Kelishildi: O`quv uslubiy bo’limi boshlig`i: ______________ X.Ibraximov
KIRISH XXI asrda kechayotgan global integratsiya jarayonlari, dunyoning g‘oyaviy-mafkuraviy qiyofasini o‘zgartirib, yangicha tafakkur uslubini taqozo qilmoqda. Shu bois, O‘zbekistonda ta'limning ijtimoiylashuviga alohida e'tibor berilib, o‘qitilayotgan fanlarning mazmunini zamon talablariga moslashtirilishi bo‘yicha islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu "Ta'lim to‘g‘risidagi” Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish jarayonida o‘z ifodasini topmoqda. Xususan, talaba yoshlarimizni Vatan va millat manfaatlari yo‘lida fidoiylik ko‘rsata oladigan, mustaqilligimizning mohiyatini va qadrini anglaydigan, uni har qanday xavf-xatardan asrashni o‘zining muqaddas burchi deb biladigan, muayyan mutaxassislikni, kasb-hunarni chuqur egallagan, mustaqil, erkin fikrlaydigan, ma'naviy va jismonan barkamol insonni tarbiyalash uchun oliy ta'lim tizimida gumanitar va ijtimoiy fanlarning dasturlarini zamon talablari asosida qayta ko‘rib chiqishni taqozo qilmoqda. Bu esa yoshlarda tarixiy voqyelikka ob'ektiv baho berish va to‘g‘ri xulosa chiqarish malakalarini shaklantirishni talab qiladi. Zero, Prezident Islom Karimov ta'kidlaganidek: “Ta'limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo‘lmaydi - bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi ”dir.
Sotsiologiya fani jamiyatda ro’y berayotgan yirik ijtimoiy-siyosiy voqealarni shunchaki qayd etish bilangina cheklanmaydi, balki uning asl mohiyati va mazmunini atroflicha ochib beradi. Sotsiologiya fani o’zining aniq va konkretligi, zimmasidagi masalalarga beradigan ilmiy javoblari atroflicha asoslangan, qayta-qayta tekshirilganligi bilan ham qimmatlidir. Bu fan faqat hozirgi ijtimoiy holatlar ahvoliga to’laqonli javob berish bilangina cheklanmasdan, ijtimoiy holatlarning istiqboliy o’zgarishi darajasi hususida bashorat qiladi. Ana shu jihatdan sotsiologiya fani nazariyasi, amaliyoti va tadqiqot usullarini atroflicha o’rganib chiqish zarurati tug’iladi.