часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
декабрь
, 2022
г
726
uchun daromad, foiz, renta va ish haqi nazariyalari yaratildi. D.Rikardo qiymat nazariyasiga
alohida e’tibor bergan holda, undagi noaniqlarni tugatishga harakat qiladi. Bu muammoni
ko’rib chiqishda u Smitning nazariyalarini o’rganib chiqadi. Mahsulotning narxi unga
bo’lgan talab va taklifga bog’liq deb takidlagan Smitning fikrini Rikardo inkor etgan holda
qiymat nazariyasi faqat mahsulotga sarlangan mehnat bilan aniqlanishi kerak deb
ta’kidlaydi, chunki uning fikricha qiymat birlamchi, shuning uchun uni daromad bilan
aniqlab bo’lmaydi. Bu fikr orqali Rikardo qiymatning mehnat nazariyasi tarafdori ekanligini
ko’rsatadi. Umuman Rikardoning qiymatning mehnat nazariyasi ushbu davrning yana bir
buyuk va klassik iqtisodiy maktab tarixida o’chmas iz qoldirgan do’sti Maltus tomonidan ilk
bor tanqid qilinadi. U birinchidan, savol qo’yadi: agar qiymatning mehnat nazariyasini
to’g’ri, deb faraz qilsak, unda mehnatga haq to’lash qanday bo’ladi: qiymat bo’yichami yoki
qiymatdan past baho bo’yichami? Agar baho qiymatdan past bo’lsa, unda ekvivalentli
ayirboshlash tamoyili buziladi (foydaliligi har xil, lekin bir xil qiymatga ega bo’lgan tovarlar
ayirboshlanadi) – bu klassik iqtisodiy nazariyaning va D.Rikardoning asosiy tamoyili.
Ikkinchidan, T.Maltus qiymatning mehnat nazariyasi real amaliyot bilan mos tushmasligini
ko’rsatib beradi: agar qiymatning yagona manbayi haqiqatdan ham mehnat bo’lsa, unda
mehnat ko’p sarflanadigan tarmoqlardagi tadbirkorlar kapital ko’p sarflanadigan
tarmoqlardagi tadbirkorlarga nisbatan ko’proq foyda olishlari kerak. Amaliyotda esa barcha
tarmoqlarda foyda me‘yori deyarli bir xil. Demak, D.Rikardo nazariyasi xato, tovar qiymati
faqat mehnat bilan emas, balki boshqa ishlab chiqarish omillari sarflari bilan ham
aniqlanadi, deb xulosa qiladi. D.Rikardo ham o’limidan sal avval, o’zining qiymat faqat
mehnat sarflari bilan o’lchanadi, deb tushuntirishga qilgan harakati noto’g’ri ekanligini tan
olgan. D.Rikardoning bu fikri ushbu davrning ko’plab shaxslari tomonidan qo’llab-
quvvatlanishiga qaramay bu fikr oxir-oqibatda xato bo’lib chiqadi, lekin D.Rikardo
tomonidan yaratilgan Renta nazariyasi nafaqat o’z davrida balki hozirgi davrda ham
foydalanilyapti. D.Rikardoning renta to’g’risidagi konsepsiyasi bugungi kunda ham o’z
faolligi bilan ajralib turadi. Yerdan foydalanganlik uchun hamisha renta to’lanadi, bunda
uning manbayi, D.Rikardoning tasdiqlashicha, yerga sarflangan mehnat hisoblanadi.
Yana bir buyuk iqtisodchilardan biri bu yuqorida aytib o’tganimizdek, Tomas
Maltus(1766-1834). Maltus pul nazariyasiga va "ortiqcha ishlab chiqarish" nazariyasiga
katta hissa kushgan. "Nufus qonuni toʻgʻrisida tajribalar" asari (1798) unga katta
mashhurlik keltirdi. Maltus bu asarida koʻpgina iqtisodchilar orasida qabul qilingan aholi
soni va uning oʻsishi boylikdir, degan fikrga zid holda aholi oziq-ovqatning cheklangan
taklifiga duch kelguniga qadar oʻsaveradi, aholi geometrik, oziq-ovqat mahsulotlari taklifi
arifmetik progressiya boʻyicha oʻsadi, deb qaraydi. Aholi oʻsishini ijobiy (yaʼni oʻlimni
koʻpaytirish orqali) — urushlar, epidemiyalar va boshqa yoki salbiy (tugʻilishni cheklash
orqali) — ahloqiy cheklashlar, kech nikohga kirish va boshqa yoʻllar orqali nazorat qilish
mumkin. Maltus oʻz fikrlarini "tuproq unumdorligining pasayib borishi qonuni" bilan
asoslashga urinadi. Maltus ning ish haqi nazariyasi tirikchilik minimumga teng boʻlgan do-
imiy ish haqini nazarda tutadi. Lekin rivojlangan mamlakatlarda aholi ham, ish haqi ham,