11
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
Quyidagi suratlarda qanday yaxshi ishlar aks etganini yozing.
Yaxshilikning yana qanday turlari va ko‘rinishlari borligini sanang.
Quyidagi hikmatlarni to‘ldiring va ma’nosini anglashga harakat
qiling:
maktab, yaxshilik, oqilona, yomon ish, yaxshi nom, ilm.
Bu dunyoda abadiy qolmoq mumkin emas, biroq ...... qoldirmoq
katta saodatdir.
Alisher Navoiy
Dunyoda yashamoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, boy bo‘lmoq
u
yoqda tursin, ro‘zg‘or tebratish uchun ham ...... kerak.
Mahmudxo‘ja Behbudiy
Hayot yo‘lida birinchi masala – ...... masalasidir.
Abdurauf Fitrat
Hurmatga erishish uchun ko‘plab yaxshi ishlar qilish kerak. Lekin
birgina ...... undan mahrum qiladi.
Benjamin Franklin
...... qilganlargina bu hayotda yashay oladilar.
Lev Tolstoy
Amaliy faoliyat
I bob. Yashashdan maqsad – munosib hayot
12
@edurtm_uz
Ma’naviyat xazinasidan
Mustaqil faoliyat
Savol va topshiriqlar
Mulohaza uchun
Bolaligimda otam bilan sirkka boradigan
bo‘ldik. Chipta uchun nav bat kutar
ekanmiz, bizdan oldinda olti nafar
farzandli bir oila turardi.
Bolalar xursand
ko‘rinar, ular sirk haqida gap lashishardi.
Navbatlari kelgach, oila boshi chipta
sotuvchidan narxni so‘radi. U narxni
eshitgach biroz o‘ylanib, turmush o‘rtog‘iga
pichirlab nimadir dedi. Yuzida bezovta lik
alomatlari paydo bo‘ldi.
Shu payt otam cho‘ntagidan
pul olib, yerga
tashladi va egilib uni oldi-da, haligi kishining kaftiga
qo‘yib, «Pulingiz tushib ketdi», – dedi. U kishi otamga minnatdor boqdi
va «Rahmat, aka», – dedi.
Ular
kirib ketishgach, otam qo‘limdan tortdi va biz qatordan chiqdik.
Savol aralash nigohimga, «Ularni xijolat qilmaylik, biz boshqa kuni
kelamiz», – dedi.
O‘shanda otamdan juda faxrlangan edim.
Bu holat butun hayotimdagi
eng go‘zal manzara bo‘lib qolgan. U o‘sha kuni ko‘rolmaganim – sirkdan
ham yaxshiroq edi.
1. Hikoya qahramonining otasi nima sababdan o‘z pulini boshqa
birovga berdi?
2. Qaysi xislatlar odamni boshqalarga yordam qo‘lini cho‘zishga
undaydi?
3. Hikoya qahramoni nima sababdan otasi bilan faxrlana boshladi?
4.
Nima sababdan o‘sha voqea qahramonning hayotidagi «eng
yaxshi» manzara bo‘ldi?
5. Hikoyani qanday nomlagan bo‘lar edingiz?
6. Hikoyadan nima xulosaga keldingiz?
Odamlarga beminnat yordam qo‘lini cho‘zish – bu dunyoda yashayotga -
ning uchun Yaratganga shukronadir.
Muhammad Ali, boks ustasi
«Yaxshilik» yoki «Yaxshi ish» mavzularida rasm chizing yoki kichik
matn yozing.