3.4-rasm. Asfalt-betonli bog‘-park yo‘llari.
Asfalt-betonli yuzadan iborat bo‘lgan yo‘llar texnika vosi-talari, velosipedlar va rolik-konkalarda yurishga rejalashtirilgan bo‘ladi. Birinchi marotaba 6t va ikkinchi marotaba lOt li katkalar yordamida yo‘lni tashkil etadigan mahsulotlar qotirilib presslanadi.
Har xil materiallardan tayyorlangan to‘rtburchakli, munta zam ko‘pburchakli, dumaloq plitalardan iborat yo‘llar ham barpo qilinadi. Plitkalar o‘lchami 25x25sm dan 90x90sm gacha bo'ladi. Betonli plitkalar qalinligi 6x6 sm va maxsus GOST asosida esa 20x20sm va qalinligi 3,5-5sm gacha boMadi. Shu-
33
ningdek, bog‘larda, sayilgohlarda keramik plitka-bruschatkalar (o‘lchami 20x20sm, qalinligi l,5sm) dan ham foydalaniladi.
Barpo etilgan ushbu yo‘l va maydonchalar o‘z vaqtida nazo-rat qilinadi. Har yili qisman pardozlash ishlari olib boriladi. Mukammal pardozlashga har 10 yilda, favqulodda vaziyatlarda esa 5 yilda ruxsat beriladi.
34
IV bob. Yashil qurilish kompozitsiyasining asosiy tamoyillari
Biror-bir hududni ko‘kalamzorlashtirish jarayonida uning yer maydonlarini nafis landshaft ko‘rinishidagi san’at darajasiga olib kelish zarur bo'ladi. Buning uchun yashil hududlar barpo qilishning umumiy tamoyillarini bilish kerak. Bu tamoyillar, o‘z navbatida, yer maydonlari qanday tartibdagi, ya’ni uslubdagi rejalashtirishga ega bo‘lishi kerak, o‘simlik dunyosining turlari bo‘yicha joylashishi, ularda gullar to‘lqinning namoyon bo‘lishi, inson nigohida jonli va jonsiz predmetlaming tovlanib ko'rinishi, yashil hududlar kompozitsiyasi markazi, ulaming o'zaro nisbati va masshtabi, soya va yorug‘likning o‘zaro nisbati, shuningdek, o‘simlik dunyosi gullash davrining davomiyligi, yaproq va nina bargli daraxtlar, butasimon o'simliklaming nafis ko‘rinishdagi kompozitsiya hosil qilishi, o'tsimon o‘simliklar va gullar kompozitsiyasi, maysazorlar kompozitsiyasi, arxitektura binolari va inshootlaming o‘zaro uyg‘unlashgan kompozitsiyasidan iborat boladi.
Dostları ilə paylaş: |