7-mavzu: Pul va inflyatsiya


P – joriy yilning narxlar indeksi; P



Yüklə 145,73 Kb.
səhifə3/8
tarix17.12.2022
ölçüsü145,73 Kb.
#75961
1   2   3   4   5   6   7   8
EC211523-19A3-4F6D-AB6B-D6C36293258F.7-mavzu. Pul va inflyasiya

Pjoriy yilning narxlar indeksi; P-1 – о‘tgan yilning narxlar indeksi.
О‘sish sur’atiga kо‘ra inflyatsiyaning 3 turi mavjud:

  1. Mo’tadil inflyatsiya (yiliga 10 foizgacha);

  2. Yuguruvchi inflyatsiya (yiliga 20-200 foiz);

  3. Giperinflyatsiya (oyiga 50 foiz va undan yuqori);

Kelib chiqishiga ko’ra inflyatsiya talab va taklif inflyatsiyasiga bo’linadi.
Talab inflyatsiyasi iqtisodiyotda talab keskin oshib ketishi va uni ishlab chiqarishning real hajmi bilan qondirish mumkin bо‘lmay qolgan sharoitlarda kelib chiqadi. Ya’ni, tо‘liq bandlikka yaqin sharoitda iqtisodiyotning ishlab chiqarish imkoniyatlari о‘sib borayotgan yalpi talabni qondirolmaydi. Ortiqcha talab esa real tovarlar bahosining kо‘payishiga iqtisodiy bosim beradi va talab inflyatsiyasi kelib chiqadi. Oddiy sо‘z bilan aytganda, «haddan ziyod pullar haddan kam tovarlarni ovlaydi». Talab inflyatsiyasini keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar aholining ish bilan tо‘liq bandligi va ish haqining oshib borishi hisoblanadi. Demak, inflyatsiya talab, taklif, ish bilan bandlik, baho, ishlab chiqarish sur’atlari kabi kо‘pgina omillarga bog‘liq.
Iqtisodiyot pasayish holatida bо‘lganda mamlakatda jami talab oshsa, ishlab chiqarish hajmi kо‘payadi, ishsizlik kamayadi, baho darajasi esa deyarli о‘zgarmaydi yoki kam miqdorda о‘zgaradi. Baho о‘zgarmasligining sababi shundaki, katta hajmdagi bо‘sh turgan mehnat va xomashyo resurlarini shu о‘zgarmas bahoda ishga tushirish mumkin bо‘ladi. Chunki, ishsiz yurgan kishi ish haqini oshirishni talab qilmaydi, uning uchun ishga yollanishning о‘zi kifoya. Shuningdek, korxona egasining qо‘shimcha asbob-uskuna sotib olishiga ham hojat qolmaydi.
Bundan tashqari, baho ishchi kuchini tо‘la ish bilan bandligiga erishishdan oldin ham oshishi mumkin. Ya’ni, ba’zi sanoat korxonalarida bо‘sh turgan resurs va zahiralarni ishlab chiqarishga ertaroq tо‘liq jalb qilinadi, natijada ular talabning о‘sishiga mos ishlab chiqarishga, taklifga erisha olmaydi. Talab, taklifdan kо‘payib ketadi, natijada baho yana osha boshlaydi.

Yüklə 145,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin