Shahidlar xotirasi


Partiya nazorat komiteti raisi lavozimlari saqlangan holda SSSR



Yüklə 1,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix02.06.2022
ölçüsü1,72 Mb.
#60443
1   2   3   4   5   6   7
1937-1938-yillardagi Katta qirg\'in tarixining muhim sanalari


Partiya nazorat komiteti raisi lavozimlari saqlangan holda SSSR
Ichki ishlar xalq komissari lavozimiga tavinlangan.
- 1936-yil 29-sentabr. V K P(b) M K Siyosiy byurosi 
“Aksilinqilobiy trotskiychi-zinovevchi unsurlarga munosabat 
to g risida” qaror qabul qilgan. Unda, xususan, quyidagi bandlar 
bo'Igan: “a) songgi vaqtgacha V K P(b) M K trotsldychi-zinovevchi 
ablafilarni xalqaro burjuaziyaning ilgor siyosiy va uyushgan 
guruhi sifatida korar edi. Oxirgi faktlardan ma'lum bo'lishicha, bu 
janoblar yanada tubanlikka ketib, endilikda ularga josus, ayg'oqchi, 
qo'poruvchi va Yevropadagi fashistik burjuaziya zararkunandalari 
sifatida qarashga to'g'ri kelmoqda... b) shundan kelib chiqqan 
holda nafaqat ishi tergovda korilayotgan, balki badarga qilingan 
trotskiychi-zinovevchi ablahlarni ham jazolash zarurdir”. Yuqoridagi 
satrlar ushbu masalaga M Kda boshqacha mafkuraviy yondashuv 
paydo bo'lganligidan dalolat beradi.
- 1936-yil 4-oktabr. Siyosiy byuro Yejov va Vishinskiyning 
ro'yxati bo'yicha 585 nafar odamni jazolashga ruxsat berish haqidagi 
taklifini ko'rib chiqib, quyidagicha qaromi qabul qilgan: “O'rtoq 
Yejov va Vishinskiylaming anksilinqilobiy terrorchi trotskiychi- 
zinovevchilar uyushmasining faol ishtirokchlilaridan ro'yxat bo'yicha 
585 kishini sud qilib, jazolash to'g‘risidagi taklifi maqullansin”.
- 1936-yil 19-22-oktabr. Novosibirskda 1936-yil 23-sentabrda 
Kuzbassdagi “Sentralnaya” konida sodir bo'lgan portlash bo'yicha 
“Kemerovo prosessi” bo'lib o'tgan. Sudda “m alum bo‘lishi”cha, 
qo'poruvchilikni yashirin “trotskiychilar” guruhi eski mutaxassis 
muhandislar bilan til biriktirgan holda uyushtirilgan bo'lib, fitnaning
www.ziyouz.com kutubxonasi


bir uchun Moskvaga borib taqalgan. Sudlangan 9 kishining barchasi 
otishga hukm qilingan.
- 1936-yil 13-noyabr. SSSR NKVDsi quyi tashkilotlarga 
“yashirin sotsial inqilobchilami” aniqlash va yo‘q qilish haqida 
farmoyish yuborgan. Joylarda ozodlikda bo'lgan va badarg'a 
qilingan sobiq eserchilarni qamoqqa olish boshlangan.
- 1936-yil 13-noyabr. NKVDning “Temiryo‘1 transportidagi 
xalokatlarga qarshi kurashishni kuchaytirish to‘g‘risida”gi buyrug'i 
chiqarilgan. Uningmazmunigakorahar birhalokatga qo'poruvchilik 
natijasi sifatida qarash kerak bo'lgan.
- 1936-yil 29-noyabr. SSSR Prokurori oldingi yillarda 
nihoyasiga yetkazilgan yong'inlar, avariyalar, sifatsiz mahsulotlar 
ishlab chiqarish va shunga o'xshashlar bilan bog'liq jinoiy ishlarni 
“aksilinqilobiy zarakunandalik alomatlarini aniqlash va aybdorlami 
yanada qattiqroq javobgarlikka tortish maqsadida” qaytadan 
tekshirish tog'risida topshiriq bergan.
- 1936-yil 4- va 7-dekabr. VKP(b) M K Plenumi bo'lib o'tgan. 
Unda Yejovning fosh etilgan trotskiychi guruhlar, ular tomonidan 
uyushtirilgan qo'poruvchihklar, “trotskiychilar ishi” bo'yicha 
qamalganlarning soni (bir necha ming kishi) haqidagi hisoboti 
tinglangan. Yejov bo‘lajak sud jarayoni aybdorlari Pyatakov, Radek 
va boshqalar nomini ma’lum qilgan hamda Buxarin va Rikovlarga 
nisbatan yangi ayblar bildirgan, shuningdek, “sovetlarga qarshi 
o‘ng markaz” borligini e'lon qilgan. Yejovning m am zasi bo'yicha 
Buxarin va Rikovning “trotskiychilar jinoyatlari”ga va terrorchilikka 
aloqadorligi muhokama qilingan. Bu borada qabul qilingan qarorda 
xususan bunday deyilgan: “O'rtoq Stalinning Rikov va Buxarin 
haqidagi masalaning hal bo'lmaganligi tognsidagi taklifi qabul 
qilinsin. Keyingi tekshimvlar davom ettirilsin...”
- 1936-yil 17-dekabr. SSSR Xalq Komissarlari sovetining 
“Aksilinqilobchi unsurlami Ozarboyjondan Eron va SSSRning ayrim 
hududlariga kochirish to‘g‘risida”gi Qarori chiqqan. Bundan maqsad 
chegara yaqinidagi hududlami ishonchsiz unsurlardan tozalash edi.

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin