Mustaqil 0 ‘zbekistonimizda bugungi kunda olib borilayot-gan izchil islohotlar xalqimizning hayot farovonligini ta’min-lashga xizmat qilmoqda


-rasm. Turli xil kompozitsiyalardagi bog‘-park elementlarining ko‘rinishi



Yüklə 215,42 Kb.
səhifə4/95
tarix11.05.2023
ölçüsü215,42 Kb.
#111776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
Bog\'-park qurulishi va loyihalashtirish asoslari

1.3-rasm. Turli xil kompozitsiyalardagi bog‘-park elementlarining ko‘rinishi.

Toshkent shahrida zamonaviy ko‘kalamzorlashtirishning uslublari asosida bugun bunyod etilgan yashil hududlardagi





8

manzarali yaproq va nina bargli daraxt hamda butalami turlari bo‘yicha o‘rganib chiqib, ulaming manzarali-estetik xususiyat­ larini namoyon etishi, badiiy kompozitsiyasi har xil uslublarga ko‘ra kuzatib boriladi. Daraxt o‘simliklariga dendrologik tavsiyanoma berilgandan so‘ng ulaming fasliy hodisalarga munosabatiga e’tibor qaratiladi. Shahar avtomobil yo‘llari sharoitidagi daraxtlami himoyalashning ahamiyati va xususiyatlari tashqi muhitdagi o‘simlik va tirik organizm uchun noqulay sharoitlar: shovqin, chang, gazlar va garmseldan himoyalash darajasiga qarab baholanadi. Ma’lumki, shaharlarda odamlaming asosiy dam olish maskanlari bog‘-parklar va xiyo­ bonlar. Agar istirohat bog‘lari chegarasida o‘ta qalin shox-shab-bali va uzoq yashaydigan o‘simlik turlari joylashtirilsa, ular bog‘ ichki hayotini changdan va tashqi shovqin-suronli muhitdan himoyalaydi. Natijada ichkarida hayot sokin bo‘lib tirik organizm, hatto, fauna hayoti ham jozibador bo‘ladi. Manzarali yaproq va nina bargli daraxtlar shamol tezligini pasaytiradi, havo tarkibini tozalovchi tabiiy “koridor” ham hisoblanadi. Bunda o‘simlik turlarining о‘sib rivojlanish shakliga, barglaming tuzilishiga ham e’tibor qaratiladi.


Manzarali daraxtlar va, umuman, o‘simliklami joylash-tirishda ulami ekish sxemalaiiga, sifat ko‘rsatkichlari, nafis ko‘rinishiga ham e’tibor qaratilib, ularda monitoring ishlari olib boriladi. Bunda manzarali o‘simlik qayerda va qanday sxemada, istirohat bog‘idami, yo‘llar atrofidami yoki binolar, inshootlar atrofida uyg‘unlashgan holdami, yaxshi o‘sishi kuzatiladi. Shuningdek, o‘simliklaming o‘sib-rivojlanishi bo‘yicha fasllardagi o‘zgarish, iqlim va sharoitga to‘g‘ri kelishi, kurtak ochishi, barg yoyishi, gullash davrining davomiyligiga e’tibor beriladi. Buning uchun daraxtlaming dendrologik tavsifidagi manzaraviy xususiyatlari o‘rganib chiqiladi. Daraxt o‘simlik-larida ulaming gullash xususiyatlarining faslllarda namoyon bo‘lishi, ulaming eng ajoyib xususiyati: jonsiz jismlar bilan badiiy kompozitsiya hosil qilishiga e’tibor qaratiladi. Qaysi daraxt o‘zining shakli, gullarining joylashishi va rangi bo‘yicha binoning, yo‘lning, memorandumning qaysi tomonida o'sib





9

rivojlanishi kerakligi ranglar majmuasida namoyon bo‘ladi. Yuqoridagi o‘simliklarning manzarali xususiyatlari e’tiborga olinib, qaysi o‘simlik qanday o‘simlik turi bilan ekib joylash-tirilib borilishiga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, yaproq bargli yoki nina bargli o‘simliklaming butasimonlar va gullar turkumi bilan badiiy kompozitsiyasiga ham ahamiyat beriladi.
Mamlakatimiz istiqlolga erishgandan so‘ng barcha shahar va qishloqlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga katta e’tibor qaratila boshlandi. Natijada zamon talablariga javob beradigan darajadagi bog‘lar, xiyobonlar va sayilgohlar barpo etila boshlandi. Buni biz vatanimiz poytaxti - Toshkent shahri-dagi Mustaqillik maydoni, Alisher Navoiy nomli Milliy bog‘, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qodiriy, Mirzo Ulug‘bek nomli istirohat bog‘lari, Shahidlar xiyoboni, Samarqand shahridagi Registon maydoni, Afrosiyob xiyoboni, Shahrisabz shahridagi Oqsaroy majmuasining bog‘i, Xorazmdagi Jaloliddin Manguberdi bog‘i va yangi barpo etilgan zamonaviy bog‘lardan 2013-yilning 14-yanvarida Prezidentimiz Islom Karimov tashabbuslari bilan Farg‘ona shahrida barpo etilgan markaziy xiyobon misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Ushbu bog‘larda bugungi ко‘kalamzorlashtirishning eng noyob usullarini qo‘l-lagan holda, ajoyib kompozitsiyaga ega bo‘lgan yashil hududlar, klumbalar, maysazorlar va gulzorlar barpo etilmoqda.


Yüklə 215,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin