Scientific Journal Impact Factor



Yüklə 27,36 Kb.
səhifə1/2
tarix13.02.2023
ölçüsü27,36 Kb.
#84126
  1   2
malumotlar kursishi


Xitoy adabiyotida drama janri rivojida birinchi Xitoy pesasi aktyorlar tomonidan kichkinagina, lekin juda ham erkin formadagi, ya'ni «siven» (teatr matni) (yoki «nansiven» (- «janubiy siven» (janubiy teatr matni) deb nomlangan janrlar yaratilgan. Bu janrlarning ayrim xususiyatlari xozirgi xitoy
Scientific Journal Impact Factor
janubiy teatri va dramalarida saqlanib qolgan, ya'ni qo'shiq kuylash (ariya), prozaik dialog va pantomimolaming (raqs) biгga kelishi yaqqol ko'rinib tuгadi.
XIII-XIV asrlarda Yuan sulolasi xukumronligi davгida dramaning «siven» janri yangi «szatszyuy» (^Ш)5 janriga aylantiгildi. Bu dastavval Shimoliy Xitoyda paydo bo'lib, tez orada «siven»ni ikkinchi o'гinga tushiгib qo'ydi va nafaqat shimolda, balki janubda ham rivojlana boshladi.
Xitoy xalqining ham ma'naviy olami vaqt o'tgan sari o'zgarib bordi. X-XIII asrlarga kelib san'at asaгini tushunishga qodir tomoshabinlaг soni ko'payib boгdi va bunga, albatta, dгamatuгgiya va teatr san'ati sabab bo'ldi. San'atning aralash tuгi, ya'ni dгama, musiqa, voizlik san'ati, ommaviy sig'inish maгosimlaгi, xalq tomoshalari kabilaг гivojlandi. Impeгatoг saroyidagi oliy tabaqalaг uchun mo'ljallangan sahna tomoshalariga ham zaгuгat paydo bo'ldi. Xitoy dramaturgiyasining гivoji ham ayni shu davrga to'g'гi keldi.
Xitoy dramatik jam-larining paydo bo'lishi masalasida adabiyotshunos olimlaг o'z tadqiqotlaгida xitoy dramaturgiyasi jamгlaгining yuzaga kelishida qadimiy hind madaniyatining Xitoyda keng yoyilishi sabab bo'ldi, degan fikrlarni ilgari suгdilaг. Ushbu masalada XX asr boshlaгiga kelib yozuvchi Chjen Chjendo va Syuy Dishanlaг tomonidan Ыг qatoг izlanishlaг olib boгilgan.
Ilk bor adabiyotshunos, yozuvchi Syuy Dishan 1925 yilda Kembгidjda
tahsil olib yurgan kezlaгida o'zining "Hind dramasining uslubi va uning Xitoy dramasiga oid tafsilotlari" nomli maqolasida ayni shu masalani ko'tarib chiqqan, edi. Adibning ilmiy tadqiqotlaгi Ыг qator muammolarni qamrab olgan, jumladan, qiyosiy adabiyotshunoslik, Hindiston va Xitoy madaniy aloqalari tarixi va xorij madaniyatining Xitoy adabiyotiga ta'siri kabilar. Syuy Dishan Xitoy dramaturgiyasining paydo bo'lishi Sharqiy Turkiston xududlariga baddizmning Maxayana maktabi ta'limotlaгining kiгib kelishi bilan bog'liq, deb hisoblaydi. U yana shuni ta'kidlaydiki, meloddan avvalgi ikkinchi asrda sanskrit dгamasi Maxayana buddizmi bilan bir vaqtda shakllangan bo'lib, ayni shu davrda Xan sulolasida ham Maxayana maktabi ta'limoti kengg tarqalgan. (er. avv. 206.—er. 220y.) .
1911 yilda nemis olimi Genrix Lyuders 6 ning arxeologik ishlari orqali Sharqiy Turkiston xududlarida sanskrit dramasining qo'lyozma nus'halari topiladi. Bularning hammasi Germaniyaning Berlin shahridagi nashriyotda nashr etiladi. Bular orasida Asvagxoshaning "Shariputraprakaran" dramasi, Kalpanamanditikaning
5. "Szatszyuy" (ЗЩ) janrida biror bir syujet xikoya kilinadi. Xikoya ariya va rakslar bilan bir aktyor tomonidan ijro etilgan.
6 Genrix Lyuders(1869-1943)-Sharqshunos-xindshunos. Sharq adabiyoti bo'yicha muxbirlar a'zosi (Xindshunoslik)
Scientific Journal Impact Factor
"Kumaralata" dramalari va uchta nomi nomalum matnlar topilgan. Bu dramalar Guptalar davrida hind braxmanlari tomonidan yozilgan manbalar hisoblanadi.
"Shariputraprakaran" Xitoy xududlarida topilgan eng qadimgi asarlardan biri xisoblanadi. Drama matni buddizm asoschisi Gautama Shakyamuni Shariputra va Maudgalayan xayotiga bag'ishlangan. Shu tariqa Xitoyga kirib kelgan birinchi dramatik asar buddizm adabiyoti motivlari asosida yozilgan edi va bu o'sha davrdayoq xitoy tiliga tarjima kilingan.
Keyingi topilma sanskrit dramasining Xitoyda keng yoyilishiga ta'sir etgan asar nataka janrida yozilgan "Maytrisimiti" matni xisoblanadi. Matn toxar tilida yozilgan. Keyinchalik ilk bor uyg'ur tiliga va xitoy tillariga tarjima qilingan. Drama matni yozilishi eramizning V-VI asrlariga to'g'ri keladi deb tahmin qilinadi. Topilgan matn 293 betdan iborat bo'lib, ma'lumotlarga ko'ra markaziy Osiyo va Xitoyda buddizmning yanada keng yoyilishiga ta'sir ko'rsatgan, deyiladi.
Drama syujeti kuydagicha: 120 yoshli braxman Senboboli tushida osmon ruxini ko'radi, rux Senboboliga buddizm asoschisi Gautam Shakyamuni xokini olish uchun borishi kerakligini aytadi. Senboboli juda keksayib qolganligi tufayli borolmasligini tushunib braxman Maytrey va uning 16 ta shogirdini taklif etadi. Braxman Maytreyga ruhiy ozodlikka erishish uchun Budda tanasining o'ttiz ikki sifatini tan olish kerakligini aytadi. Shu tariqa Maytrey juda ko'p joylarda bo'ladi, faqatgina buddizm asoschisi Gautam Shakyamunini uchratganidagina Budda ruhiyatining o'ttiz ikki sifatini ko'radi va buddizm yo'lini tanlaydi.7 Xitoyda aynan mana shu pesa syujeti asosida yozilgan szyuyben janridagi ilk pesa topilgan.
Shu tariqa eramizning I-VII asrlarda "Buyuk ipak yo'li" orqali Maxayana buddizmi keng yoyilishiga va xitoy xalqining hind dramaturgiyasi an'analari bilan tanishish imkonini berdi. Lekin, VIII asrda arablarning "Buyuk Ipak yo'li" ni bosib olishi tufayli Xitoyning Hindiston bilan aloqalari deyarli yo'qolgan.8
Sin sulolasi davriga kelib Xitoyda ilk chjugundyao i szatszyuy nomli dramatik janrlar rivojlandi va bu xitoy xalqiga hind dramaturgiyasi bilan yana qayta tanishish imkoniyatini yaratdi. Bu esa hind madaniyati hamda hind buddaviylik dramaturgiyasining xitoyda keng yoyilishiga Sharqiy Turkistonda dramaning rivojlanib borishi bilan izoxlab beriladi. Bunga xitoylik tadqiqotchi Lyao Ben
7. Bu matning ilk tarixini Gen Shimin I^ËK o'rganib chiqadi va o'zining "Maytrisamiti dramasi qadimgi uyg'ur tilida" nomli maqolasida keltirib o'tadi. , xamda bu dramaning xitoy va
uyg'ur adabiyotiningda dramaning paydo bo'lishi va rivojidagi o'rni xaqida aytib o'tadi.
8 751yilda Arab armiyasi tomonidan Sharqiy Turkiston hududida Tang imperiyasi qo'shinlari (618-907) mag'lubiyatga uchraydi, shuning uchun Hindiston bilan bir qator madaniy aloqalar yo'qoladi
122
"Sanskrit dramasidan sutszyan dramasiga"9 nomli maqolasida buddizm ta'sirida Xitoyda paydo bo'lgan ilk dramani kuydagicha sxema orqali izoxlaydi: Sanskrit-toxar tili-uyg'ur tili-xitoy tili. Ushbu maqola ham, bizga, xitoy dramasi rivojliga sanskrit dramaturgiyasining ta'siri o'zgacha bo'lganligini ko'rsatadi.
Yana bir adabiyotshunos olim Jen Jendo o'z izlanishlarida aynan sanskrit dramaturgiyasi va teatrining Xitoy dramasiga ta'siri xususida to'xtalib o'tgan. Uning ta'kidlashicha, sanskrit tilidagi "Shakuntala" dramasining qo'lyozma nus'hasi Tyantay tog'ida joylashgan ibodatxonadan topilganligi, shuningdek, chuansi10 nomi bilan hind teatri xarakatlarini o'zida mujassam etgan boshqa qo'lyozmalar topilganligini ham aytib o'tadi. Bularning barchasi qadimgi Hindistonning sanskrit tilida rivojlangan dramaturgiyasi Xitoy dramaturgiyasi rivojiga haqiqatan ham katta ta'sir ko'rsatganini isbotlaydi.
Xitoy dramasining ushbu janri juda murakkab bo'lib, o'zigi xos xususiyatlarga ega: «szatszyuy» janrida yozilgan asarlar 4 aktdan iborat bo'lib, undagi ariyalar asosiy personajlar tomonidan kuylanadi, qolganlar esa (prozaik) nasriy dialoglarda ishtirok etadilar, xar bir akt bir-biriga o'tuvchi qofiyaga ega bo'lib, musiqasi ham murakkab bo'lgan. Ariyalarni kuylashda mumtoz she'riyat namunalaridan foydalanilgan. «Szatszyuy»da xar bir aktdagi ariyalar ma'lum bir tartibda terilgan va yagona ohangga birlashib umumiy holda 12-14 aktni tashkil etgan. Dramaning mana shu o'ziga xos xususiyati muallifdan katta mahorat talab qilgan, shu sababli bu janrdagi asarlar faqatgina malakali mualliflar tomonidangina yaratilgan.
«Szatszyuy» janrida ijod qilgan mualliflarning asarlari jamiyatning yuqori tabaqalariga bag'ishlangan va u til jihatdan ham murakkab bo'lib, oddiy xalq uchun buni tushunish qiyinchilik tug'dirgan. Bu davrda yozilgan nafaqat dramatik asarlar, balki nasriy, nazmiy asarlarning barchasi "venyan" tilida yozilgan edi.
Yuan 11 sulolasi davriga kelib Xitoy dramaturgiyasi va teatrining rivojlanshiga sabab aynan davr muhiti bo'lgan. Mo'g'ullar tomonidan Xitoyning bosib olinishi tufayli teatr targ'ibot manbai bo'lib qoldi. Yuan xukumatida Xitoy xalqi tazyiq ostida bo'lganligi sababli san'at sohasi vakillari birlashib "yozuvchilar uyushmasi"ga ( ^
9 www.synologia.ru
10 Chuansi (so'zma so'z. - ajoyib voqea) - 14 - 17-asrlarda keng tarqalgan drama janri. U 12 - 14-asrlar janubiy dramasi (Yuan dramasi) ta'siri asosida paydo bo'lgan. Boshqa xitoy mumtoz xitoy dramalari qatori chuansining dramalari. dialoglar, ariyalar va deklamatsiyalarni o'z ichiga oladi. Bu janr quydagicha tavsiflanadi: ko'p aktli (40 -100 akt), janubiy kuylardan foydalanish, (ayrim chuansilar shimoliy kuylarni o'z ichiga oladi).
