Ish bosqichlari va vaqti Faoliyat mazmuni


Gul ochilar bahor chog’ida



Yüklə 386,85 Kb.
səhifə15/22
tarix15.05.2023
ölçüsü386,85 Kb.
#113637
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
3-mavzu. Lirik epik va drammatik tur kompozitsiyasi

Gul ochilar bahor chog’ida
Va to’lishar ona bog’ida.
Ona sevmas farzand topilmas,
Farzand yo’qdir onani sevmas.
Farzand guldir, ona bir bo’ston,
Shuning bilan jahon guliston.
Ana shundan so’ng Omon qismati – uning onasiz yolg’iz o’tgani, zaqqumlar yutgani, ona allasiga intizor bo’lgani, ona tovushiga zorligi tasvirlanadi. Bu tasvirni lirik chekinish yanada aniqroq va to’liqroq his etishga kitobxonni tayyorlaydi va shu xislati bilan asar g’oyasini ta’sirchanligiga hissa qo’shadi, asardagi olamni – busbutun bo’lishiga kichkina, lekin zarur ko’makni (“Arqonga qil quvvat”dir) beradi.
Lirik chekinishning yana bir ko’rinishida – san’atkorlar personajlarning xatti-harakatlari va xarakterlariga beriladigan baholarini ochiq ifoda qiladilar. Bunda ham ob’ektivlik qonuni saqlanadi, ya’ni ularning faoliyatiga yozuvchi aralashmaydi. Faqatgina bergan bahosi orqali qahramonlar qalbidagi hokim kuch (g’oya)ni eslatish (ta’kid etish) orqali – kitobxonni yangi voqealarga tayyorlaydi, voqealar mazmuniga alohida diqqat qilishga yetaklaydi. Buning isboti “O’tgan kunlar”dagi Otabek-Kumush-Zaynab munosabatlarida ham ko’rish mumkin:
“Birinchisini tavsif qilib ko’rsatish nechukkim biz shu o’ringacha ko’p qog’ozlarni qoralab kelamiz, o’qug’uchini ham zeriktirmay orqamizdan ergashtirgandek bo’lamiz, chunki Otabek va Kumush ishqlarida samimiyat, yana to’g’risi she’riyat bor edi. Ikkinchi masala ustiga o’tib tahlil qilmoqchi bo’lsaq, Otabekda majburiyatdan boshqa hyech gap topolmaysiz, topqan bilan o’qug’uchig’a qiziqarliq bir narsa chiqmaydir. Qahramonimizning hozirgi “majburiyati” sabablarini muhtaram o’qug’uchilar yaxshi his etsalar ham biz bir daraja o’z tomonimizdan ularni sanab ko’rsatamiz...” (“O’tgan kunlar. Mehrobdan chayon”, 339-bet).
Ushbu chekinish ham qahramonlarda mujassamlashgan iroda yo’nalishini yanada aniqlashtiradi, oldingi voqealar bilan keyingi voqealarni o’zaro bog’laydi, kitobxonga ma’lum muddat dam beradi va qiziqishini yana bir bahya ko’paytiradi. Bularning barchasi – yaxlit olam (roman)dagi g’oyaviy maqsadni sezadigan darajada jonlantiradi (badiiylashtiradi). Lirik chekinish ham kompozitsiyada zarur vosita ekanligini – yaratuvchan qudratga egaligini isbotlaydi.
4. Qistirma epizod. Syujet yo’nalishiga bevosita aloqador bo’lmagan, ammo asar g’oyaviy mazmunini ko’p tarmoqli qiladigan, uni bilvosita chuqurlashtiradigan va yangi taqdirlar misolida ta’kidlaydigan qo’shimcha voqea – qistirma epizod sanaladi. “O’tgan kunlar”dagi usta Alim va Saodat, Toshkandning mashhur Qovoq devonasi bilan bog’liq voqealar – qistirma epizodlardir.
