Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/101
tarix24.10.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#160746
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   101
tarbiya 9 www.sadikov.uz

Jismoniy ehtiyojlar:
toza havo, suv, oziq, uyqu, uy, me’yordagi harorat,
dam olish, mashq.
Xavfsizlik ehtiyojlari:
jismonan va ruhan o‘zini xavfsiz his qilish.
Tegishlilik va mehrni his qilish ehtiyoji:
sizni oilangiz yaxshi ko‘radi,
atrofdagilar hurmat qiladi va siz – jamoaning bir bo‘lagisiz.
O‘z-o‘zini qadrlash va munosib bilish ehtiyoji:
o‘zini barkamol his
qilish va qadrlash, hurmat qilish hissi. Bu, oilani, atrofdagilarni hurmat
qilish hissini uyg‘otadi va imkoniyatlarni kengaytiradi.
Maqsadni anglash ehtiyoji:
ma’no yoki maqsadni izlash qiziquvchanlik
va chuqur bilishga, o‘rganishga undaydi.
Go‘zallik ehtiyoji:
chiroyli va tartibli hayot ehtiyoji insonni yaratuvchan-
lik, san’atga undaydi.
O‘z-o‘zini anglash ehtiyoji:
shaxsiy salohiyatni to‘liq anglash orqali
o‘zi istagan har qanday holat yoki maqsadga erishish.
Bilasizmi?
Jamoaviy mashg‘ulot
Ma’naviyat xazinasidan
Quyidagi fikrlarni muhokama qiling:
Yoshligidan tarbiyasiz o‘sgan kishilardan yaxshilik kutish – yerdan turib
yulduzlarga qo‘l uzatmoq kabidir.
Axloqimizning go‘zal va chiroyli bo‘lishiga tarbiyaning zo‘r ta’siri
bordir.
Kishi yaxshi tarbiya olib, go‘zal xulqlarga odatlansa, u baxtiyor inson
bo‘lib voyaga yetar.
Tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – 
yo falokat masalasidir.
Buyuk ma’rifatparvar va iste’dodli pedagog Abdulla Avloniy
(1878–1934) o‘zbek xalqi maorifi, madaniyati, ma’rifatini
yuksaltirishga ulkan hissa qo‘shgan. Ma’rifatparvar olim
hayotini yangi maktablar tashkil etish, yosh pedagoglar
-
ga zamonaviy bilimlar berish, Sharq va G‘arb tillarini
o‘rgatish, ta’lim-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish ga
bag‘ishlagan. Uning maktablar uchun yozgan darsliklari
o‘z davrida Markaziy Osiyoda ilm-fanning rivojiga katta
hissa qo‘shgan.



Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin