Foydali maslaxatlar
Sotsiologiya fanining moxiyatini tushunish, nazariy metodologik asoslarini anglash eng avvalo, sotsiologiya fan sifatida vujudga kelishi, jamiyat haqidagi qarashlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga doir turlicha yondoshuvlarning vujudga kelishi va ko‘plab sotsiologiyaga doir adabiyotlarlarni atroflicha o‘zlashtirish taqazo etiladi;
O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati qurishda yoshlarni ijtimoiy-siyosiy savodxonligini oshirish hamda xuquqiy madaniyati
ni shakllantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasini, Oliy majlis qaror va farmoyishlarini hamda mutafakkir ajdodlarimiz ilmiy merosining sotsiologiyaga doir fikrlar taraqqiyotida tutgan o‘rnini ochib berishga yo‘nalgan tadqiqotlar muntazam ravishda o‘rganib borishni ham taqazo etadi;
Fan mavzulariga doir bilimlarni mustaxkamlashda ijtimioy jarayonlarning ijtimoiy-tarixiy o‘zgaruvchan xarakteri va rivojlanish tendensiyalari, mustaqillik sharoitida ijtimioy tuzimdagi ijobiy o‘zgarishlarning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi ham aloxida ahamiyatga molik;
Sotsiologiya fani bir necha ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan uzviy bog‘liqdir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, fanni o‘zlashtirishda “Falsafa”, “Iqtisodiyot asoslari”, “Tarix”, “Siyosatshunoslik”, “Psixologiya” kabi fanlar doirasida sotsiologiya bilan bog‘liq g‘oyalarni o‘rganish maqsadga muvofiq.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
“Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, falsafa” kafedrasi
Bilim sohasi: - 100 000 - Ta’lim
Ta’lim sohasi: - 140 000 – O‘qituvchilar tayyorlash va pedagogika
Dostları ilə paylaş: |