Batch yo‘nalishi uchun sotsiologiya fanidan


Sotsial guruh tushunchasi



Yüklə 2,46 Mb.
səhifə116/138
tarix05.09.2023
ölçüsü2,46 Mb.
#141510
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   138
Социология мажмуа лотин.16

Sotsial guruh tushunchasi. Sotsial (ijtimoiy guruh)- individlar majmui. Ijtimoiy guruh mansub individlar ushbu guruhga mansub har bir a’zoning boshqalariga nisbatan mo‘ljali asosida o‘zaro harakat qiladi.
Guruh — bu xatti-harakatlari rasmiy va norasmiy institutlar tomonidan boshqariladigan ma’lum norma va qadriyatlarga ega bo‘lgan, boshqa birliklardan o‘zining xususiyatlari bilan farq qiladigan, bir-birlari bilan ijtimoiy munosabatlar sistemasi bilan bog‘langan kishilar yig‘indisidan iborat bo‘lgan sotsial birlikdir.
Guruhda xarakterli xususiyatlar qo‘yidagilar: guruh soni, ichki tashkilot ya’ni institutlar, nazorat shakllari; faoliyat namunalari; norma va qadriyatlar; farq qiladigan xususiyatlari.
Guruh soni deyilganda, mavjud birlikni xajm jihatidan tashkil etadigan a’zolar yig‘indisi tushuniladi, hozirgi kungacha sotsiologiyada a’zolar soni qancha bo‘lishi kerakligi xaqida aniq bir to‘plamga kelingani yo‘q. Bu to‘g‘risida guruh turlari xaqida so‘z ketganda gapirib o‘tiladi. Guruhlar eng avvalo miqdor jihatidan katta va kichik guruhlarga bo‘linadi. Sotsiologiya va sotsial psixologiya fanida katta sotsial guruhlar o‘zining aniq ta’rifiga ega emas. Umuman, katta sotsial guruh deganda, a’zolar soni ko‘p bo‘lgan kishilar guruhlari tushuniladi. Katta sotsial guruhlarning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat;
1) A’zolar soni ko‘pligi;
2) yagona hududning mavjud emasligi;
3) a’zolar o‘rtasidagi aloqalarni asosan ommaviy aloqa vositalari orqali o‘rnatilishi;
4) guruh stukturasining murakkabligi, aniqroq qilib aytganda, bu guruhlar ko‘p rasmiy va norasmiy, uyushgan va uyushmagan guruhlarni o‘z ichiga oladi.
Katta guruhlar 2 guruhga bo‘linadi.
1 Tasodifiy, stixiyali paydo bo‘ladigan va qisqa vaqt mavjud bo‘ladigan guruhlar. Bularga olamon, xaloyiq (publika), auditoriya va boshqalarni kiritish mumkin.
2. Tarixiy rivojlanish natijasida vujudga kelgan va jamiyat ijtimoiy munosabatlar sistemasida ma’lum o‘ringan ega bo‘lgan birliklar. Bu turdagi guruhlarga sotsial sinflar, turli etnik guruxlar (elat, xalq, millat), kasbiy guruhlar, jinsiy va yoshga oid guruhlar (yoshlar, ayollar, keksalar) va boshqa guruhlarni kiritish mumkin. Rasmiy va norasmiy sotsial guruhlar, guruhlarni bunday tarzda turlarga bo‘lish birinchi bo‘lib amerikalik sotsiolog E.Meyo tomonidan taklif qilingan edi, guruhlarni rasmiy va norasmiy guruhlarga ajratishasosida guruh munosabatlarining strukturasi yotadi.
Rasmiy guruhlar-bu xuquqiy statusga ega bo‘lgan sotsial institut, tashkilot qismi xisoblanadigan mavjud insititut, tashkilotdagi mehnat doirasida aniq, maqsadga ega bo‘lgan sotsial guruhlardir.
Rasmiy guruhlarga quyidagi belgilar xos: aniq va izchil maqsad, ma’lum qoidalarga muvofiq keladigan xuquq va burchlar, a’zolar o‘rtasidagi rasmiy munosabatlar, gurux faoliyatini nazorat qiladigan rasmiy institutning mavjud bo‘lishi va boshqalar.
Rasmiy guruhlarda guruh maqsadlari, funksiyalari xatti – xarakat qoidalari, xatto a’zolik shartlari maxsus xujjatlarda (dastur, instruksiya, qonun va boshqalar) qayd etilgan bo‘ladi.
Rasmiy guruhlarga siyosiy partiyalar, davlat, diniy va boshqa tashkilotlar, ishlab chiqarish kollektivi, maktab sinfi, sport komandasi va boshqalarni kiritish mumkin.
Norasmiy guruh deb, guruh jipsligining yuqori darajasi, a’zolar aloqalarining shaxsiy sifatlari, boshqa sotsial strukturalardan mustaqilligi, gurux faoliyatining aniq bo‘lmagan maqsadi, norasmiy nazorat sistemasi bilan harakterlanadigan guruhga aytiladi.

Yüklə 2,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin