Taqrizchilar:
Yunusov A.B. - sotsiologiya fanlari nomzodi, dotsent (ToshMadI)
Ota-Mirzaev O.B. - geografiya fanlari doktori, professor
("Ijtimoiy fikr" jamoatchilik markazi)
Fanning o‘quv dasturi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteta Ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan tavsiya etilgan (2011 yil 19avgustdagi 1-son bayonnoma)
KIRISH
Sotsiologiya gumanitar fanlar doirasidagi shunday yo‘nalishki, u butun jamiyat va uning ijtimoiy tizimini tashkil etadigan tarkibiy qismlarining rivojlanish va mavjud bo‘lish qonuniyatlarini, turli sotsial jarayonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar va kishilarning sotsial xulq-atvori qonuniyatlarini o‘rganadi.
Sotsiologiya fani jamiyatda ruy berayotgan yirik ijtimoiy-siyosiy voqealarni shunchaki qayd etish bilangina cheklanmaydi, balki uning asl mohiyati va mazmunini atroflicha ochib beradi. Bu fan o‘zining ilmiy xulosalarini empirik darajada asoslangan holatda ilgari suradi.
Sotsiologiya fan sifatida xozirgi ijtimoiy jarayonlar holatiga to‘laqonli javob berish bilangina cheklanmasdan, balki ularning istiqboldagi o‘zgarish darajasi xususida bashorat qiladi. Ana shu jihatdan sotsiologiya fani nazariyasi, amaliyoti va tadqiqot usullarini atroflicha o‘rganib chiqish zarurati tug‘iladi.
Fanning asosiy moxiyati sotsiologiya rivojlanishining nazariy-uslubiy asoslari, fanning predmeta va ob’ekti, institutlashgan shakllari, ijtimoiy fikrning tarixiy rivojlanishi, fanlar tizimida sotsiologiyaning o‘rni, sotsiologiyani tushunishdagi ilmiy nazariyalar, uning tushunchalar tizimini ko‘rib chiqishda namoyon bo‘ladi.
Fanning nazariy asoslari dolzarb ijtimoiy jarayonlar, sotsial struktura va sotsial tizimlarning mavjud bo‘lishi va rivojlanish muammolari, jamiyat sotsial-madaniy tizim sifatida, shaxs ijtimoiy munosabatlarning ob’ekti va sub’ekti sifatida, sotsial munosabatlar, ijtimoiy jamoalar, sotsial aloqalar, sotsial tashkilotlar, guruhlar, sotsial institutlar va institutlashgan munosabatlar, jamiyatdagi ijtimoiy o‘zgarishlarni batafsil bayon qilish bilan mos keladi. Bunda asosiy e’tibor amaliy faoliyatda sotsiologik bilim va usullardan foydalanish imkoniyatlarini ishlab chiqishga, Uzbekiston va jahondagi sotsial muammolarga nisbatan qiziqishning oshganligiga qaratiladi.
Ushbu dastur sotsiologiya fani qo‘lga kiritgan va munozarali sotsiologik masalalar yuzasidan keyingi yillarda monografiya, dissertatsiya, ilmiy maqolalar, darslik va o‘quv qo‘llanmalarda bildirilayotgan fikrlar, O‘zbekistonda sotsiologiya ta’lim tizimini rivojlantirish yo‘lida. qilinayotgan harakatlar hamda bir necha yillardan buyon bu fanni oliy ta’lim tizimida o‘qitish tajribasini hisobga olgan holda tuzildi.
Dasturda sotsiologiyani fan sifatida shakllanishi, uning tarkibiy tuzilishi, jamiyatni yaxlit tizim tariqasida tahlil qilish, ijtimoiy hayotda sotsial institutlar roli, deviant xulq-atvor va sotsial nazorat masalalari, jamiyatning sotsial strukturasi va stratifikatsion jarayonlar, sotsial munosabatlar, ijtimoiy taraqqiyot tendensiyalarini ifodalaydigan mavzular yoritilgan.
Dasturning yakunlovchi qismida empirik sotsiologik tadqiqotlarni olib borishga bag‘ishlangan mavzu tavsiya qilingan. Bunda empirik sotsiologiyada keng o‘rin olgan sotsiologik ma’lumotlarni to‘plash, ularni qayta ishlash hamda tahdil qilish uslublariga ham yetarlicha e’tibor qaratildi.
Dostları ilə paylaş: |