11 XII asrda xitoy xududida 4 ta podshoxlik mavjud bo'lib, yagona xitoyga birlashmagan edi. XIII asr boshlarida xitoy mo'g'ullar bosqichi xav solgan edi. 1210 yilda Szin (1234 y.), keyin Sun (1276 y), podsholigi bosib oldi, 1280 yilga kelib xitoy mo'g'ullar xukumronligiga o'tadi. Mo'g'ullar xitoy Yuan sulolasi xukumronligini o'rnatadi.
123
^)12 (teatr so'zi nega tashqarida yoki olib tashlang) birlashadilar va dramaturgiyani targ'ibot uchun eng maqbul janr deb hisoblaydilar, natijada bu davrda juda ko'p dramatik asarlar yaratiladi, shu bilan bir qatorda "Kitob jamiyati" tomonidan xalq uchun juda ko'p kitoblar nashr etiladi. Bugungi kunda XIII-XIV asrlarda turli janrlarda yaratilgan 750ga yaqin xitoy adabiyotining sara namunalari yetib kelgan va ular orasida «To'rt buyuk yuan dramaturgi» (« ^ Й ») nomini olgan
dramaturglarning kam sonli bo'lsada dramatik asarlari yetib kelgan.13
«Szatszyuy» janrida ijod qilgan mualliflardan biri dramaturg Guan Xan Chin (^tX№P)14 xaqida ma'lumotlar kam. Biroq zamonaviy tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, bu dramaturg asarlarining g'oyaviy mazmuni deyarli bir-biriga yaqin bo'lib, ularda o'sha davr xukumron sinfning kirdikorlari va xitoy xalqining zolimlarga qarshi kurashi yoritib berilgan. Dramaturg xalq orasidan olingan e'tiborga loyiq bir qator obrazlar va xarakterlar yaratgan. Masalan: kuchli, irodali Dou E; lashkarboshi Gaun Yuy va Chjan Fey obrazi; qaxramon ayol Min Lyan, Van Chjao-sun obrazlari shular jumlasidandir. Adibning bizgacha yetib kelgan asarlarini xitoyning an'anaviy turkumlashiga ko'ra uch sinfga ajratish mumkin: fuqaroliq, lirik va tarixiy qahramonlik. Adibning "Xanchjou ponaramasi" nomli ilk dramasining negizida mo'g'ullar tomonidan Sun sulolasini zabt etilganligi bayon etilgan. Dramaturgning faoliyati xalq tomonidan "Nok bog'i rahbari" va "Dramaturgiya otasi" kabi ta'riflar bilan olqishlangan.
XIII-XIV asrlarda aynan oqsuyaklar repertuari ham yaratiladi. Undan ko'pincha shaharning quyi tabaqalaridan chiqqan qahramonlarga bag'ishlangan maishiy komediyalar o'rin olgan. Chunonchi, Guan Xan Sinning «Chjao Paner sevgi o'yinini o'ynab baxtsiz nikohdan qutqarib qolganligi xaqida» gi pesada asosiy qaxramonlar - qo'shiqchi ayollardir. Bu asarda jiddiy masalalar aks ettirilgan bo'lib, ularda komediya bilan fojea bilan aralash ifodalangan. Bu yerda hech qanday haq-xuquqqa ega bo'lmagan getera va boy savdogar o'rtasidagi konflikt (nizo) yetakchi o'ringa olib chiqilgan. Biroq komediyaning asosiy g'oyasi «ayollar makri» emas, balki asarga lirik nafasni olib kirgan sevgidir. Asardagi ayollarning xar biri o'z
12 Jukoves, V. V. Belorussko-kitayskiy kulturniy dialog (Il): istoriya, sovremennoye sostoyaniye, perspektivi: sbornik nauchnix statey.Minsk. 2016
13 Bo Pu («Chinorlarda yomg'ir» - «fé&S»), Guan Xan-Chin («Dou E qasosi»- «Щ8»), Ma Chji-yuan («Xan saroiyda kuz» - «ШВ») i Chjen Guan-szu ( « Syan-nyuy qalbidan yiroqda» - «{ЩЦ»)
14Гуань Хан Син ( , Guan Hànqing; 1210—1280) —XIII аср хитой драматургиясининг цзацзюй жанрнинг
асосчиларидан бири. Гуан Хан Чин хитой адабий манбааларда маълум булишича 50 ортик шеърлари, 70 га якин драма асарлар яратганлардан 18 таси бизгача етиб келган. Уларнинг куп кисми ижтимоий муаммолар акс этган. "Доу Э касоси", "Сунаётган капалак туши", "Дарё буйидаги шийпонча" шулар жумласидан.
