Assonans (lat. Assonare - homohang) – satr, misra va banda bir xil unli tovushlarning takrorlanishidir:
Botirlari kanal qozadi Shoirlari g’azal yozadi (h.Olimjon)
Dissonans (fr. Dissanange – nouyg’un tovush) – och qofiyadagi faqat undosh tovushlarga asoslangan moslikdir:
Shaharlarga ishga chiqib el, Odam bilan to’lar Tekstil. (h.Olimjon)
Monorim (fr. Monorime – yagona qofiya) – g’azal, qasida, qit’a, ruboiy, fard va boshqa lirik janrlardagi qofiyaga tegishli bo’lib unda raviy (tovush) butun asar davomida aynan takrorlanadi:
Azim ayla sabo ul gulu xandonimg’a,
Ne gulki, quyoshdek mohi tobonimg’a. (Alisher Navoiy)
“Xandonimg’a - tobonimg’a” qofiyasidagi “n” tovushi raviy sanaladi...
Xullas, badiiy asar tilining o’rganilishi zarur bo’lgan xislat va fazilatlari, qonun va qoidalari ko’p. Mikro (jajji) obraz sanalmish so’zning qudrati beqiyos. Faqat so’zni, gapni asar matnidan yulib olib tahlil qilmaslik shart, u asar (jonli organizm) ichida, boshqa unsurlar (hujayralar) bilan hamkorlikda, o’zaro mustahkam aloqada yashar ekan, demak, u tirik holi (aloqa)da o’rganilishi lozim. Ana shundagina u o’zligini namoyon etadi, yaratish va ijod etish qudratini ko’rsatadi, qudratidan yangi olamlar – komil insonlar dunyoga kelishini yaqqol isbot qiladi.
Tayanch tushunchalar Stilistik sintaktik vositalar. Intonasiya. Ritorik murojaat. Ritorik so’roq. Antiteza. Parallelizm. Takror. Anafora. Epifora. Apostrofa. Ellipsis. Inversiya. Poetik fonika: alliteratsiya, assonans, dissonans, monorim.
Savol va vazifalar Stilistik figuralarni qanday tushunasiz?
Stilistik vositalarning har birini o’rganib, yangi misollar toping.
Stilistik vositlarning yana boshqa qo’rinishlari (klimaks, magistral kabi)ni izlang. Ularni misollar bilan boyitib, mashq daftaringizga qayd eting.
Poetik fonika va uning san’atlarini tahlil qiling.