Sh. MIRZIYOYEV
@edurtm_uz
I B O B
YASHASHDAN MAQSAD – MUNOSIB HAYOT
Vatandan tashqarida baxt yo‘q
Vatan – shirin jon, usiz yashab bo‘lmas
Eng go‘zal hayot – yaxshilik uchun yashal -
gan hayot
Oila tarbiyaga tayansa, mamlakat ravnaq
topadi
Baxtiyorlik – bilim, mehnat va harakat
natijasi
O‘z-o‘zini anglash – baxt va muvaffa-
qiyatning asosi
Faol fuqarolik – mahalla obodligi, faro-
von turmush kafolati
Munosib umr vaqtni maqsadli sarflash-
dan boshlanadi
I bob. Yashashdan maqsad – munosib hayot
6
@edurtm_uz
1-MAVZU:
ULUG‘IMSAN, VATANIM!
Tafakkur qilib ko‘ring, borliqdagi har jonzot o‘zi ma’qul ko‘rgan go‘sha-
da yashaydi. Insondan tortib tog‘-u sahrodagi jonivorlar, osmondagi qush-
lar, ummondagi baliqlarning ham o‘z oshyonlari bor. Ular baxtiyorlik
va xotirjamlikni his qilish uchun ham makon tutadilar.
Vatan – inson uchun eng qadrli va eng suyukli dargohdir. Vatanni
obod qilish – har bir kishining burchi. Farzandlariga obod va ozod Vatan
qoldirish – har bir insonning oliy maqsadi. Barcha dinlarda Vatanga
xiyonat qoralanadi, iymonsizlik belgisi va og‘ir jinoyat sanaladi.
* * *
2019-yil 31-avgust. Seul shahri markazidagi Dondemun mavzesida-
gi «O‘zbek ko‘cha»sidaman. O‘qishdan vaqt orttirib, yurt xumorida shu
ko‘chada kezaman.
Bu yerda hamma jonsarak – taraqqiyot ortidan chopayotgan koreya-
liklar kabi, musofirlar uchun ham har soniya g‘animat. O‘zbek tilida
so‘zlashgancha shosha-pisha ketayotgan yo‘lovchilar ham yurakka yaqin.
Ich-ichimdan ovoz keladi – Vatan! Vatan, seni juda sog‘indim!
Go‘yoki ko‘chaning tez tugab qolishidan qo‘rqib, asta qadam tashlay-
man. Yon-atrofdagi o‘zbekona choyxonalarda tabassum bilan bir-biriga
choy uzatayotgan insonlar davrasiga qo‘shilgim keladi. Ularga qarab
jilmayar ekanman, labim beixtiyor pichirlaydi: «Assalomu alaykum!»
|