Scientific Journal Impact Factor
kasbini tashlashni va ularni o'z uyiga (xotin) umr yo'ldosh sifatida olib kiradigan qahramon bilan uchrashishni orzu qiladilar. Lekin, ishqiy sarguzashtlarda ularning xarakteridagi tafovut oydinlashib boradi. Guan Xan Chin o'z qahramonlarining tashqi ko'rinishini tasvirlashdan ularning ichki dunyosini tahlil etishga o'tganligini ta'kidlaydi. «Kuyi tabaqa» vakili bo'lgan inson obrazini yaratish normativlari bo'lmagan paytda muallif uni o'zi qanday tasavvur etsa, shunday qilib yaratishi mumkin va buning oqibatida to'qima qaxramon paydo bo'lgan.
Bu davr dramaturgiyasining rivoji xaqida so'z ketar ekan, albatta, taniqli dramaturglar Ma Chjiyuan 15, Van Shifu 16, Bai Pu 17 lar katta yutuqlarga erishganlar. Ma Chji Yuanning eng mashhur pesasi "Xan saroyida kuz" deb nomlanib, Yuan davri dramaturgiyasining ishqiy-tarixiy mavzuda yaratilgan mashxur asarlaridan biri xisoblanadi. "Qutirgan Chjen" va "Yuan minorasi" pesalarida dramaturg daosizm qarashlarini ifodalashga xarakat qilgan va mifologik syujetlardan foydalangan.
Dramaturg Vang Shifuning eng mashxur asari - "G'arbiy fligel"» (B^iS), Tan davrining mashxur shoirlaridan biri Yuan Chjening (799—831)ning "Ing-Ing xaqidagi qissa" novellasining syujetidan foydalanilgan. Vang Shifuning "G'arbiy fligel" dramasi xuddi shu syujetli boshqa turli asarlarga asos bo'lgan. Uning bu dramasida (20 pardali) mo'g'ullar davridagi isyonchilik kayfiyati aks etgan va unda buddistlar ustidan kinoya ham yangraydi. Qaxramonlarning, ayniqsa, In Inning xarakteri murakkablashtiriladi. Bu asarda XIII - XIV asrlar dramaturgiyasining eng muxim qirralaridan biri - qaxramonning ichki dunyosi, uning xis-tuyg'ulariga alohida urg'u berilgan. Insonning shaxsiy xayotiga diqqat e'tiborni qaratish imkonini beruvchi asarlar boshqa dramaturglarda ham mavjud. Bu asarlarda konflikt ijobiy qaxramonlar g'alaba qozonishi yoki kurashayotgan tomonlarni yarashtirish bilan o'z yechimini topadi. Dramaturg Bay Puning «Kuz tunida Syuanszun chinordagi yomg'ir qayg'uga soladi» nomli drama fojeasi tarixiy syujet - imperator Syuanszunning juda yaxshi xukmron bo'lgani va to'satdan uning taxtdan qulashi
15 Ma Chjiyuan ( ^i^|(taxminan 1250 —1324 yillar) — mashxur yuan dramaturg, shoirlaridan biri (szatszyuy janrda pesalar va syuy janri she'rlar muallifi). Pekinda tavallud topgan. «Yuanchjen kitob jamiyatining» a'zolaridan biri edi. asosan "szatszyuy" janrida 13 ta pesa yaratgan bo'lib, undan bizgacha 7 tasi yetib kelgan, shoir sifatida tabiat manzaralari xamda ishqiy lirik she'rlar yozgan. Bizgacha shoirning 120 ta chu (SJjanrida yozgan she'rlari yetib kelgan.
16 Vang Shifu (3§i§-Xitoy dramaturgi, XIII - XIV asrlarda yashab ijod qilgan. Dadu shaxri (xozirgi Pekin shaxridan)dan bo'lib, xaqiqiy ismi - De Xin bo'lib, Shifu taxallusi bilan ijod qilgan. U 14 pesasidan 3 tasi to'liq saqlanib qolgan, 2 tasi esa qismlarga bo'lingan xolda yetib kelgan.
17 Bai Pu( Ött)-taxallusi Taisu bo'lib, 1226 yilda hozirgi Shansi provinsiyasida tug'ilgan. U yoshlik davrlaridanoq Sin sulolasining (1115-1234) tanazzulga uchraganini guvohi bo'ladi.Ijod namunalaridan: "Samoviy nay" nomli "si" janridagi she'riy to'plami mavjud, "Chu" (ft) janrida ham 37 ta she'r yozib qoldirgan, 20 ga yaqin she'rlari rus tiliga tarjima qilingan, szatszyuy janrida 16 ta pesa yaratgan, ulardan faqat 3 tasi yetib kelgan: "Chinorlar yomg'iri", "Sharqiy devor tarixi", "To'siq yonidagi arg'umchoq" (komediya janrida)
asosiga qurilgan bo'lib, bu syujet qator shoirlarni xam diqqatini o'ziga jalb etgan. Voqealarni Tan davrining taniqli shoirlaridan biri Du Fu fosh etish, qoralash nuqtai nazaridan tasvirlagan. (jumladan, «Go'zallar», «Xarbiy arava» poemala). Shoir Bo Szyuyi ham boshqa adiblar kabi fosh etish, ayblash mavzulariga murojaat etgan («Ko'li singan chol» she'ri), lekin «Boqiy qayg'u xaqida qo'shiq» asarida u diqqat e'tiborini lirikaga jamlaydi. Tiklanish davrining shoiri sifatida Bo Szyuyi poema da bir muammo - hissiy sevgi muammosini o'rtaga tashlaydi. Sevgi nafaqat zaif ayolni, balki Syuanszunning qalbini ham zabt etib, o'ziga uni bo'ysundirganini ochib berarkan, Bo Szyuyi xukmron shaxsda ham insoniylik xislati borligini ko'rsatib beradi. XIII - XIV asrlarda syujet shakllanib bo'lgan bo'lib, u turli tomondan yoritib berilgan. Biroq bu motivlarni dramatik planda talqin etar ekan, dramaturg Bay Pu shoir Bo Szyuyi bosib o'tgan yo'ldan bormadi. Bay Pu Syuanszunni monarx sifatida obro'sini ketkizib, uni inson sifatida ulug'laydi va An Lushanning qo'pol kuchi va makri ustidan Syuanszunning oliyjanob xis-tuyg'ulari g'alaba qozonadi. Sevgi hissi bilan boyitilgan ichki dunyoni tasvirlashda dramaturg Tiklanish davri an'analarini rivojlantira borgan. Burch va his-tuyg'u o'rtasidagi ichki konfliktni aks ettirishda Bay Pu o'z davrining unchalik ko'p bo'lmagan novatorlaridan biri bo'lib chiqdi. Shunday qilib, XIII - XIV asrlar oralig'ida Xitoyda dramaturgiya o'zining barcha asosiy janrlari: komediya, fojia va dramaga ega bo'ldi.
XV asrga kelib «szatszyuy» janri sekin-asta o'z xususiyatini yo'qota bordi va uning o'rnini «chuansi» ( janri egalladi. «Chuansi» janrining shakli avval
aytib o'tilgan «siven» shaklining davomi edi, lekin «chuansi» o'zining ayrim jihatlari bilan farq qiladi. Min 19 davridagi mualliflar bu janrga ko'proq marojaat etganlar.
XVII-XVIII asrlar xitoy adabiyotini o'rgangan rus tadqiqotchilari V.M.Alekseyev 20, O.L.Fishman 21, N.T.Fedorenko 22 va boshqalarni asosan nasr,
18 «Chuansi» fëfp esalarida voqea va xodisalar ko'payib, ular kengroq yoritila boshlangan. «Chuansi» deyarli «szatszyuy»ga nisbatan erkinroq tarzda edi.
19 1368 yilda Yuan sulolasi barxam topganidan keyin mamlakatda xalq qo'zg'aloni oqibatidan Min sulolasi xukumronligini o'rnatadi, 16 ta imperatorlar tomonidan 276 yil xukumronligi davom etadi. 1644 yilda manbjurlar tomonidan sulola xukumronligiga barxam beriladi.
20Alekseyev V.M.-(1881-1951)-xitoyshunos, filolog, xitoy mumtoz asarlari tarjimoni. Kitayskaya iyeroglificheskaya pismennost i yee latinizatsiya. — L.:1932; V starom Kitaye. Dnevniki puteshestviy.1907 g. M. 1958;Kitayskaya literatura. Nauka, 1978; Nauka o Vostoke: stati i dokumenti. M.,1982; Trudi po kitayskoy literature. Kn. 1-2. M., 2002, Shedevri kitayskoy klassicheskoy prozi v perevodax akademika V. M. Alekseyeva: V 2 kn. M., 2006.kabi kitoblar muallifi
21 Fishman.O.L (1919—1986) — xitoyshunos, tarjimon, adabiyotshunos . Perevod, poslesloviye i primechaniya v kn.: Tanskiye novelli. M.: 1955; Li Bo. Jizn i tvorchestvo. M.: 1958; Kitayskiy satiricheskiy roman. (Epoxa Prosvesheniya). M.: Nauka, 1966; Tri kitayskix novellista XVII—XVIII vv.: Pu Sunlin, Szi Yun i Yuan Mey. M., 1980; Kitay v Yevrope: mif i realnost (XIII—XVIII vv.). SPb., 2003.kabi adabiyotlar muallifi
22 Fedorenko N.T. (1912- 2000) — professor, sharqshunos, davlat arbobi; Velikiy kitayskiy pisatel Lu Sin. M., Znaniye. 1953; Ocherki sovremennoy kitayskoy literaturi. M., Goslitizdat. 1953; Mao Dun. M., Znaniye. 1956; Kitayskaya
126
Scientific Journal Impact Factor
chunonchi: Pu Sunlinning mashxur novellalari, birinchi xitoy ma'rifiy romani sifatida tan olingan U Szin-szining «Konfutsiychilarning norasmiy tarixi» deb nomlangan satirik asari ko'proq qiziqtirgan. Ushbu davr dramasi to'g'risidagi masala ko'tarilgan rus tilidagi kam sonli tadqiqotlar orasida B.L.Riftinning «Xitoy dramasi nazariyasi(XII asr - XVII asr boshlari)» nomli maqolasini qayd etish mumkin. Vaxolanki, XVII asr dramaturgiyasining iste'dodli vakillari soni anchagina bo'lib, ularning asarlari teran mazmuni, syujetlarining rang-barangligi bilan ajralib turadi va shak-shubxasiz badiiy qiymatga ega bo'lgan asarlardir.
Manchjuriyaga qarshi kurash va vatanparvarlik XVI asrda xayotning turli jabxalaridagi feodal jabr-zulmiga qarshi munosabat sifatida yuzaga kelgan va XVII asrning ikkinchi yarmiga kelib o'z cho'kqisiga ko'tarilgan ma'rifatchilik xarakatining ajralmas qirrasiga aylandi. Manchjuriyalik ilk podsholar xitoy ziyolilariga nisbatan ikki yoqlama siyosat olib bordilar. Sin sulolasi vakillariga xayrixoh bo'lmagan, feodal jamiyat negizlari va uning mafkurasini tanqid qilgan odamlardan shafkatsiz o'ch olgan xolda, ular ayni vaktda yozuvchilar, olim larni o'z tomoniga og'dirishga, ularning faoliyatini o'ziga ma'qul tomonga yo'naltirishga xarakat qildilar. Xun Shen 23 ayni shu og'ir, ziddiyatlarga to'la davrda yashab ijod kildi, dramaturg sifatida shakllanishiga mashxur adabiyotchi Lu Fan-chao, shoir va olim Mao Syan-shular qo'lida ta'lim olganligida edi. Xun Shen, nafaqat drama janrida ijod qilgan, balki, she'riyatda «si» janrida she'rlar yozgan va zamondoshlari uning she'riyatini yuksak baholaganlar. Dramaturgning eng mashxur asarlaridan biri "Abadiy baxt qasri" asarining syujeti tan imperatori Min-xuan (VIII asr)ning kanizagi Yan guyfeyga bo'lgan muhabbati tarixi bayon etiladi. Bu syujet Tan davri shoiri Bo Juyining "Abadiy qayg'u" poemasida hamda yuan davri dramaturgi Bay Puning "Chinorlarda yomg'ir" dramasida qo'llanilgan. Bu asarlardagi bosh obraz Yan Guyfey xarakteri biroz yengiltabiat sifatida tasvirlangan bo'lib, mamlakatga baxtsizlikning kirib kelishida ayblanadi. Xun Shenning "Abadiy baxt qasri" dramasida ularning asarlaridagi ba'zi motivlarni qo'llagan bo'lsada, bosh ayol obrazi umuman olganda oliyjanob ayol, his tuyg'ularga boy sifatida tasvirlangan. Dramaturg Bay Puning "Chinorlarda
literatura. Ocherki po istorii kitayskoy literaturi. M., Goslitizdat. 1956; «Shitszin» i yego mesto v kitayskoy literature. M., IVL. 1958; Guan Xan-sin — velikiy dramaturg Kitaya. M., Znaniye. 1958; Yaponskiye zapisi. M., Sov.pisatel. 1966; Problemi issledovaniya kitayskoy literaturi. M., 1974; Drevniye pamyatniki kitayskoy literaturi. M., Nauka. 1978; Kavabata Yasunari: Ocherk. M., Sov.pisatel. 1978; Kitayskoye literaturnoye naslediye i sovremennost. M., 1981; Syuy Yuan. Istoki i problemi tvorchestva. M., Nauka. 1986; Izbrannie proizvedeniya. V 2 t. M., 1987;Fedorenko N. T., Sokolskaya L. I. Aforistika. M., Nauka. 1990. kabi kitoblar muallifi
23 Xun Shen (1645 - 1704)Chjetszyanning janubi-sharqidagi dengiz bo'yida joylashgan viloyatda manchjurlar bosqini davrida dunyoga kelgan. Bir necha she'riy to'plamlari va 10 yaqin pesalar muallifi.
yomg'ir" dramasi fojeali yakun topgan bo'lsa, Xun Shen "Abadiy baxt qasri" dramasini qadimgi afsonaga murojaat etgan xolda asami ijobiy yakunlaydi.
XVII asrning ikkinchi yarmida xitoy dramaturgiyasida muayyan jonlanish yuz bergan. O'sha davrda tarqalgan "Chuansi" janrida ko'p sonli asarlar yaratgan dramaturglar, shu jumladan xavaskor ijodkorlar paydo bo'lgan. Ko'pgina pesalarda chet ellik bosqinchilar asosan niqob ostida qoralangan, (masalan, xitoy xalqining Jurjenlarga qarshi qurashi tavsiflangan); milliy manfaatlarni toptab, istilochilar tomonga o'tgan xoinlar qoralangan; o'sha davrda xukm surgan konfutsiychilik axloqiga karshi norozilik ohanglari yangragan; his-tuyg'ular, sevgi erkinligi kuylangan; ayollarning aqli va fidoyiligiga tahsinlar aytilgan. Ayrim asarlarda o'sha davrdagi xayotning salbiy tomonlari, chunonchi, amaldorlarning poraxo'rligi, davlat imtixonlarida mansab mavqeini suiste'mol qilish xollari, xalqning og'ir xayoti to'g'ridan-to'g'ri yoki niqob ostida tasvirlangan. Dramaturglar ko'pincha o'z burchiga sodiq bo'lgan oddiy odamlarni sharaflaganlar. Ma'rifatparvarlik ruxi bilan sug'orilgan xaqiqiy, voqelikni fosh qiluvchi asarlar bilan bir qatorda, konfutsiychilikning qotib qolgan aqidalarini targ'ib qiluvchi dramalar ham yaratilgan.

Yüklə 27,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin