Batch yo‘nalishi uchun sotsiologiya fanidan



Yüklə 2,46 Mb.
səhifə106/138
tarix05.09.2023
ölçüsü2,46 Mb.
#141510
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   138
Социология мажмуа лотин.16

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI

Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, falsafa” kafedrasi


Bilim sohasi: - 100 000 - Ta’lim


­­­­­­ Ta’lim sohasi: - 140 000 – O‘qituvchilar tayyorlash va pedagogika


Bakalavriat yo‘nalishi: barcha yo‘nalishi uchun

SOTSIOLOGIYA” FANIDAN




SOTSIOLOGIYA FANIDAN


MA’RUZA MATNI

1-MAVZU:SOTSIOLOGIYA FAN sifatida. (2 SOAT)
Reja:
1.Sotsiologiya atamasi, tarifi, predmeti va ob’ekti.
2. O.Kont sotsioogiya fanining asoschisi.
3. Sotsiologiya fanining vazifalari.
4.Sotsiologiya fanining asosiy yo‘nalishlari va ijtimoiy fanlar tizimidagi o‘rni.
Sotsiologiyaning predmeti va ob’ekti.Sotsiologiya (lotincha societas – jamiyat va yunoncha Logos – ta’limot) – so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, jamiyat haqidagi fan ma’nosini anglatadi. Yaxlit tizim sifatidagi jamiyat va alohida institutlar, ijtimoiy guruhlar, jamiyat tuzilmalari va ularda yuz beradigan ijtimoiy jarayonlarni o‘rganuvchi fan.Sotsiologiya inson hayotining ijtimoiy jihatlari o‘rganadi.
Sotsiologiya – insoniyatning bir necha yillik tarixiy taraqqiyot davomida yaratilgan madaniyatning ajralmas tarkibiy qismidir.
Sotsiologiyaning asoschisi fransuz mutafakkiri O. Kont sotsiologiyani jamiyat haqidagi tajribaga asoslangan fan deb hisoblaydi. E. Dyurkgeym sotsiologiyaning predmetini sotsial dalillar haqidagi fan deb ataydi.
Marksizmda sotsiologiya predmeti ijtimoiy tizim sifatida jamiyatda va uning tuzilmaviy elementlarini tashkil etgan shaxslar, ijtimoiy birliklar, ijtimoiy institutlarni ilmiy asosda o‘rganish hisoblanadi.
Hozirgi bizning adabiyotlarda sotsiologiyaga quyidagicha ta’rif berilgan: Sotsiologiya - yaxlit ijtimoiy tuzum sifatida jamiyat haqidagi va uning ayrim tarkibiy elementlari (shaxslar, ijtimoiy birliklar, institutlar) orqali bu tuzumning amal qilishi va rivojlanishi to‘g‘risida fandir.
Sotsiologiyaning ob’ekti jamiyatning boshqaruvchi tafakkur qonuniyatlari, ratsional vositalaridir.Sotsiologiya jamiyat haqidagi umumiy fan bo‘libgina qolmay, balki maxsus sohalar aro fan hamdir. U boshqa fanlar o‘rganmaydigan o‘z ob’ektiga ega. Uning o‘ziga xos sohasi sotsial reallik bo‘lib, u inson va jamiyat munosabatining ijtimoiy-madaniy muayyanligidir. Shu boisdan ham jamiyatdagi ijtimoiy aloqalar, ijtimoiy hamkorliklar, ijtimoiy munosabatlar va ularning o‘zaro tashkil etilish usullari sotsiologiyaning ob’ekti bo‘ladi. Insonlarning o‘zaro aloqalarga, hamkorlik munosabatlariga kirishishlari orqaligina muayyan ijtimoiy xususiyatlarni namoyon etish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar.
Sotsiologiya ijtimoiy muhitni tadqiq etganda umummilliy tushuncha va kategoriyalardan kelib chiqadi. Xususan, ob’ektiv va sub’ektiv, erkinlik va zaruriyat, borliq va ong kabi falsafiy kategoriyalardan foydalanib sotsiologik ob’ekt mohiyatni talqin etadi.
Sotsiologiya sotsial ob’ektni sotsial sub’ektlar orqali(shaxs, guruh, jamiyat, sotsial sohalar, munosabatlar, odamlarning sotsial faoliyati va tafakkur tarzi) tahlil qiladi.
Sotsiologiya turli sotsial sohalarni tadqiq etish asosida ularning o‘ziga xos ijtimoiy rivojlanish tendensiyalarini aniqlaydi. Muayyan sotsial guruhlar tahlili va tasnifi orqali u jamiyat va inson to‘g‘risidagi umumiy qarashlar, qonunlar va tendensiyalarni yaratadi, rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi.
Sotsiologiya o‘z ob’ekti doirasida sotsial hayotning turli, alohida tomonlari bilan ham shug‘ullanadi va buning natijasida fanda integral sohalar vujudga keladi. Jumladan, huquq sotsiologiyasi, siyosat sotsiologiyasi, iqtisodiyot sotsiologiyasi, industrial sotsiologiyalar. Sotsiologiya bu sohalarda o‘z obekti inson va uning siyosiy, iqtisodiy va boshqa sohalardagi o‘rni va rivojlanishi, hayot tarzi va fikrlash uslubi kabi masalalarni hal qiladi. Sotsiologiya o‘zining maxsus obekti asosida yakka shaxs faoliyati konkret namoyon bo‘lishini empirik darajada o‘rganishni ham o‘z ichiga oladi.
O.Kont fikricha, ob’ekt va predmet qarama-qarshiliklardan iborat. Sotsiologiya ijtimoiy hayot jarayonlarini 3 bosqichda o‘rganadi:
1. Aniq- empirik
2. Xususiy (maxsus)
3. Umumiy.
Shunga muvofiq ravishda sotsiologiya empirik, maxsus va umum- sotsiologik tadqiqot jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
Sotsial degan tushuncha, sotsial aloqalar, hamda munosabatlar va ularni tashkil etish usullari, sotsiologiya bilish ob’ektining o‘ziga xosligini ochib bersa, sotsial qonuniyatlar esa sotsiologiya fani predmetini aniqlash uchun boshlangich nuqta hisoblanadi.
Sotsiologiyaning predmeti:
Agar fanning obekti uning nimani o‘rganish kerak degan savolga javob bersa, predmet esa o‘sha ob’ektning qaysi jihatlarini o‘rganadi degan savolga javob beradi.
Sotsiologiya – insonlarning sotsial jamoalar va sotsial jarayonlarda tutgan o‘rni, ular o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganadigan fandir.
Sotsiologiya – ayni vaqtda jamiyat va shaxsning iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, ma’naviy hayotdagi faoliyati va ijtimoiy mazmunini o‘rganadigan fan hamdir.
Sotsiologiya – jamiyat tuzilishini, uning elementlari va ularning yashash sharoitlarini va shu tuzumda sodir bo‘layotgan ijtimoiy jarayonlarni o`rganadigan fandir.
Sotsiologiya – shaxsda ijtimoiy hayot qonuniyatlari orqali ijtimoiy muhitga ko‘nikma hosil qilishga (adaptatsiya) ko‘maklashadigan, shular bilan bir qatorda insonlar jamiyatini rivojlantirishda sotsial tashkilotlarning insonlarga mos, eng qulay variantini topishda va uni amalga oshirishdagi jismoniy, emotsional-psixologik va ma’naviy imkoniyatlarini ishga soladi.
Sotsiologiyaning vazifasi jamiyat taraqqiyotini ta’minlaydigan eng qulay variantlarini, ijtimoiy-madaniy modellarini topishdan iboratdir. Bular jamiyat va insonning o‘z-o‘zini takomillashtirishga qaratilgan qonuniyatlardir.
O.Kont pozitiv sotsiologiya asoschisi.O. Kont sotsiologiya fanini fan sifatida rivojlantirishga katta xizmat qilgan jamiyatshunos olimdir. Uni bejiz sotsiologiyaning “ota”si hisoblashmaydi.O.Kont tufayli sotsiologiya jamiyat haqidagi mustaqil fan sifatida rivojlandi. 1830-1842 yillarda o‘zining mashhur 6 tomlik “Pozitiv falsafa ruhi”kitobini chop ettiradi.Unda fanlar klasifikatsiyasi, pozitiv falsafa va sotsiologiya prinsiplarini ishlab chiqdi.1842 yilda inson muammosini o‘rganadi va 1848-yil “Pozitiv jamiyat”nazariyasini ishlab chiqdi.Umrining ohirgi yillarida yangi “diniy” ta’limot-pozitivizm ya’ni sotsial fanlar asosida insoniyatni ahloqiy birlashishini, jamiyatni qayta qurishni asos tutuvchi g‘oya bilan shug‘ullandi.Fanni metafizika va texnalogiyadan ajratish Kont metodining asosiy g‘oyasi edi.U pozitiv so‘ziga bir necha ma’noda qaradi.Eng muhimi bo‘lmag‘ur xomxayollik, ishonchsizlik, noaniqlik kabi salbiy hodisalarga tanqidiy fikrini bayon etdi.O.Kont jamiyat haqidagi pozitiv fanni dastlab sotsial fizika, keyinroq esa sotsiologiya deb atadi.Sotsiologiya jamiyat hodisalarini fundamental qonunlarini o‘rganuvchi hamda “sotsial fizika”dan farqli o‘laroq nazariy fan ekanini tadqiq etdi.Kont sotsiologiyani inson aql zakovati va psixikasi qanday qilib ijtimoiy hayot ta’siri ostida takomillashib borishi mumkinligini tushuntiruvchi yagona fandir deb bildi. Kont nuqtai nazariga ko‘ra, sotsiologiya pozitiv mohiyatga ega fandir. «Pozitiv usul» ilmiy kuzatishlar, eksperiment va taqqoslash usuli yordamida to‘plangan empirik ma’lumotlarni nazariy tahlil qilishni ifodalaydi.
O. Kont tomonidan 1839 yilda «Pozitiv falsafa ruhi» asarining uchinchi tomi nashr etilganligi natijasida birinchi marotaba u jamiyatni ilmiy asosda o‘rganish sifatida sotsiologiya atamasini qo‘lladi va bu sotsiologiyaning shakllanishi va rivojlanishiga olib keldi.
Keyinchalik sotsiologiya ijtimoiy munosabatlarni nazariy analiz qilishni sotsial faktlarni empirik tadqiq qilish bilan qo‘shib olib boruvchi mustaqil fanga aylandi. O.Kont sotsiologiyani 2 qismga ajratadi: a) sotsial statistika va b) sotsial dinamika. Sotsial statistikada ijtimoiy tizimlarning shart-sharoiti va funksional qonuniyatlari o‘rganilishini ko‘rsatadi. Unda ijtimoiy institutlar: oila, davlat, din kabilar tadqiq etiladi. Sotsial dinamikada esa O.Kont ijtimoiy taraqqiyotni nazarda tutib, jamiyatning ma’naviy va aqliy rivojiga insoniyat taraqqiyotining hal qiluvchi omili, deb qaraydi. Bu tamoyil hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. O.Kont: «Har qanday bilim tafakkur mahsulidir va u insoniyat manfaatlariga xizmat qilishi kerak, aks holda bu bilimlardan g‘arazli maqsadlarda foydalanilsa, jamiyatga katta zarar keltiriladi», degan edi.

Yüklə 2,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin