Batch yo‘nalishi uchun sotsiologiya fanidan



Yüklə 2,46 Mb.
səhifə8/138
tarix05.09.2023
ölçüsü2,46 Mb.
#141510
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   138
Социология мажмуа лотин.16

Ijtimoiy taraqqiyot sotsiologiyasi
Sotsiologiyada ijtimoiy taraqqiyot tushunchasi. Ijtimoiy o‘zgarish va taraqqiyot tushunchalarining nisbati. Ijtimoiy progress, regress, evolyusiya va revolyusiya ijtimoiy o‘zgarishlarning shakli sifatida.
Ijtimoiy progress muammolari. Ijtimoiy taraqqyot shakllari: evolyusion, revolyusion va reformistik taraqqiyotlar. Evolyusion rivojlanish va uning afzalliklari. Sotsial revolyusiyalar va ularning salbiy oqibatlari. Sotsial reformalar va ularning turlari. O‘zbek rivojlanish modelida milliy mentalitetning o‘rni. Rivojlangan mamlakatlar tajribasida milliy tafakkur tarzining ahamiyati.
O‘zbekistonda davlat Hokimiyati va boshQaruvni demokratiyalashtirish jarayonlarining o‘ziga xosligi. Ijtimoiy taraqqiyotni boshqarish. Menejment va uning xususiyatlari. Global ijtimoiy-iktisodiy tanazzullar va ularning ijtimoiy taraqqiyot jarayonlariga salbiy ta’siri. O‘zbekiston ijtimoiy-madaniy xususiyatlarning ijtimoiy-iqtisodiy tanazzullarga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqishdagi ahamiyati.
Empirik sotsiologik tadqiqot va uning metodlari
Sotsiologik tadqiqot dasturi. Dasturning strukturasi: nazariy -metodologik va metodik bo‘limlar. Dasturning asosiy elementlari: muammoni ta’riflash; tadqiqotning maqsad va vazifalarini, ob’ekti va predmetini aniqdash; ob’ektni tizimli tahdil qilish, tushunchalarni nazariy va empirik izohlash, gipotezalarni ifodalash; ma’lumotlarni ishlab chiqish va tahlil qilish.
Sotsiologiyada ma’lumotlar to‘plash metodlarining umumiy tasnifi: so‘rov, kuzatish, eksperiment, xujjatlarni o‘rganish metodlari, ularning o‘ziga xosligi.
So‘rov metodi. So‘rov turlari. Anketa (so‘rov varaqasi) so‘rov metodining markaziy elementi sifatida. Anketa tuzish texnikasi. Anketaning umumiy tuzilishi. Anketadagi savollarning turlari, asosiy talablar. Og‘zaki so‘rov va uning xususiyatlari. Intervyu olish uslubi.
Kuzatish metodi va uning mohiyati. Kuzatish turlari. Kuzatishning aniqligi muammosi va uni ta’minlash usullari. Kuzatish davrlari va tartibi. Kuzatish asboblari, kuzatish natijalarini qayd etish usullari.
Xujjatlarni o‘rganish metodi. Sotsiologiyada xujjat tushunchasi, uning turlari. Xujjatlarning informatsiya manbai sifatidagi ishonchlilik muammosi. Xujjatlarni tahlil qilish turlari. Kontent-tahlil hujjatlarni o‘rganish metodining bir turi sifatida.
Eksperiment metodi. Eksperiment turlari. Ijtimoiy eksperiment strukturasi, uning bilish imkoniyatlari. Ob’ektni tanlash, eksperimental va nazorat guruhlarini shakllantirish, eksperimental vaziyat, natijalarni tahlil qilish. Xulosalarni tahlil qilish usullari.

Yüklə 2,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin