Международный
научный
журнал
№
5 (100),
часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
декабрь
, 2022
г
724
KLASSIK IQTISODIY MAKTABNING RIVOJLANISHI
Begaliyeva Mardona
QarMII ”Menejment” yo’nalishi 1-kurs talabasi
Xushoqov Xurshid
Ilmiy rahbar QarMII Menejment” yo’nalishi tyutori
Annotatsiya:
Ushbu maqola klassik iqtisodiy maktabning rivojlanish tarixi haqida
yozildi. Maqolada klassik iqtisodiy davrda yashab ijod qilgan turli xil shaxslar va ularning
fikrlari haqida aytib o’tiladi
.
Kalit so’zlar:
Adam Smit, ko’rinmas qo’l, Xalqlar boyligining tabiati va sabablari
to’grisida tadqiqot, David Rikardo, qiymat nazariyasi, Tomas Maltus, Nufus qonuni
toʻgʻrisida tajribalar, Jan Bates Sey, sotish nazariyasi, merkantilizm.
Merkantilizmning yemirilishi va klassik siyosiy iqtisod maktabining paydo bo’lishi
(Angliyada) XVII asrga to’g’ri keladi. XVI asrning o’rtalarida boshlangan manufaktura davri
XVII asrga kelib sanoatning ayrim tarmoqlarining rivojlanishiga olib keldi. Bu davrga kelib
iqtisodiy ta’limotlarni rivojlantirish uchun, ya’ni iqtisodiyotni obyektiv tahlil qilish uchun
qulay sharoit yaratildi. Mana shu sharoitda yashab ijod qilgan U.Petti, A.Smit, D.Rikardo,
F.Kene va klassik siyosiy iqtisod maktabining boshqa vakillari iqtisodiyotni ilmiy nuqtayi
nazardan tadqiq qildilar.
Klassik iqtisodiy maktabning rivojlanishida Adam Smit va uning ”Xalqlar
boyligining
tabiati va sabablari to’grisida tadqiqot” asari muhim o’rin tutadi. Xalqlar boyligi
asoslarining birinchi jumlalaridanoq Smit Xalqlar boyligining tabiati konsepsiyasini
tushuntirib o’tgan. Bu ishi bilan u o’z qarashlarini merkantalistlar va fiziokratlarnikidan
farqlanishini isbotlab berdi. Xalqlar boyligi asarining ko’p qismlarida
Smit boylik savdoda
yaratiladi, degan fikrlari uchun merkantalistlarga qarshi bo’lgan. Uning fikricha, boylik
qimmatbaho metallar miqdori bilan emas, balki tovar va xizmatlardan
olinadigan yillik
foydadir. U shuningdek, eksport va import o’rtasidagi bog’liqlikni ham tushuntirib beradi.
A.Smit Xalqlar boyligi aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromad bilan ham o’lchanadi, deb
ta‘kidlaydi. Hozirda masalan, Angliya Xitoydan boyroq, deyilganda ularning aholi jon
boshiga to’g’ri keladigan daromad qiyoslanadi, umumiy ishlab chiqarilayotgan mahsulot va
daromad emas. Bu qarash hozirda ham o’z kuchini yo’qotmagan.
Adam Smit (1723–1790) mehnat taqsimotini ko’p
misollar bilan, tarixdan o’rganib,
zavodda har bir ishchi faoliyatini kuzatib, foydasini o’rganib chiqqan. Agar har bir ishchi
donalab mahsulot ishlab chiqarsa, unda ishlab chiqarish
jarayoni juda sekin ketadi, agar
ishlab shiqarish jarayoni bir qancha operatsiyalarga bo’lib tashlansa, har bir ishchi shu
operatsiyalardan biriga ixtisoslashsa, har bir ishga nisbatan mahsulot hajmi katta miqdorda
oshadi.