- 1936-yil 25-mart. SSSRIchki ishlarxalqkomissari G.G.Yagoda
VKP(b) MIC Siyosiy byurosiga “badarga
qilingan va faol mehnat
bilan mashg'ul bo'lgan barcha trotskiychilarni qamash va uzoq
lagerlarga jonatish, partiya hujjatlari so'nggi tekshiruvida VKP(b)
safidan ochirilgan trotskiychilarni alohida ajratib olib, NKVD
qoshidagi Maxsus kengash qarori bilan uzoq lagerlarga 5 yil
muddatga surgun qilish hamda “terrorchilikka aloqador” deb
topilganlarni otish” haqida taklif kiritdi.
- 1936-yil 28-aprel. SSS R X alq Komissarlari Soveti “USSRdan
15000 polyak va nemis xo'jaliklarini kochirib, Qozog'iston
ASSRning Qaraganda oblastida xo'jaliklar
sifatida joylashtirish
haqida”gi qarori chiqarilgan. Majburiy kochirishning sababi
sifatida, chegaraga yaqin
hududlarni
ishonchsiz unsurlardan
tozalash ko'rsatilgan. Jam i 69283 kishi kochirilgan.
- 1936-yil 20-may. M K Siyosiy byurosining trotskiychilami
qatagon qilish to‘g‘risidagi qarori chiqarilgan.
- 1936-yil 9-iyun. SSSR Ichki ishlar xalq komissari G.G.Yagoda
va SSSR Prokurori Vishinskiy V K P(b) M K Siyosiy byurosiga
82 ta “terrorchilikka aloqasi bo'lgan aksilinqilobiy trotskiychi
tashkilot”ning ro'yxatini
taqdim qilib, ularni sud qihshni taklif
qilgan. Ushbu ro'yxatda G.E.Zinovev, L.B.Kamenev va boshqalar
ham bo'lgan.
- 1936-yil 29-iyul. V KP(b) MKning “Trotskiy-zinovevchi
aksilinqilobiy blokning terrorchilik faohyati to‘g‘risida”gi
maxfiy
xati chiqarilgan. Matbuotda sobiq trotskiychilarga qarshi targ‘ibot
kuchaytirilgan. Trotskiychilarning gestapo josuslari bilan aloqasi
borligi xabari tarqatilgan.
- 1936-yil 19-24-avgust. Moskvada “Sovetlarga qarshi
birlashgan trotskiychi-zinovevchilar markazi”
ustidan ochiq sud
jarayoni bo'lib o'tgan. Ayblanuvchilar G.E.Zinovev, L.B.Kamenev,
G.E.Evdokimov, I.N.Smirnov, S.V.Mrachkovskiy va boshqalar.
Aybnomada S.M.Kirovning o‘ldirilishi, Stalin, Voroshilov, Jdanov,
Kaganovich, Ordjonikidzega suiqasd uyushtirishga tayyorgarlik
kabi jinoyatlar qayd etilgan. 16 ayblanuvchining hammasi “ijtimoiy
himoya”ning oliy chorasiga hukm qilinib, 1936-yil 25-avgustda otib
tashlangan. Mamlakatning turh hududlarida ham shunga oxshash
sud jarayonlari bo'lib, ularda 169 dan ortiq odam jazoga tortilgan.
- 1936-yil 14-sentabr. “Parallel sovetlarga qarshi trotskiychilar
6
www.ziyouz.com kutubxonasi
markazi” ishi bo'yicha 1937-yil yanvarida o'tkazilgan sudning bosh
ayblanuvchisi Yu.L.Pyatakov, ikki kundan so'ng esa K.B.Radek
qamoqqa olingan.
- 1936-yiI 25-sentabr. V K P(b) M KSiyosiybyurosiga Sochidan
Stalin va Jdanov tomonidan “O rtoq
Yejovni Ichki ishlar xalq
komissari lavozimiga zudlik bilan tayinlashni mutlaqo zarur deb
hisoblaymiz. Yagoda trotskiychi-zinovevlar blokini fosh qilish ishida
zimmasidagi vazifani kerakli darajada bajara olmadi” mazmunida
telegramma yo'llangan.
- 1936-yil 26-sentabr. G.G.Yagoda
Ichki ishlar xalq komissari
lavozimidan ozod qilinib, SSSR Aloqa ishlari xalq komissari etib
tayinlangan. N.I.Ejov V K P(b) M K kotibi va V K P(b) qoshidagi
Dostları ilə paylaş: