Batch yo‘nalishi uchun sotsiologiya fanidan



Yüklə 2,46 Mb.
səhifə3/138
tarix05.09.2023
ölçüsü2,46 Mb.
#141510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
Социология мажмуа лотин.16

O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda sotsiologiya fani mazmuni va mohiyati, sotsiologiya mutaxassisligining jamiyatdagi o‘rni, xususiyatlari va kelajagi to‘g‘risida tasavvurlarni paydo qilish, ijtimoiy hayot muammolari yechimiga mos keladigan taklif va tavsiyalar mexanizmini ishlab chiqishda mazkur fanning roli haqida bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish.
Fanning vazifalari - talabalarga jamiyat taraqqiyotidagi ijtimoiy muammolarni sotsiologik nuqtai nazardan tushuntirish hamda fanning dolzarb masalalarini yechishning uslub va uslubiyotlarini, sotsiologik tahlil va tavsiyanomalar yaratishni o‘rgatish.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, malaka va ko‘nikmaga qo‘yiladigan talablar
«Sotsiologiya» o‘quv fanini o‘zlashtarish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- jamiyatni yaxlit ijtimoiy tizimligi, shaxs va jamiyat munosabatlari,
ijtimoiy hodisalar va muammolarga sotsiologik yondashish, ijtimoiy
taraqqiyotning asosiy omillari, ijtimoiy hayot faoliyatini
muvofiqlashtiradigan sotsial institutlar faoliyatini tahlil qilishni bilishi kerak.
- talaba sotsiologiya fanini mustaqil ijtimoiy fan sifatida
shakllanishining tarixiy-siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-falsafiy
asoslarini; sotsiologiya fani ob’ekti va predmeti, uning strukturasi va
fanlar tizimidagi o‘rnini; Sharq va G‘arb mutafakkirlarining sotsiologik
ta’limotlari mazmunini; ijtimoiy taraqqiyot va uning asosiy shakllarini;
ijtimoiy hayotda milliy g‘oya va mafkuraning sotsiologik ahamiyatini; shaxs
ijtimoiylashuvi omillarini; jamiyatning sotsial strukturasi va uning
o‘zgarib borish xususiyatlarini; ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ma’lum bir
qonuniyatlar asosida kechishini; jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy
jarayonlarning o‘zaro bog‘liqlikda ekanligini yaxlit idrok etishni; jamiyat
rivojining asosiy omillarini tasniflay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
- talaba zamonaviy jamiyatda ruy berayotgan ijtamoiy-siyosiy
xodisalarni to‘g‘ri tavsiflay olishi; turli ijtimoiy-madaniy xususiyatda
kechayotgan xodisalarni xolis qiyosiy taqqoslay olish; zamonaviy jamiyatdagi
mavjud ijtimoiy muammolardan ustuvorlarini aniqlash va ularni ob’ektiv
tahdil qila olishi; muayyan xodisa va voqealarga kishilarning shaxsiy
munosabatlarini o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlarda ishtirok etishi;
ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy sohalarda o‘tkazilgan amaliy sotsiologik
tadqiqotlar natijalaridan foydalana olish malakalariga ega bo‘lishi kerak



Yüklə 2,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin