Zamonaviy jamiyat turlari. 1. Farovonlik (mo‘l-ko‘llik) jamiyati. G‘arb sotsiologiyasida hozirgi kapitalnstik davlatlarning qiyofasi ifodalab, «umumiy rohat-farog‘at» va «iste’mol qilish jamiyati» degan nazariyasi vujudga keldi. Ushbu nazariyaga ko‘ra iqtisodiyotning o‘sishi va yangi texnologiyaning ishlab chiqarishga tadbiq natijasida jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy farovonligi ortib boradi, mo‘l-ko‘lchilik natijasida iste’mol mahsulotlarining ko‘plab realizatsiya qilinishi natijasida jamiyatdagi har bir kishining baxtli va nizolarsiz hayot kechirishi ta’minlanadi. Hozirgi kunda shunday davlatlar fikrimizcha rivojlangan kapitalistik davlatlarda, ayniqsa Skandinaviya davlatlari hayotida asta-sekin namoyon bo‘lib bormoqda.
2. Istemol qilish jamiyati. Unchalik nazariy, empirik va amaliy ahamiyatga ega bo‘lmagan tushuncha. Amerika sotsiologlari tomonidan XX asr 40-50 yillarida jamiyatning har bir a’zosining hayot darajasini yaxshilash maqsadida paydo bo‘layotgan tasavvurlarning keng yoyilishi natijasida vujudga kelgan nazariya.
3. Ochiq va yopiq jamiyati. Sotsiologiyaga K.Popper tomonidan kiritilgan bo‘lib, taraqqiyotning turli bosqichlarida turli jamiyatlarning madaniy-tarixiy va siyosiy tasvirlanishi ifoda etiladi. Ochiq jamiyat- demokratik jamiyat bo‘lib, tashqi muhit sharoitlarida oson o‘zgaruvchi va moslashuvchi, tanqidni yorib o‘tmoqqa moslashgan jamiyat, yopiq, jamiyat esa dogmatik-avtoritar rejim asosida bo‘lib, sehrli (magik) tafakkur, dogmatizm va kollektivizm tamoyillari bilan xarakterlanadi. Ochiq jamiyat olamni ratsional anglash, krititsizm va individualizm tamoyillari bilan xarakterlanadi. K.Popper yopiq jamiyatlarga o‘zining siyosiy va ijtimoiy kelib chiqishidan turlicha bo‘lgan davlatlarni kiritadi, bularga Spartak, Prussiya, chor Rossiyasi,natsistlar Germaniyasi, Sovet Ittifoqini kiritadi. Ochiq jamiyatga qadimgi Afina va g‘arb rivojlangan davlatlarini kiritadi. Ochiq va yopiq jamiyat konsepsiyasi hozirgi zamon davlatlarining ideologik siyosiy va ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan o‘rganish uchun asosiy omillardan biri hisoblanadi.
4. Industrial (sanoat) jamiyati. An’anaviy jamiyat kategoriyasidan ajratib turuvchi, g‘arb sotsiologiyasida rivojlangan jamiyatning kelib chiqishi va tabiati to‘g‘risidagi ikki asosiy kategoriyaning biri. Ushbu terminni birinchi bo‘lib Sen-Simon ishlatgan, uni O. Kont, T. Spenser, Dyurkgeym va boshqalar rivojlantirganlar, qaysi jamiyatda sanoat ishlab chiqarish iqtisodiy tashkilotni boshqaruvchi shakli bo‘lsa, bu tashkilot xususiy shaxslar qo‘lida bo‘lsa, bu tadbirkor xususiy boshqaruvchi bo‘ladi, u mehnat jarayoni va ishchilarni boshqarib boradi. Sanoat ishlab chiqarish korxonalarini, menedjer-administratorlar nazorat qiladilar.
5. Postindustrial jamiyat. Amerikalik sotsiolog D. Bell tomonidan ishlab chiqishgan konsepsiya. Postindustrial jamiyat konsepsiyasining nazariyasiga ko‘ra jamiyat taraqqiyoti uchta bosqichda ko‘riladi:
J) industrial jamiyatgacha bo‘lgan davr; 2) industrial sanoat jamiyat davri; 3) postindustrial jamiyati davri. Industrial jamiyatgacha bo‘lgan davrda asosiy omil qishloq xo‘jaligi munosabatlari, cherkov va armiya jamiyatning asosiy sotsial instituti hisoblanardi, bu davrdan industrial-sanoat jamiyatiga o‘tilgach, sanoat korporatsiyalar va firmalar jamiyatning asosiy omili bo‘lib qoldi, postindustrial jamiyat davrida esa universitetlar asosiy joyi bo‘lgan nazariy-bilimlar sanoat va ishlab chiqarishning bir joyga to‘planib. qolishida asosiy rol o‘ynaydi. Bu jamiyatda D. Bellning fikricha, kapitalistlar hukmronligi yo‘qolib, uning o‘rnina yuqori bilimga ega bo‘lgan malakali huquqiy elita egallaydi. Xususiylik jamiyatning asosiy mezoni sifatida o‘zining ma’nosini yo‘qotadi, uning o‘rnini ta’lim va bilimniig yuksak darajasi egallaydi. Industrial jamyatda asosiy nizo mehnat kapitali orasida bo‘lsa, postiidustrial jamiyatda asosiy nizo bilim va chuqur bilimga ega emaslik o‘rtasida boradi.
Jamiyat tuzilishiga ko‘ra quyidagiga bo‘linadi: