6.9-rasm. Parterli gulzorlar.
Aralash tipdagi parterlarda gazonlarga 40-60%, gulzorlarga 15-20% gina e’tibor qaratiladi. Gazonli parter haykaltaroshlik bilan, guldonlar, ko‘kalamzoming shaklga kiritilgani bilan boyitilishi mumkin. Uning kompozitsiyasiga to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri shaklli havzalami ham kiritish mumkin.
Gulli turkumlash - to‘g‘ri aylanali, kvadratli, to‘g‘ri to‘rtburchakli, yana noto‘g‘ri geometrik shakllami hosil qiladi-gan bir navli dekorativ o‘simliklardan tarkib topgan kompo zitsiya.
62
6.10-rasm. Bog‘-parklardagi gulzorlar dizayni.
Rabatka - yo‘llar bo‘yidagi bulvarlarda va ko‘chalarda gullardan parter usulida hosil qilingan ensiz jo‘yakli gulzor. Uzunligi bo‘yicha qisqa (2-5 m) va o‘rta (7-9 m) rabatkalarga bo‘linadi. Uning kengligi o‘simlikdan foydalanishga bog‘liq va o‘zgaruvchanligi 0,5 m dim 2,0 m gacha.
6.11-rasm. Rabatkali gulzorlar.
63
Profili bo‘yicha rabatkalar bir tomonli va ikki tomonli bo‘ladi. Ular bir yillik va ikki yillikdan, parklarda ko‘p yillikdan yaratiladi. Rabatkalar hamisha bir xil va statik uslubda barpo qilinadi.
Katta ko‘lamlikka aniqlangan interval orqali past o‘sadigan butalar kiritiladi. Ulami chegaralab yotqizilgan jo‘yakli yo‘lning kengligi 0,5m dan kam bo‘lmagan gazon bilan ajratiladi. Yo‘lga yaqin rabatkalar uchun gullaming anchagina nozik bo‘lgan nav-laridan foydalaniladi. Sezilarli masofada ko‘rinishi mo‘ljal-langan rabatkalar uchun ko‘p yillik, juda ko‘p gullaydigan, zich qilib joylashtirilgan gullar ekiladi.
Klumba (gulzor) - qat’iy geometrik shakllarga, yirik bo‘linishdagi oddiy tasvirga ega bo‘lgan ammo sezilarli kam maydonli gulzordir. Ular bir yillik va ikki yillik gulli o‘simliklardan yaratiladi. Keyingi vaqtlarda ko‘proq ko‘p yilliklardan foydalanilmoqda. Past o‘sadigan, ixcham, zich to'yingan fakturali, ko‘zga tashlanadigan qilib bo‘yalgan o‘simliklar qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |