KIRISH
Mustaqil 0 ‘zbekistonimizda bugungi kunda olib borilayot-gan izchil islohotlar xalqimizning hayot farovonligini ta’min-lashga xizmat qilmoqda. Barpo etilayotgan uy-joylar, bog‘-sayilgohlar, yashil xiyobonlaming barchasi ezgu maqsadlar uchundir. Ma’lumki, mamlakatimizda 2012-yil “Mustahkam oila yili” va 2013-yil “Obod turmush yili” deb e’lon qilindi. Yoshlarimizning o‘qib mehnat qilishi uchun imkoniyatlar eshiklari keng ochildi, ularga zamon talablariga mos keladigan keng va yorug‘ auditoriyalar, sport maskanlari va uy-joylar qurib berilmoqda. Ushbu binolar, uy-joylar va umiiman, aholi yashash hududlari atrofida mahalliy sharoitga mos keladigan yashil hududlar barpo etilmoqda. Bunday yashil hududlar atrof-muhit ekologiyasi uchun ijobiy ahamiyatga ega bo‘lib, havo tarkibini tozalaydi, yoshlarimizni tabiatni sevib-ardoqlashi va uning o‘simliklar dunyosini o‘rganishi uchun manzil-u makon hisoblanadi. Bunday ulkan ishlami bajarishda o‘rmon xo‘jaligi va ko‘kalamzorlashtirish sohasining ishchi-xodimlari ham faol qatnashmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakat xalq xo‘jaligini yanada rivojlantirishda soha mutaxassislari tomonidan qo‘shilayotgan hissadir.
Bugungi kunda butun dunyo mamlakatlarida kechayotgan iqtisodiy inqiroz dunyo iqtisodiga, biroz bo‘lsa-da, ta’sir ko‘rsatmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov o‘zining “Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, 0 ‘zbekiston sharoitida uning oldini olish yo‘llari va choralari” asarida iqtisodiy inqirozni chetlab o‘tishning yagona yo‘li barcha sohada yuksak o‘zgarishlar qilisli ekanini ko‘rsatib o‘tgan. Yoki Islom Karimovning “Tarixi boy, buguni go‘zal, kelajagi buyuk shahar” asarida mamlakati-mizning asosiy darvozasi hisoblangan Toshkent shahrida ko‘kalamzorlashtirish ishlarini zamon talablari asosida amalga oshirib, unda go‘zal bog‘lar, yashil hududlar barpo etish kerakligi to‘g‘risida to‘liq fikr-mulohazalar bildirib, ketajakda
3
bunday ulkan ishlami mamlakatimizning barcha shahar va qishloqlarida amalga oshirish kerakligi to‘g‘risida aniq ma’lu-motlar berilgan. Demak, yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko‘ri-nib turibdiki, mamlakat iqtisodini, shuningdek, xalq xo‘ja-ligining barcha sohalarini rivojlantirishda keskin o‘zgarishlar bo‘lishi zarur. Xuddi shunday ishlarga ko‘kalamzorlashtirish sohasida ham talab katta.
Bizga ma’lumki, zamin tabiati shunday yaralganki, uning tirik mavjudot uchun beradigan saxovati tufayli odamzot va butun fauna, hayvonot olami oziqlanadi, kiyinadi va eng asosiysi, uning bag‘rida hordiq chiqaradi, dam oladi. Ana shu tabiatning rango-rangligi tufayli Yer yuzida hayot bor, rivoj-lanish va taraqqiyot bor. 0 ‘z navbatida, tabiatning o‘zi ham gurkirab tovlanadi, inson aqlini lol qoldirib mo‘jizalar yaratadi. Masalan, biz yashayotgan diyorda fasllaming almashinuvi, yashil o‘simliklarining faslga qarab o‘zgarib turishi, barglarining yoyilishi, turli xil ko‘rinishdagi gullar namoyon qilishi, bulaming barchasi moviy osmon ostidagi ona tabiatning mo‘jizasidir. Shuning uchun ham tabiatga uning ne’matlariga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish, atrof-muhitni muhofaza qilish muammosi alohida e’tiborga loyiqdir.
Bizga ma’lumki, ekologik xavfsizlik muammosi allaqachon milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning, bashariyatning muammosiga aylanib qolgan. Bugun butun sayyorada suv ummonidagi abadiy muzliklaming erib borayot-ganligi, haroratning ko‘tarilishi atmosferada salbiy o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib kelmoqda. Buning oldini olish uchun Yer yuzini yashil o‘simliklar dunyosiga, gul-u gulzorga burkash kerak bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |