O`quv fanining maqsadi va vazifalari Fanni o‘qitishdan maqsad - Yosh talabalarni sotsiologiya mutaxassisligi fani bo’yicha tanishtirish. Fanning asosiy yo’nalishlari va tarmoqlari bo’yicha ta’rifi, ob’ekti va predmeti. Sotsiologiya mutaxassisligining jamiyatdagi o’rni, xususiyatlari va kelajagi to’g’risida axborotlar berish, shu bilan birga yosh talabani sotsiologiya mutaxassisligiga olib kirish, unda fanga nisbatan chuqur hurmat va qiziqish hosil qilish.
Fanining o`qitisning vazifalari: - Jamiyat taraqqiyotidagi ijtimoiy muammolarni kasbiy nuqtai nazardan o’rganishning boshlang’ich qismlarini talabalarga tushuntirish.
- Sotsiologiyaning dolzarb masalalarini yechishning uslub va uslubiyotlarini, sotsiologik tahlil va tavsiyanomalar yaratishni talabalar ongiga yetkazish.
Fan bo`yicha talabaga bilim, malaka va ko`nikmaga qo`yiladigan talablar “Sotsiologiya” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- sotsiologiya fanining o’ziga xos so’zlari, atamalari, rivojlanish yo’nalishlari, bugungi ahvoli va istiqboli xususida tasavvurga ega bo’lish
- sotsiologiya fani asosini, dolzarb muammolarini bilish
- sotsial muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishdan iborat.
Fanning o`quv rejadagi boshqa fanlar bilan o`zaro boqliqligi va uslubiy jiqatidan uzviy ketma-ketligi Sotsiologiya fani olamni anglash jarayonini chuqurroq o’zlashtirish maqsadida tarix, falsafa, psixologiya, pedagogika, etnografiya, san’atshunoslik va jamiyatshunoslik, statistika, huquqshunoslik va iqtisod fanlari bilan yaqin hamkorlikda faoliyat yuritadi.
Fanning ta`limdagi o`rni Sotsiologiya mustaqil ijtimoiy fan sifatida o’z metodologiyasi va nazariyasiga egadir. Sotsiologiya fani umuminsoniy va milliy qadriyatlar mutanosibligiga tayanuvchi metodologiya asosida ish yuritadi. Sotsiologiyadagi taraqqiyotning evolyusion tadrijiy usuli olam tuzilishining hamda uni anglashning ilmiy asoslangan yo’li sifatida bilishga yordam beradi. Ijtimoiy fanlarga xos bo’lgan ehtiyoj va tasodif, umumiylik va xususiylik, miqdor va sifat, o’zgaruvchanlik va barqarorlik kabi umumfalsafiy kategoriyalarga ham tayanib ish tutadi.