6-mavzu: Jamiyat sotsialstrukturasi va stratifikatsion jarayonlar.
Sotsial struktura tushunchasi va uning ahamiyati. Kishilik jamiyati tarixida sotsial struktura muammosining talqini. Sotsial struktura to’g’risidagi antik davr mutafakkirlarining ta’limotlari. P.A.Sorokinning sotsial stratifikatsiya to’g’risidagi nazariyasi. Stratifikatsiya asoslari va mezonlari: iqtisodiy holat, mavqe, ta’lim va hokimiyat. Stratifikatsiya va sotsial differensiya. Stratifikasion tizimlar: qullik, kasta, klan va sinf. Ochiq va yopiq tizimlar.
Sotsial stratifikatsiya va sotsial mobillik nazariyasi sinfiylik ta’limotiga qarshi g’oya sifatida. Jamiyat sotsial strukturasi rivojining zamonaviy tendensiyalari. Bozor munosabatlari sharoitida sotsial strukturaning o’zgarishi. Zamonaviy O’zbekistonda sotsial stratifikatsiya va sotsial mobillik masalalari tahlili.
Sotsial mobillik to’g’risidagi sotsiologiya klassiklari: M.Veber, E.Giddens, T.Parsons, P.Sorokin va boshqalarning qarashlari. Sotsial mobillik tushunchasi va uning mohiyati. Mobillik belgilari. Mobillik turlari: gorizontal va vertikal sotsial mobillik. Guruhiy va individual mobillik. Avlod ichidagi va avlodlar o’rtasidagi sotsial mobillik. Strukturaviy sotsial mobillik. Jamiyatda sotsial mobillik yo’llari. Guruhiy berklilik. Mobillikning demografik omillari. Migrasiya va uning tarixiy shakllari. Emigrasiya va migrasiya. Mehnat va iqtisodiy migrasiya. Xorijiy ishchi kuchlar bozori. “Aqllar oqimi”. Majburiy migrasiya va qochqinlar.
7-mavzu: Sotsial munosabatlar.
Sotsial munosabatlar. Sotsial munosabatlar tushunchasi, strukturasi, mohiyati. Sotsial munosabat turlari: hamfikrlik, kooperasiya, konfliktlar, kurash, begonalashuv, befarqlik, krizis, kamsitish, notenglik. Sotsial munosabatlar tizimidagi plyuralizm. Sotsial munosabatlarning asoslari. Sotsial munosabatlarning sub’ektiv jihatlari.
Hamfikrlik, barqarorlik va kooperasiya – sotsial tizimlarning muvaffaqiyatli ishlashining omillari sifatida. E.Dyurkgeym konsepsiyasida hamfikrlik tushunchasi. Kooperasiya ijtimoiylikning asosiy belgisi sifatida. Pozitivizm sotsiologiyasida barqarorlik va inqiroz ongi. Barqarorlikni strukturaviy-funksional asoslash.
Begonalashuv va tanazzul. E.Dyurkgeymning anomiya (qonunsizlik) konsepsiyasi, F.Tennis, M.Veber, G.Zimmel, ekzistensial va fenomenologik sotsiologiya asoschilari ta’limotlarida begonalashuv va jamiyatdagi krizis hodisalarining o’zaro aloqodorligi to’g’risidagi fikrlari.Begonalashuv turlari va ularning ijtimoiy oqibatlari. Tenglik ijtimoiy tizim haqida g’oyalar. Tenglik va plyuralizm ijtimoiy tuzum tamoyillari sifatida. Plyuralizm turlari va ularning asoslari.Milliy g’oya va milliy mafkuraning sotsial munosabatlar tizimidagi o’rni.
8-mavzu: Ijtimoiy taraqqiyot sotsiologiyasi.
Sotsiologiyada ijtimoiy taraqqiyot tushunchasi. Sotsial o’zgarish va taraqqiyot tushunchalarining nisbati. Sotsial progress, regress, evolyusiya va revolyusiya sotsial o’zgarishlarning shakli sifatida.
Sotsial progress muammolari. Sotsial taraqqiyot shakllari: evolyusion, revolyusion va reformistik taraqqiyotlar. Sotsial revolyusiyalar va ularning salbiy oqibatlari. Sotsial reformalar va ularning turlari. O’zbek rivojlanish modelida milliy mentalitetning o’rni. Rivojlangan mamlakatlar tajribasida milliy tafakkur tarzi ahamiyati.
Sotsial taraqqiyotni boshqarish. Funksiya va sotsial boshqarish elementlari tushunchasi. Menejment va uning xususiyatlari.
Dostları ilə paylaş: |