Jumladan, romandagi “o’z zamonasining mashhur devonasi” – Qovoq devona “qiziq harakatlari va tutal so’zlari” bilan hammani o’ziga qizziqtiradi. Kalaka qilg’uvchi ermakchalar “uning yoshi mishig’iga, mishig’i tupigiga qo’shilib yig’lashi”ni tomosha qilardilar. Ayni paytda “Xon zamonlarida och qoringa sorimsoq yeb, ko’kchoy ichishdan zerikkan kishilar choyxonada o’tirar ekanlar, devonaning qovoqlari kasbini ayttirish orqali davrdan, davrning ulug’lari ustidan kuladilar:
“Qovoq devona belidagi qovoqlardan bitta egri maymog’ini ko’rsatib: - Manov Musulmon cho’loq, - dedi, uning yonidagi kichkina tomosha qovoqni turtib : - Bunov, Xudoybachcha (Xudoyorbachcha), - dedi. Suv qovog’ini erkalab “Nor kalla” - (Normuhammad Qushbegi), - dedi. Qolgan ikkita silliq qovoqchalarni “nos qovoq, yupqa tomoq”, - deb qo’ydi. Ermakchilar kulishdilar”(154-bet).
Birinchidan, xalqning bunchalik abgorligini Qovoq devona hayoti, holati, u harakat qilayotgan sharoit isbotlab, u davrning eng kir, qora kunlar ekanligiga sha’ma qilsa, ikkinchidan, Qovoq devona va uning to’ydan olgan belbog’i voqeasi orqali “ko’z og’rig’i”, “qorategin”, “yuziga chechak chiqqan” odam (homid) Otabekning yolg’iz o’g’il ekanini, toshkandlik qizga uylanganini bilab oladi, ana shu g’oyaviy yukni bajargandan so’ng Qovoq devona roman sahnasida boshqa ko’rinmaydi.
5. Badiiy qoliplash. Bosh voqea doirasi ichida, unga g’oyaviy mazmun va kompozision jihatdan bog’lab turli mustaqil voqealarni tasvirlash usuli – badiiy qoliplash deb yuritiladi. Mashhur “Ming bir kecha”, A.Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostoni, A.Muxtorning “Chinor” romani bu usulning yaqqol misollaridir.
Jumladan, Alisher Navoiy dostonidagi bosh voqea – shoh Bahrom va uning sevgilisi Dilorom sarguzashti. Uning qisqacha syujeti shunday:
Shoh Bahrom go’zal Diloromga ishq qo’yadi. Ishq va mayga beriladi. Bir ohuni kamon bilan otib yiqitadi. Uning ustaligiga (mahoratiga) tahsin o’qimagani uchun Diloromni kiyiklar uyasiga tashlaydi... hushyor tortgach, qilgan ishiga pushaymon bo’ladi, Diloromni istab biyobonga boradi, biroq uni topolmasdan, o’zidan ketadi. Dilorom hajrida devona bo’ladi. Uning savdoyiligini daf qilish uchun yetti go’zal qasr bino qiladilar. haftaning har kuni Bahrom bir qasrda bir musofirning afsonasini tinglaydi. (I- kecha: Farruh va Axiy qissasi; II- kecha: Zayd qissasi; III- kecha: Sa’d qissasi; IV- kecha: podshoh Jo’na va Ma’sud qissasi; V- kecha: Navdar va Mehr qissasi; VI- kecha: Muqbil va Mudbir qissasi; VII- kecha: Xorazmlik sozanda qissasi). Oxirgi qissadan Dilorom Xorazm mamlakatida ekanini bilgach, uni chaqirtiradi, o’luk tanga ruh kiradi. U murodiga yetgach, shunday katta ov uyushtiradiki, “yuz ariq qon oqib, har bir ariq yer yuzini balchiqqa, ot oyog’i esa, u yerlarni botqoqqa aylantirib turganda, osmondan yomg’ir ham quyaversa, yoqqanda ham shunday yog’saki, yomg’irni olam xalqi ustiga daryo” kabi oqizsa-da, falak undan hijolatga qolsa, odam qayerda qimirlasa, o’sha yer cho’kadigan bo’lsa, bu paytda el ulus o’z hayotidan ko’zini yumsa ayb emas. Nihoyat, shu aytganlarimizning hammasi bir bo’lib, bir damda ov qilayotgan odamlarning barchasini yer yutib, nobud qildi-qo’ydi”. Shoh Bahrom fojeasi shunday ajablanarli tugadi.
6. Asar annotasiyasi (lat. Annotacio-xabar ma’lumot). Unda asarning qisqacha xarakteristikasi beriladi: uning mazmuni, ahamiyati juda siqiq tarzda bayon qilinadi. Ba’zida asarning qaysi kitobxonlarga mo’ljallangani ham aytiladi.
Asar annotasiyasi, asosan, muayyan asar titul varag’ining ikkinchi betida joylashadi. Asar annotasiyasi (qisqa qaydlar yoki ma’lumotlar) hamma asarlarda ham bo’lishi shart emas. Lekin agar bo’lsa, u kitobxonni asarni o’qishga yetaklashi lozim.
Jumladan, Pirimqul Qodirovning “Ona lochin vidosi” (2001) tarixiy romaniga shunday annotasiya berilgan: “Romanning “Jahon adabiyoti” jurnalida bosilgan birinchi qismi o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otdi. Yangidan yozilgan ikkinchi qismida Mirzo Ulug’bek va Alisher Navoiydek buyuk siymolarga mehrini bergan fidoiy ona – Gavharshod begimning fojeaviy taqdiri tasvirlanadi.
Ma’rifatli ona umrining oxirigacha adolat uchun jasorat bilan kurashadi. Iste’dodli yoshlarni tarix sahnasiga chiqishlariga ko’maklashadi.”
Ko’rinadiki, tarixiy roman voqealari Gavharshod begim bilan, uning adolat yo’lidagi jasorati va fojeasi bilan bog’liq. U tarixda qanday kechganini bilishga qiziqishingiz ortadi va romanni varaqlashga ishtiyoqingiz uyg’onadi. Mana shu xislati bilan u asar arxitektonikasida tashkil qiluvchilik, qiziqtiruvchilik vazifasini bajaradi.
Yuqorida aytilgan fikrlarni xulosalak, quyidagi saboqlarni olamiz:
1. Badiiy asar syujeti va kompozitsiyasi xuddi mazmun va shakl kabi alohida-alohida vositadir, ayni paytda, ular o’zaro bog’liqdir: syujet kompozitsiyaning ichida yashaydi (u mazmun hodisasidir), kompozitsiya syujetning vujudi (u shakl hodisasidir) hisoblanadi. Demak, jon va vujud birlashsagina ruh (g’oya) tiriladi, yashaydi, faoliyat ko’rsatadi.
2. Syujet qahramonlar xarakterini va hayot ziddiyatlarini umumlashtiruvchi voqealar silsilasi bo’lsa, kompozitsiya ana shu hayotni betakror tarzda birbutun va yaxlit qilib quruvchi va go’zal gavdalantiruvchi vositadir.
3. Kompozitsiya doimo syujetdan kengdir. Jumladan, “O’tgan kunlar” ko’p tarmoqli syujet yo’nalishiga ega (I.Sultonning ta’kidlashicha, “O’tgan kunlar”da xon va beklar o’z manfaatlarini ko’zlab, hokimiyat uchun kurashadilar va o’z maqsadlariga erishuv uchun qipchoqlarni qorachoponlarga qarshi qo’yadilar. Bu romanning asosiy syujet yo’nalishidir.
Otabekning oilaviy hayoti (farzandlarining uylanishi – ota-ona hohishiga boqliqligi)ni tasvirlash orqali romanning ikkinchi katta tarmog’i – shaxsiy taqdir yo’nalishi yuzaga keladi.
hayotdagi yaxshilik – Otabek va uning tarafdorlari va yomonlik homid va uning hamtovoqlarining kurashi – uchinchi syujet yo’nalishiga asosdir) va syujet deganda, ko’pincha, biz ulardan birini anglaymiz. Kompozitsiya esa ana shu syujetning hamma yo’nalishlarini bir g’oyaviy markazga to’playdi va uning talabiga muvofiq tarzda, tasvir me’yoriga amal qilgan holda uning qismlarini hattoki syujetdan tashqarida yashovchi unsurlar (asar sarlavhasi, epigraf, lirik chekinish, qistirma epizod va h.)ni ham joy joyiga tartiblashtiradi.
Asar syujeti va kompozitsiyasi ham mazmun va shakl kabi, mavzu va g’oya kabi adabiyotshunos To’xta Boboyev yozganidek, bir maqsadga – qahramon xarakterini ochish orqali asar g’oyasini yorqin ta’sirchan, salmoqdor ifodalashga xizmat qiladi.

Yüklə 386,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin