Mustaqil 0 ‘zbekistonimizda bugungi kunda olib borilayot-gan izchil islohotlar xalqimizning hayot farovonligini ta’min-lashga xizmat qilmoqda


-rasm. Maysazor fonidagi klumbalar



Yüklə 215,42 Kb.
səhifə25/95
tarix11.05.2023
ölçüsü215,42 Kb.
#111776
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   95
Bog\'-park qurulishi va loyihalashtirish asoslari

6.12-rasm. Maysazor fonidagi klumbalar.



64

Klumbalar oddiy va murakkabga bo‘linadi. Oddiy klumba-lurga bir ko‘rinishdagi gulli o‘simliklar ekiladi: astra (qo‘qongul), shoyigul, kartoshkagul, tininariya, maritima va boshqalar; murakkabga esa ikki-uch ko'rinish yoki navdagi o‘simliklar. Agar klumba keng bo‘lsa, klumbaning bir tomoniga eng ko‘p ko‘rinadigan, qarama-qarshi tomoniga bir qadar mayda, old planga esa juda kichkina o‘simliklami o‘tqazish tavsiya etiladi.


Guidon o‘simliklardan ham kompozitsiya yaratiladi. Ular uchun rang-barang, yirik bo‘lakli gulli o‘simliklar qo£llaniladi. Yirik guldonlarga dekorativ-bargli, ko‘p yillik, kichkinagina butalar, kichikrog‘iga gullar kiritiladi. Guldonlar turli-tuman arxitektura-landshaftli kompozitsiyalami o‘z ichiga oladi.


Bordyur (hoshiyalar) - kengligi 10-30 sm lik, bir yoki ikki qatorli, past gulli o‘simliklar aniq ko‘rinishli yoki navdan tashkil topgan ensiz yo‘l. Bordyurlar bilan klumbaning chetini yoki rabatkani, ya’ni ulaming tashqi ko‘rinishini ajratish uchun bezatiladi. Hozirgi kunda bordyurlami toshdan, g‘ishtdan, betondan qilish afzal ko‘rilmoqda.


Arabeska - geometrik shakllardan tarkib topgan, parter va klumbalarda foydalaniladigan bir nomli gullar yoki ulaming tarkibiy qismi.



65



6.13-rasm. Arabeskali ko‘rinish dizayni.

Modulli bog‘ - geometrik to‘g‘ri konfiguratsiya elementla-ridan tashkil topgan gullar kompozitsiyasi. Uncha katta bo‘lma-gan modulli uchastkalar beton plitalardan yotqizilib, ora-sira joylangan bo‘lishi mumkin. Modulli uchastkalarda past o‘sadigan butalardan, dekorativ-bargli o‘tli o‘simliklardan, gullardan kompozitsiyalar yaratiladi. Ayrim hollarda gulli fon yaratish uchun mayda tosh, chig‘anoq, shag‘al va boshqalardan foydalaniladi. Yashil ko‘chatlar hajmli elementlar bilan qo‘shiladi: dekorativ panellar, suvga botgan daraxtlar, to‘nkalar va boshqalar. Plita yotqizilgan gulzorlar o‘rtasida, gruntlami belgilashda plitalar yuzasidan past bo‘lishi kerak.


Monosad - bir ko‘rinishdagi o‘simliklar bog‘i. Monosadga atirgullar, lolalar, kartoshkagul, po‘panaklar bog‘i va boshqalar kiradi. Maysazor fonidagi gulzorlarga, plitali va shag1alii yotqizmalar o‘rtasiga ham atirgullar ekiladi. Ulami maysazor-larga erkin guruhli yoki geometrik konfiguratsiyada joylashtirish mumkin. Atirgul ekiladigan yirik gulzorlar alohida uchastkali yo‘lkalar va dam olish maydonchalarini o‘z ichiga olishi mumkin. Ulaming bezatilishida. haykalchalar, faworalar,



66

dekorativ yoritgichlar, gulli hoshiyalar, alpinariylar, rokariylar, gulli yalangliklar, o‘tzorlar kiritiladi.
Landshaftli gulli kompozitsiyalar tabiat muhitiga o‘xshatish uchun yaratiladi. Gulli guruhlar miksborderlar, gullovchi maysazorlar, yakka ekinlar, gulli hoshiyalar, tasvirlash tartibidagi erkin rangtasvimi tavsiflaydi. Ular butalar, daraxtlar, suvli qurilmalar, geoplastika elementlari bilan qo‘shilib yaratilishi mumkin. Hozirgi kunda miksborderlar, gullar va toshlardan tuzilgan kompozitsiyalar juda keng tarqalgan.


Yüklə 215,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin