O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIFANLAR
AKADEMIYASI
QATAG'ON QURBONLARIXOTIRASI” MUZEYI
“SHAHIDLAR XOTIRASI” JAMOAT FONDI
1937-1938-YILLARDAGI "KATTA
Q IR G W * TARIXINING
MUHIM SANALARI
(maTumotnoma)
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
“Fan” nashriyoti
Toshkent - 2013
www.ziyouz.com kutubxonasi
y ^ K : 323(575.1)
KBK: 63.3(50‘)622-4
B71
Ushbu solnoma yonalishida yaratilgan ma'lumotnomadan
1937-1938-yiIlarda Sovet davlati tomonidan otkazilgan mashum
qatag'on siyosati bilan bog'liq muhim sanalar joy olgan.
Malumotnomadan tarixchi olimlar, filologlar, Oliy o‘quv yurtlari
talabalari hamda keng kitobxonlar ommasi foydalanishlari mtimkin.
Ushbu ma'lumotnoma O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish
qom itasining“1937-1938-yillardagisiyosiy qatag'on: “Katta qirg‘in”ningkelib
chiqish sabablari va fojiali oqibatlari” mavzuidagi amaliy ilmiy tadqiqot loyihasi
doirasida nashrga tayyorlandi.
T u z u v c h i-m u a 11 i f :
M.F.ZIKRULLAYEV
T a h r i r h a y a t i :
B.Hasanov, N.Karimov, S.Ahmedov, M.Zikrullayev, B.Irzayev
M a s ' u l m u h a r r i r :
N.F.Karimov - filologiya fanlari doktori, professor
T a q r i z c h i l a r :
Agzamxodjayev S.S. - tarixfanlari doktori, professor
Ishonxodjayeva Z.R. - tarix fanlari doktori
ISBN 978-9943-19-279-9
© O'zbekiston Respublikasi FA
“Fan” nashriyoti, 2013-y.
www.ziyouz.com kutubxonasi
S O Z B O S H I
Sovet davlati tarixi - bu siyosiy qatagonlarning uzluksiz
tizimidan iborat: Inqilob va Fuqarolar urushi, Polshaga bostirib
kirish, “bosmachilik”ka qarshi kurash, Afg'onistonga birinchi
tajovuz (1928-y.), “kollektivlashtirish”, “quloqlashtirish” Leningrad
va Ozarboyjondan deportasiya qilish, “Katta qirg'in” 1939 va 1941-
yil 25-iyunida Finlyandiyaga bostirib kirish, Polshaga ikkinchi
tajovuz (1939-y), Ikkinchi jahon urushi, xalqlarning deportasiya
qilinishi (qrim tatarlar, koreyslar va boshqalar), kosmopolitizmga
qarshi kurash, Vengriya (1956-y) va Chexoslavakiyaga (1968-
y) bosib kirish, dissidentlarga qarshi kurash, Afgoniston urushi,
sovet harbiylarining Yaqin Sharq, Vetnam, Laosdagi qurolli
ziddiyatlardagi ishtiroki, “O'zbeklar ishi” yoki “paxta ishi” va h.k.z.
O'zbek xaJqi boshiga mislsiz darajada katta fojialarni keltirgan,
yuz minglab begunoh vatandoshlarimizning yostig'ini quritgan -
1937-1938-yillardagi “Katta qirg‘in”ni esa shubhasiz “XX asrvabosi”
deb atash mumkin. Sovet hukumati “Katta qirg'in” davrida zamon
va makonga insoniy qadriyatlar nuqtai nazaridan munosabatda
bo'luvchi, hur fikrlaydigan, totalitar tizimga qarshi chiquvchi o‘z
dushmanlarini shafqatsizlarcha mahv qildi.
SSSR Ichki ishlar xalq komissari, “temir narkom” nomini olgan
Nikolay Yejov tomonidan 1937-yil 30-iyuldagi “Sobiq quloqlar,
jinoyatchilar vabosh qa sovetlarga qarshi unsurlami qatagon qilish
operatsiyasi to‘g‘risida”gi 00447-sonli mutlaqo maxfiy operativ
buyruqqa muvofiq 1937-yil 10-avgustdan 1938-yil 1-yanvargacha
bo'Igan vaqtda O'zbekiston bo'yicha jami 10700 kishi qamoqqa
olingan, ulardan 3613 kishi 1-toifa bo'yicha otuvga, 7087 kishi
2-toifa bo'yicha 8-10 yil qam oq jazosiga hukm qilingan.
1937-1939-yillaming o'zidagina O'zbekiston SSR Ichki ishlar
xalq komissarligi (N KVD)ning “uchlik”lari tomonidan 41 ming
nafardan ko'proq kishi qamaldi. Shulardan 37 ming nafardan
ko‘prog‘i sudlandi, 6 m ing920 kishi otib tashlandi... Asossiz qamalib
jinoiy javobgarhkka tortilgan kishilar orasida partiya, sovet, xo'jalik
xodimlari, harbiylar, ziyolilar va kolxozchilar juda ko‘p e d i.
3
www.ziyouz.com kutubxonasi
Shu bilan birga bevosita qatag'onga uchragan millionlab
odamlar orqasida ulardanda son jihatidan k o p jabrdiydalar - oila
a’zolari, uzoq-yaqin qarindoshlari, dostlari bo'lganki, ularni ishdan
haydaganlar, yashash joylaridan chiqarib yuborganlar, ohy oquv
yurtlariga o qishga ham qabul qilmaganlar. “Xalq dushmanlari”
bilan aloqada bo'lgan insonlarga hattoki dostlari, hamkasblari,
qo shnilari ham teskari qarab o'tganlar.
Rossiyalik va xorijdagi zamonaviy mutaxassislar stalincha
qatag'onlaming 1934-yildagi S.M.Kirovning o'ldirihshi bilan
bog'laydilar. Kirovning o'limi natijasida stalincha qatag'onlarning
qonuniy asoslari shakllangan deyish mumkin. Binobarin, uning
oldindan puxta reja asosida amalga oshirilganligi hozirgi kunda
hujjatlar bilan tasdiqlangan.
“Katta qirg‘in”ning ko'lami, tuzulishi va o'tkazilish mexanizmlari
ko‘p yillar mobaynida aksariyat omma, qolaversa tarixchilarning bir
necha avlodi uchun maxfiy bo'lib hisoblandi.
Bugungi kunda esa oshkor etilgan bir qancha manbalar asosida
1937-1938-yillardagi “Katta qirg‘in”ning oyma-oy va hatto
kunma-kun tarixini tiklash mumkin. Mazkur solnoma asosan
bolsheviklarning Butunrossiya kommunistik partiyasi (keyingi
o'rinlarda V KP(b) tarzida beriladi) M K va Ichki ishlar xalq
komissarligi (keyingi o'rinlarda NKVD tarzida beriladi) hujjatlari
- qatagonlarning dinamikasi, g'oyaviyligi, son va prosessual
parametrlarini belgilab bergan direktivalar asosida tuzildi.
Ma'lumotlar quyidagi manbalardan olindi:
- Repressiya. 1937-1938 godi. Dokumenti i materiah. Mas'ul
muharrir: N.Karimov. -T.: Sharq, 2005. 1-kitob.
- Shamsutdinov R. Q atagon qurbonlari (1937-yil 10-avgust -
5-noyabr). 2-kitob.M asulm uharrir: N.Karimov.-T.: Sharq, 2007.
- Repressiya. 1937-1938 gg. Dokumenti i materiali, 3-kitob.
Jertvi Bolshogo terrora iz Uzbekistana. -T.: Sharq, 2007.
- Repressiya. 1937-1938 gg. Dokumenti i materiali, 4-kitob.
Jertvi Bolshogo terrora iz Uzbekistana. -T.: Sharq, 2008.
- Shamsutdinov R. Qatagbn qurbonlari. 5-kitob. -T.: Sharq,
2009.
- Rustambek Shamsutdinov. Ozbekistonda sovedaming qatagon
siyosati va uning oqibatlari. 1-kitob. -T.: Sharq, 2012-yil. -430 B.
- Sovershenno sekretno. Xalqaro oyhk gazeta sonlari.
4
www.ziyouz.com kutubxonasi
- Snitkovskiy V. “Bolshoy Terror” (1937-1938). -M ., 2012
- “Qatag on qurbonlari xotirasi” muzeyi arxivfondi materiallari.
“Katta qirg'in” jarayonidagi qatag onlarningborishini kopchilik
xorijiy mutaxassislar quyidagi to‘rt asosiy davrga bo'lib o rganishni
maqsadga muvofiq deb hisoblaydilar:
1. “Katta qirg'in” mashinasining yurgizilishi (1936-yil oktabr -
1937-yil fevral). Jazo organlarini qayta tuzish, partiya, harbiylar va
mamuriyat xodimlari orasidagi eng sara namoyandalarni oylab
topilgan “imperialistik tajovuz” xavfi sharoitida yuzaga chiqishi
mumkin bo'lgan muxolifat unsurlaridan tozalash;
2 . 1937-yil mart - 1937-yil iyun. O ‘ylab chiqarilgan “xoinlar” va
“xorijiy razvedka josuslari”, ziyolilar qatlamini yo‘q qilish, “quloqlar”
milliy diasporalar vakillaridan iborat bo'lgan tajovuzkor “ijtimoiy
baza”ga qarshi ommaviy qatagonlar rejasiniishlab chiqish.
3. 1937-yil iyul - 1938-yil oktabr. “Quloqlar” va millatchilarga
qarshi ommaviy qatagonlarni dekretlar bilan qonuniylashtirish
va
o'tkazish,
Qizil
armiya
tarkibidagi
“harbiy-fashistik
fitnachilar” qishloq xo'jaligidagi “ziyonkorlik”ka qarshi kurashni
shiddatlashtirish.
4. 1938-yiI - 1939-yil. NKVD takribidan Yejov kadrlarini yo‘q
qilish, ommaviy qatagon qihshni to'xtatish, sudsiz, favqulodda
hukm chiqarish holatlarini qisqartirish, qamoqqa olinganlarni
qisman ozod qilish.
1937-1938-yillardagi qatagonning avj olishiga sababchi bo'lgan
asosiy voqealar:
Dostları ilə paylaş: |