Mustaqil 0 ‘zbekistonimizda bugungi kunda olib borilayot-gan izchil islohotlar xalqimizning hayot farovonligini ta’min-lashga xizmat qilmoqda


5.1-rasm. Gulzor va manzarali daraxtiaming uyg‘imlashgan



Yüklə 215,42 Kb.
səhifə17/95
tarix11.05.2023
ölçüsü215,42 Kb.
#111776
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   95
Bog\'-park qurulishi va loyihalashtirish asoslari

39



5.1-rasm. Gulzor va manzarali daraxtiaming uyg‘imlashgan


holdagi kompozitsiyasi.

Rang bo‘yicha ma’lum kompozitsiyani yaratishda quyidagi ranglar majmuasi qo‘llanadi:





  1. kontrastli: dumaloq shakldagi gulzorda bir-biriga qarama - qarshi joylashgan, ya’ni qizil yashil bilan; to‘q sariq havorang bilan, sariq binafsha rang bilan;




  1. garmonik: dumaloq gulzorda bittadan keyin joylashgan, ya’ni qizil sariq bilan; to‘q sariq yashil bilan; sariq havorang bilan; yashil binafsharang bilan, havorang qizil bilan va shu ranglaming majmuasi jigarrang bilan;

  1. disgarmoniyali: aylana shaklidagi gulzorda yonma - yon joylashgan, ya’ni qizil to‘q sariq bilan; to‘q sariq sariq bilan; sariq yashil, havorang bilan; havorang binafsharang bilan, bu joylashuv chiroyli emas va ulami alohida holda qo‘llash tavsiya etilmaydi, balki markazlashgan ranglar bilan birga qo‘llaniladi:




    1. nyuansli: bir rangning har xil ko‘rinishda bo‘lishi: atirgul, ochqizildan to‘q qizilgacha; havorang: och havorangdan to‘q havoranggacha.



40

Klumbalar: shakli deyarli bir xil o‘lchamda, turli perpen-dikulyar yo‘nalishda, geometrik tugallangan kontur shaklida boMadi. Boshqacha qilib aytganda, gulzor - bu jimjimador gulli jo‘yak, barcha yo‘nalishlarda deyarli bir xil o‘lchamga ega. Klumbalar atrofidagi maysazor yoki yo‘lakchalardan yuqoriroq qilib hosil qilinadi va manzarali o‘simliklar ekiladi. Klumbalar, odatda, maysazor fonida joylashtiriladi, ochiq maydonlarda esa ulaming chetlari chim - ajriq bilan hoshiyalanadi. Maysazordagi gulzorlar bir vaqtning o‘zida gulzor qismi yoki uning markazi bo‘lishi yoki parterda markaziy holatni egallashi mumkin. Klumbalar shakli bo‘yicha yumaloq, kvadrat, to‘g‘riburchak, cho‘zinchoq, yulduzsimon va boshqacha ko'rinishlarda bo‘ladi.


Gulzorlar o‘lchamining kattaligi turlichadir: 0,75 sm dan 7 m gacha, hatto, diametri 20 m bo‘lishi ham mumkin, lekin 4 m dan 6 m gacha bo‘lgan o‘lchamdagilari eng ko‘p tarqalgan. Klumbalar yuzasida uning markaziy qismi biroz balandroq , 5 - 10° ga qiya qilinadi, ya’ni yuza radiusining har bir uzunasiga o‘lchangan metrida 5-15 va undan ko‘proqqa ko‘tariladi. Markaziy qismi balandroq gulzorlarda gullar juda yaxshi ko‘rinadi va suvning turib qolishi bo‘lmaydi. Juda baland yoki yer yuza qismiga «yopishtirilgan» gulzorlar noqulay bo‘ladi, chunki sug‘orish va yomg‘ir suvlaridan tuproq yuvilib ketishi mumkin, bunday gulzorlar tezda qurib qoladi. Klumbalaming eng katta balandligi 50 - 80 sm, asosiy ko‘rinishi maysazor-lardan 8 - 10 sm baland bo‘ladi va chetlari ajriq yoki 25 - 50 sm kenglikdagi maysazor ekinlarining aralash urug‘ini sepish bilan hoshiyalanadi. Markazga nisbatan unchalik do‘ng bo‘lmagan gulzorlaming markaziy qismiga balandroq, chetlariga esa past bo‘yli o‘simliklar ekiladi. Aks holda, gulzorlaming markaziy qismini ko'rish mumkin bo‘lmay qoladi.


0 ‘simliklaming qaysi guruhga mansubligiga ko‘ra, klumba­ lar quyidagi turlarga bo‘linadi:





  1. Gilamli, ya’ni past bo‘yli, gullovchi yoki manzarali tu xil o‘simliklar ekilgan klumbalar. 0 ‘simliklami bir xil



41

balandlikda saqlash, ulaming ko‘rinish shaklini ta’minlash uchun ulami o‘z vaqtida kesib turish kerak.



Yüklə 215,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin