Vaqti – 2 soat
|
Talabalar soni:
|
O’quv mashg’ulotining shakli
|
Ko’rgazmali-tematik ma’ruza
|
Ma’ruza mashg’ulotining rejasi
|
Sotsiologik tadqiqot reja va dasturi.
Sotsiologik tadqiqot usullari.
Sotsiologik tadqiqot natijalarini umumlashtirish.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Talabalarda empirik sotsiologik tadqiqot, uning bosqichlar va dasturi, empirik ma’lumotlarni yig’ish usullari, tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbiq qilish usullari haqida tasavvurni shakllantirish.
|
Pedagogik vazifalar:
empirik sotsiologik tadqiqotning mazmun-mohiyatini tushuntirish;
tadqiqotning bosqichlari haqida ma’lumotlar berish;
sotsiologik tadqiqot dasturi va uning tuzilishi bilan tanishtirish;
kuzatish, so’rov, hujjatlarni o’rganish va eksperiment kabi empirik ma’lumotlarni yig’ish usullari haqida ma’lumotlar berish;
tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbiq qilish usullari va shakllari haqida axborot berish.
|
O’quv faoliyatining natijalari:
Talaba:
empirik sotsiologik tadqiqotga ta’rif berib, uning mazmun-mohiyatini tushuntirib bera oladi;
tadqiqotning bosqichlarini birma-bir sanab bera oladi;
sotsiologik tadqiqot dasturi va uning strukturasi haqida gapirib bera oladi;
kuzatish, so’rov, hujjatlarni o’rganish va eksperiment kabi empirik ma’lumotlarni yig’ish usullariga ta’rif berib, ularning har birining turlariga konkret misollar keltira oladi;
sotsiologik tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbiq qilish usullari va shakllariga misollar keltira oladi.
|
O’qitish uslubi va texnikasi
|
Ma’ruza, blis-so’rov, bayon qilish
|
O’qitish vositalari
|
Ma’ruza matni, tarkatma materiallar, slaydlar
|
O’qitish shakli
|
Jamoaviy ishlash, barcha birgalikda (frontal)
|
O’qitish shart-sharoiti
|
Texnik ta’minlangan auditoriya
|
Monitoring va baxolash
|
Ogzaki nazorat savol javob reyting tizimi asosida baxolash
|