Mustaqil 0 ‘zbekistonimizda bugungi kunda olib borilayot-gan izchil islohotlar xalqimizning hayot farovonligini ta’min-lashga xizmat qilmoqda


-rasm. Arxitektura landshaftiga uyg‘imlashgan



Yüklə 215,42 Kb.
səhifə15/95
tarix11.05.2023
ölçüsü215,42 Kb.
#111776
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   95
Bog\'-park qurulishi va loyihalashtirish asoslari

4.1 -rasm. Arxitektura landshaftiga uyg‘imlashgan


kashtan daraxtining gullash davri.



35

Yashil hududlar barpo etishda uch turdagi ko‘kalamzorlash-tirish uslubi qabul qilingan: muntazam, peyzaj va aralash holdagi.


Muntazam uslubda - barcha ko‘kalamzorlashtirish element­ lari va obyektlari muntazam yoki to‘g‘ri geometrik shaklga ega bo‘ladi. Tashkil etiladigan gulzorlar aylana, to‘g‘ri to‘rtburchak, rombsimon, uchburchak, yuraksimon va hokazo ko‘rinishda; quriladigan yo‘laklar to‘g‘ri chiziq yoki yarim aylanasimon shaklda bo‘ladi. Manzarali daraxtlar, butasimon o‘simliklar turlari bo‘yicha va gullaming ekilish sxemalari rejaga kiritilgan holatda qat’iy belgilab olinadi. Ekilish sxemasiga muvofiq ravishda, bir xil tur va o‘lchamdagi manzarali daraxtlar, butalar va gul o‘simliklari tanlanadi. Eng asosiysi, ko‘kalamzor-lashtirishda o‘simliklar dunyosining navbatma-navbat gullar to'lqinini namoyon qilishi e’tiborga olinadi. Agar gullaming rangi biri ikkinchisini toTdirib yoki orttirib ko‘rsatsa, u inson tomonidan yaxshi qabul qilinadi (yashil-qizil, havorang-to‘q sariq). Qizil to‘q sariq va sariq ranglar - issiq, yorqin ranglar va uzoqdan yaxshi ko‘rinadi, yashil, havorang va binafsharang sovuq, xira va biroz masofada mavhum bo‘lib qoladi, atrofdagi fonda yutilib ketadi. Oq rang boshqa hamma ranglar bilan mos keladi. Kumushrang va kulrang o‘simliklar markazlashgan rang hisoblanadi. 0 ‘simliklarda ranglar majmuasi quyidagicha tartibda bo‘lishi mumkin:



  1. Kontrast, ya’ni qarama-qarshi ranglami joylashtirish. Qizil-yashil, havorang-to‘q sariq, sariq-binafsharang.




  1. Garmonik. Ranglar navbatma-navbat joylashtiriladi. Qizil-sariq, to‘q sariq-yashil, sariq-ko‘k, yashil-havorang.

  2. Disgarmonik. Ranglar yonidagi boshqa ranglar bilan joylashtiriladi: qizil-to‘q sariq-yashil-ko‘k-havorang-binaf-sharang.




  1. Nyuans. Bir xil rangning och rangidan to‘q rangigacha; och qizildan to‘q qizilgacha, havo rangdan to‘q ko‘k rang ko‘rinishigacha davom etadi.

Peyzaj uslubi ko‘kalamzorlashtirilayotgan hududning may­ doni bir-biridan farqli bo‘lgan uchastkalarga bo‘linishi bilan farqlanadi: bir xil simmetrik bo‘lmagan holdagi maydonlarga



36

bo‘linishi, daraxtlar, butalar va gullami erkin holatda, tartib bilan ekib borish, ko‘rkam ko‘rinishdagi suv havzalari barpo etish bajariladi. Peyzaj uslubida hududning elementlari nosim-metrik tarzda joylashtiriladi. Masalan, Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek, G‘afur G‘ulom istirohat bog‘lari va “Shahidlar xiyoboni”dagi suv havzalarini bunga misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin.




Yüklə 215,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin