Mustaqil 0 ‘zbekistonimizda bugungi kunda olib borilayot-gan izchil islohotlar xalqimizning hayot farovonligini ta’min-lashga xizmat qilmoqda


-rasm. Bog‘-park qurilishida suv havzalari



Yüklə 215,42 Kb.
səhifə8/95
tarix11.05.2023
ölçüsü215,42 Kb.
#111776
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   95
Bog\'-park qurulishi va loyihalashtirish asoslari

2.1-rasm. Bog‘-park qurilishida suv havzalari


atrofini mustahkamlash.

2.2-rasm. Og‘ir texnika vositalari bilan bog‘-parklarda


yer maydonlarini tayyorlash.

Bog‘-parklarda yer maydonlarini tayyorlashda har bir ish turi bo‘yicha mutaxassislar yer osti va usti ish tizimlarini, elektr tarmoqlari bo'yicha, santexnika ishlari, qurilish ishlari va eng asosiysi, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha ishning bajarilishini kuzatib hisobga olib boradi.





18

Yuqorida qayd etilgan ishlami bajarish vaqtida texnika xavfsizligi qoidalariga qattiq rioya qilinadi.


Ko‘kalamzorlashtirilgan joylar atrofida to‘rt burchakli yo‘lakchalar tashkil etilayotgan vaqtda muhandislik tartib-qoida-lari va usullariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.


Yer maydonlaridagi tuproqlami tayyorlashda quyidagi asosiy ishlar tartibiga rioya qilinishi zarur:





  1. uchastkalami tayyorlashda tuproq qatlami donador bo‘lishi, lekin tuproq loy bo‘lib qotmagan bo‘lishi kerak;




  1. yer maydonlari asosiy yer yuza qismidan pastda qolib ketmasligi kerak, uning qalinligi 25-30 sm bo‘lib, uni maxsus og‘irlikdagi katkalarda yoki texnika vositalari, buldozerlarda aylantirib bostirib qo‘yish kerak. Agar yuqoridagi ishlar bajaril-masa, maysazorlar yoki ko‘chatlar sug'orilganda yer sathi pastga cho‘kib maydonning ko‘rinishi noto‘g‘ri bo‘lib qoladi. Bundan ba’zan manzarali o‘simliklar ham zararlanadi, natijada yashil o‘simliklar o‘zining shakli bo‘yicha manzarasini yo‘qotadi;



2.3-rasm. Bog'-parkl.iubi \o4aklar qurish.



  1. agar tuproq yuza qismida ohak, texnika vositalariga ishlatiladigan har xil moylar (bitum), asfaltli maydon yoki quri-lishdan qolgan chiqindilar mavjud bo‘lsa, bunday hudud foyda-lanishga tayyor emas. Ko‘kalamzorlashtirilayotgan maydonlarda ekish ishlarini o‘tkazishdan oldin har 100-500m2 yer



19

maydonidagi tuproq tarkibidan tahlil uchun olinib tekshirib ko‘riladi. Agar zarur bo‘lsa, tuproq kerakli miqdorda organik va mineral o‘g‘itlar bilan boyitiladi. Yer maydonlari yengil usulda tayyorlanadi. Vertikal rejalashtirish asosida yer maydonlarida yangi relyef tashkil qilinadi, natijada har xil yog‘inlardan, tuproq tarkibini suv va shamol eroziyasidan himoyalab hosildor tuproqlami saqlab qoladi. Yer osti sizot suvlari ko‘tarilib keti-shining oldi olinadi. 0 ‘z o‘mida tashkil qilingan vertikal rejalashtirish tashrif buyuruvchilaming bog‘da bemalol dam olishlarini ta’minlaydi.

Vertikal rejalashtirish bo‘yicha ish hajmi va tavsifi ish joyining tabiiy joylashishiga, aholining joylashish hududiga bog‘liq holda bajariladi. Yer maydonlari bo‘yicha uchastkalarda sarf etilayotgan kuch boshqa og‘ir bo‘limlarda ham o‘z o‘mida safrlansa, yuqori natijaga erishiladi. Pul-mablag‘ (smeta) esa tejab qolinadi


Yer maydonlariga ish olib borishning texnik-iqtisodiy samaradorligining ko‘rsatkichlari quyidagicha:

-yer maydonlarida unchalik katta o‘zgarishlar qilmasdan kichik hajmda ish bajarish;


-yer maydonlaridagi tuproq tarkibida unchalik yuqori dara-jada o‘zgarishlar qilmasdan saqlab qolish.


Bog‘-parklarda vertikal rejalashtirish loyihalashtirishning asosiy uslubi bo‘lib:


-vertikal rejalashtirishning sxemasi; -loyihalashtirishning profilli uslubi;


-yer maydonlaridagi gorizontal loyihalashtirishda nivelir syomka ishlarining natijalari.Buning natijasida yer osti va usti kommunikatsion tizimlari tashkillashtiriladi.

Bog‘-park xo‘jaligida vertikal rejalashtirish ishlarini o‘tka-zishdan oldin maxsus Bosh reja tuzib olinadi. Ushbu reja asosida mukammal rejalashtirish ishlari o‘tkaziladi. Bunda: arxitektura fasad topshiriqlari va uning qarori; geodezik va gidrologik materiallar; yer osti kommunikatsion tizimlari va yer





20

bo‘yicha inshootlar; muhandislik qurilish ishlari tizimi va asosiy daraxt turlarini joylashtirish sxemasi va hokazolar bajariladi.


Bog‘-park xo‘jaligini obodonlashtirishda 1:1000 yoki 1:500 masshtab qabul qilinadi. Asosiy rejalashtirish ishlari yer maydonlarini har xil chiqindilardan yengil tozalab bo‘lgandan so‘ng maxsus kartografik-chizmachilik ishlari asosida bajariladi. Ushbu ishlami bajarishda texnika vositalari: buldozer, greyder-lar, ekskovatorlar, samosval mashinalar va har xil qo‘lda ishlatiladigan ish qurollaridan foydalaniladi.





Yüklə 215,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin