Chiroq yoniq tursin,
Chiroq yoniq tursinh
Abdulla Oripov ham “Onajonim, she’riyat” asarida epostrofa vositasidan foydalanib, she’riyatning ulug’vorligini va uning tengsizligini jonlantiradi:
...Angladimki, olamda
Yurt tanho, Vatan tanho,
Band etgan xayolimni
Tengsiz shul chaman tanho,
Nokaslar emas, yo’q, yo’q,
Yolg’iz sen baland, tanho,
Eng oliy baxtim mening
Onajonim, she’riyat,
Tonggan toj-taxtim mening
Jonajonim, she’riyat.
8. Ellipsis(gr.ellepsis-tushurib qoldirish, yetishmaslik) – badiiy asarda qisqalikni, siqiqlikni ta’minlovchi stilistik vositadir. U – matndan osongina bilinib olinadigan so’zlar bo’lib, poetik fikrni ifodalashda ishtirok etmaydilar. Ellipsis ko’proq dilogik nutqda ravshan ko’rinadi:
“ - To’yga keldingmi?
To’yga keldim...
Yusufbeknikigami?
Yusufbeknikiga.
Belbog’ing yo’qmi?
Yo’q...”
(A.Qodiriy)
9. Inversiya (lat. Inversid – o’rin almashtirish)da ijodkor xohishi(g’oyasi)ga ko’ra ta’kidlamoqchi bo’lgan fikrni ta’sirdor qilmoq maqsadida grammatik qoidalardan chekinadi va kitobxonni aynan shu fikr (so’z)ga diqqatini tortadi:
Aytarlar bu tunda yorug’ sham yonmas,
Chaqmasa gugurtni asl o’g’illar...
Cho’lponning bu satrlari grammatika qonuniga binoan shunday tarzda bo’lishi lozim: “Asl o’g’illar” gugurtni chaqmasalar, bu tunda yorug’ sham yonmasligini aytardilar: Bunday holda she’riy nutq o’ladi, ta’sirdorlik, chaqiriq, ifodalilik yuzaga kelmaydi, oddiy xabar bayon tug’ildi...
Xullas, allomalar so’zni hali qayta ishlanib tozalanmagan oltinga o’xshatadilar. Tozalanmagan, pardozlanmagan, tanlanmagan, qisqaroq aytsak, poetik “yuk”ni o’zida tashimaydigan so’z – dabiyotga daxldor bo’la olmaydi. Badiiylik (obrazlilik)ni yuzaga chiqarishga qurbi yetmaydigan, holat va kayfiyatni ifoa qila olmaydigan so’zning o’zi yo’q, faqat uni topa bilish, o’z o’rnida qo’llay bilish san’tini egallash talab etiladi. Bunday mahoratga ega yozuvchi “butun bahorni atigi chigitdek keldigan g’o’ra ichiga qamab bera biladi” (A.Qahhor). Shu asosga ko’ra, takror aytamiz, “A – so’z san’atidir, so’z-la tirikdir, so’z-la butundir, so’z-la yangi-yangi olpmlarni kashf etuvchi, yaratuvchidir”.
Dostları ilə paylaş: |