6.14-rasm. Miksbordeming maysazor fonidagi dizayni.
Miksborder - rang-barang va o‘zgacha ko‘rinishdagi, gullardan ajralmagan holdagi gulli bezatish. Uning tuzilishidagi asosiy tamoyil - turli-tuman o‘stirishda (madaniyatda) ko‘p marotaba (erta bahordan to kech kuzgacha) gullaydigan, ya’ni bir yillik, ikki yillik va ko‘p yillik o‘simliklaming turlari, navlarini aniq tanlash. Ko‘pincha, miksborderlarda 10-25 nomdagi o‘simliklardan foydalaniladi. Ayrim hollarda miksborder mayda tosh va shag‘al bilan qoplangan toshli yo‘lkalar yoki uchastkalar bilan to‘xtatiladi. Kompozitsiyali miksborder tekislikda va zinapoya ko'rinishida yechilishi mumkin. Gullar va toshlardan tuzilgan landshaftli
67
kompozitsiyaga quyidagilar tegishli: minirokariy, minialpinariy, klumbalar (noto‘g‘ri erkin shakllar), toshli devorlar, rokariy, alpinariy, morenalar, Alp o‘tloqlari, alp va toshli bog‘lar.
Minirokariy - (kichik hajmli) - dekorativ konteynerlarga yoki maxsus yaratilgan sig‘imga joylashtirish mumkin bo‘lgan, modul guldonlar tipi. Bunday toshli kompozitsiyaning origi-nalligi shundan iboratki, ya’ni u to‘liqligicha katta rokariyning asl qiyofasini, o‘lchamini, mos ravishda, foydalanilayotgan o‘simliklar assortimentini qaytaradi - bular pakana navlar va sekin o‘suvchi tuproq qatlamiga oid turlar. Bunday landshaft kompozitsiyasining majburiy elementlari - turli toshlar, ularga ekilgan o‘simliklar.
Minialpinariy kompozitsiyasida faqat baland tog‘li florali o'simliklardan foydalaniladi.
Klumba - toshlar guruhi bilan uncha katta bo‘lmagan 0‘sim-liklar guruhi yoki yakka nusxalar bilan almashinadigan, land-shaftli kompozitsiya. U murakkab landshaft bog‘i yoki alohida landshaft qismining elementi bo‘lishi mumkin.
Toshli bog‘ - asosida tosh ustunlik qiluvchi, maxsus land-shaftli fazoviylikda tashkil etilgan. Bu bog‘laming estetikasi sun’iylikni va simmetriklikni rad qiladi.
Shartlilik bilan tegishlicha stilistik toshli bog‘lami:
- landshaftli, qaysidir tog‘li yoki boshqa tabiiy paydo bo‘l-gan va unga o‘simliklar turkimiga mos keluvchilik ko‘rinishini modellash;
badiiy (fantaziyali, manzarali), asliday qilib o‘ylab topilgan yoki tog‘li joylar obrazi ideallashtirilgan;
kolleksiyalangan, faqat o‘sim1iklami o‘stirish uchun qurilgan aniq muhitda, juda katta mahoratni talab qiladigan, murakkab variantlarga bo‘lish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |