I-bosqich.
O’quv mashg’ulotiga kirish (10 daqiqa)
|
Maqsad: Mavzu haqida talabaga ma’lumot berish, uning bilim malakasini oshirish, adabiyot orqali talabaning ruhiyatiga ta’sir etish, milliy istiqlol g’oyasi asosida tarbiyalash va h.k.
Mashg’ulotni muammoli ma’ruza ekanligi haqida ma’lumot berish
|
Talabalar tinglaydilar, yozib oladilar
|
II-bosqich. Asosiy (60 daqiqa)
|
2.1.Talabalar bilimini aqliy hujum orqali faollashtiradi (№ 1-ilova)
Bilimlarni faollashtirish jarayonida o’quv muammosini yechish bo’yicha izlanuvchanlik faoliyatida faol eshtirok etishlari uchun talabalar bilimini savollar orqali aniqlanadi:
1.Til haqida tushuncha bering?
2. Umumxalq tili deyilganda nima tushuniladi?
3.Adabiy til tushunchasini izohlang?
4.Badiiy (poetik) til haqida nimalarni bilasiz?
5. Tipiklashtirilgan til deganda nimani tushunasiz?
6. Lakonizm va aforizm nima?
7.Muallif, personaj va hikoyachi nutqi haqida ma’lumot bering?
2.2.Faollashtirilgan bilimlar asosida talabalarni mashg’ulotda yechiladigan muammoga “olib kiriladi” va uni ifodalaydi:
1.She’riy nutq haqida
2. She’riy tizim xususida
3.She’r va uning bosh ifodasi
4.Ritm haqida tushuncha
5. Turoq va uning ahamiyati
6. Vazn xususida
7. Band to’g’risida ma’lumot
8. O’zga she’r yo’llari
Uni yechishni tashkillashtiradi. Talabalar bilan birga yuqoridagi savollarni tahlil qiladi, ularda paydo bo’lgan qiyinchilikni aniqlaydi.
2.3.Muammoni yechish yo’llarini izlashni tashkillashtirishga o’tadi, ya’ni talabalarga “She’riy nutq” mavzusi yuzasidan chuqur ma’lumot beradi. O’zbek she’r tizimlari haqida ma’lumot, she’rning bosh ifoda vositasi, ritm, bo’g’in, turoq, atamasining ma’nosi, uning qo’llanilishi, vazn, band, o’zga she’r yo’llari haqida chuqur bilim beriladi. Mashg’ulotni tashkillashtirish uchun yordamchi savol va xulosalar (№2 ilova), ko’rgazmali materiallardan (№3 ilova) foydalaniladi.
2.4. Talabalarni kichik guruhlarga bo’linadi, taqdimot uchun qog’ozlarni, markerlarni tarqatadi, muammoni yechish “yechimlar daraxti” tasvirlashni beradi. Guruhlarda ish boshlsngsnligini ma’lum qiladi.
2.5. Taqdimot boshlanganligini ma’lum qiladi, guruhlarda chiqishlarini boshqaradi. Taqdomot yakunlaydi, eng yaxshi muammoni yechishning tuzilmaviy-mantiqiy chizmasini daftarga ko’chirib olishni aytadi va yakuniy xulosani qiladi
|
Savollarga javob beradilar
Muammoni yechish bo’yicha o’z fikrlarini beradilar
Kichik muammoni yechish bo’yicha fikrlar bildiradilar, munozara qiladilar, tahlil qiladilar, xulosa chiqaradilar.
Guruhlarga tuzilmaviy-mantiqiy chizma “Yechimlar daraxti” tasvirlaydilar
Guruh vakillari taqdimot qiladilar, yakuniy xulosani beradilar, daftarga yozadilar
|