘arish (boylik tо‘plash) vositasi.
Umuman pulning beshta vazifasi mavjud:

  1. Qiymat о‘lchovi.

  2. Ayirboshlash vositasi.

  3. Xazina tо‘plash va jamg‘arish vositasi.

  4. Tо‘lov vositasi.

  5. Jahon puli.

Ayirboshlash kengayishi bilan kredit pullar deb ataluvchi veksellar, banknotlar, cheklar, sertifikatlar, kredit kartochkalari va boshqa shunga о‘xshash qimmatliklarga ega bо‘lgan pullar paydo bо‘ladi. Hozirgi zamon iqtisodiyotida tо‘lovlar uch yо‘l bilan amalga oshiriladi:

  1. naqd pul tо‘lovi;

  2. bankdagi hisob varaqlarda yozuv orqali, ya’ni naqd bо‘lmagan pul kо‘chirish orqali;

  3. bir shaxsning ikkinchi shaxsga qarzdorliligini tasdiqlovchi hujjatlar (veksellar, qarz majburiyatlari) yordamida.

Pul о‘z xizmati mazmuni va miqyosiga qarab turli toifalarga bо‘linadi:

  1. Xazina biletlari - bu pul oddiy muomalada ishlatiladi.

  1. Banknot - kredit pullari - bunday pullar qarz olish va berish jarayonida ishlatiladi.

Pul tovar sifatida qiymatga ega. Hozirgi kunda qog‘oz pullar, bank cheklari va kredit kartochkalaridan ham keng foydalanilmoqda.
«Pul muomalasidagi eng asosiy masalalardan biri mamlakatda zarur bо‘ladigan pul massasini aniqlash va muomalaga chiqarish hisoblanadi. Bu esa makroiqtisodiyotning asosiy muammolaridan biri bо‘lib, davlat tomonidan tartibga solib turiladi.
Pul massasi muomalaga chiqarilgan metall tangalar va qog‘oz pullar (xazina va bank biletlari)ning jami miqdoriga teng.) Muomaladagi pul vositalarining umumiy hajmiga naqd puldan tashqari banklarning joriy hisobidagi pul vositalari (depo­zit) ham kiradi.
Pulning eng samarali miqdordagi massasi muomalada bо‘lishini ta’minlash uning xarid qobiliyati barqarorligini ta’minlaydi. Pulning xarid qobiliyati barqarorligi tovar va xizmatlar narxining keskin о‘zgarishining oldini oladi.
Rivojlangan iqtisodiyot sharoitida pulning tо‘lov vositasi sifatidagi vazifasi jamg‘arish vositasi vazifasiga nisbatan muhimroq ahamiyat kasb etadi.
Pulning yuqori likvidliligi va qiymatni saqlab turishi xususiyatlari barcha turdagi tо‘lov vositalarida bir xil emas. Naqd pullar va muddatsiz depozitlarning likvidliligi darajasi muddatli depozitlarga yoki veksellarga qaraganda yuqoriroq. Shu sababli pul massasi likvidlilik darajasining pasayib borishi tamoyiliga asoslangan agregatlarga bо‘linadi. Rivojlangan mamlakatlarda pul massasini aniqlashda - M1; M2; M3; M4 deb belgilanadigan pul agregatlaridan foydalaniladi.
Pul agregatlarining tarkibi va miqdori turli mamlakatlarda о‘zaro farq qilishi mumkin. Pul agregatlarini tuzishda likvidlilik darajasining pasayib borishi mezon qilib olingan. Quyida umumlashtirib olingan pul agregatlari tarkibini keltiramiz:
Ml - tanga pullar, qog‘oz pullar, joriy depozitdagi aholi va korxonalarning pullari va tо‘lov oborotiga xizmat qiluvchi cheklar;
M2 - Ml va muddatli depozitlar;

Yüklə 145,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin