Mustaqil 0 ‘zbekistonimizda bugungi kunda olib borilayot-gan izchil islohotlar xalqimizning hayot farovonligini ta’min-lashga xizmat qilmoqda


-rasm.- Yaproq bargli daraxtlar, butasimon o‘simliklar va gulzorlardan iborat nafis kompozitsiyalar



Yüklə 215,42 Kb.
səhifə29/95
tarix11.05.2023
ölçüsü215,42 Kb.
#111776
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   95
Bog\'-park qurulishi va loyihalashtirish asoslari

6.20-rasm.- Yaproq bargli daraxtlar, butasimon o‘simliklar va gulzorlardan iborat nafis kompozitsiyalar.



73

Bog‘-parklarda ekish ishlari navbatma-navbat olib boriladi: ko‘chatxonadan ko‘chatlami talabga muvofiq kovlab tayyorlash, ulami taxlash, ekish uchun rejalashtirilgan manzilga yetkazish va hokazo. So‘ng ekish uchun rejalashtirilgan maydonlami tayyorlash, ularda tekislash, tozalash ishlarini o‘tkazish, ekish chuqurchalarini tayyorlash, ekish joyidagi tuproqni tayyorlash va go‘ng, mineral o‘g‘itlar tayyorlab qo‘yishdan iboratdir.

Tashib keltirilgan ko‘chatlami ekishdan oldin ekish may-doni yaxshilab bo‘lib chiqiladi, ya’ni qayerga va necha metrdan ko‘chat ekilishi haqida, ya’ni ko‘chatlami ekish sxemalari ko‘r-satib boriladi. Suv havzalari atrofida doimo mikroiqlim namoyon bo'lishida atrofga soya hosil qiluvchi, shoxlari bir xil-da osilib turuvchi manzarali yashil o‘simliklar joylashtiriladi. Suv havzalari atrofida o‘simlik turlarini joylashtirilib bo‘lgandan so‘ng ular atrofida har xil ko‘rinishdagi dam olish joylari va besedkalar o‘matiladi. Bu joylarda xalqimiz vakillari ishdan bo‘sh vaqtlarida bemalol dam oladi, kitoblar mutolaa qiladi va hokazo.



6.21-rasm. Suv havzalari atrofida manzarali o‘simlik


ko‘chatlarini joylashtirish.



74

Suv havzalari atrofida majnuntollar, oq akas, manzarali butasi-monlar, oddiy siren, archa, kashtan va boshqa turlar joylashtiriladi.


Bog‘-parklarda ko‘chatlami ekishni boshlashdan oldin yer osti kommunikatsion tizimlarini o‘tkazib olish zarur. Chunki ko‘chatni ekib bo‘lgandan so‘ng bu ishlami bajarish juda qiyin. Ushbu ishlar maxsus tuzilgan Bosh reja asosida amalga oshiriladi. So‘ng maxsus dalolatnoma asosida ekish ishlarini boshlashga ruxsat olinadi. Ekish chuqurchalari ko‘chat ekishdan 7-10 kun oldin tayyorlab qo‘yilishi kerak, bu vaqtda chuqur ichida kislorod almashish jarayoni kechadi. Ко‘chat ekish chuqurligi 60x60x60 sm yoki 70x70x70 sm da tayyorlanadi. Ekilgan ko‘chatning ildizi yer betiga yaqin bo‘lishi kerak. Agar ко‘chat ildizi ochiq bo‘Isa, uni tezda ekish kerak. Ildiz qismida yaralangan, singan bo‘laklar bo‘lsa, tezda o‘tkir qaychi bilan kesib olib tashlanadi. Yirik o‘lchamdagi manzarali daraxtlar bog‘-parklarda maxsus usulda ildiz komi bilan ko‘chirib ekiladi va ular tezda o‘z ko‘rkini namoyish qiladi. Tezda barg yozadi, gullaydi va sersoya bo‘ladi.


Yüklə 215,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin