часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
декабрь
, 2022
г
725
A.Smit ”laissez faire, laissez passer”(yo’l bering o’tsinlar, yo’l bering bajarsinlar) shiori
ostida klassik iqtisodiy maktabga ”ko’rinmas qo’l” atamasini olib kirishi ushbu davr uchun
kichik bo’lsada foydali kashfiyot bo’ldi. Bozor iqtisodiyoti bir markazdan turib
boshqarilmaydi. Shunday bo’lsada, u muayyan tartib va qoidaga amal qiladi. Xo’jalik
faoliyatining har bir ishtirokchisi o’z maqsadini ko’zlagan holda ish yuritadi. Biroq bunday
sharoitda alohida kishilarning manfaatlari qanday uyg’unlashadi, barcha jamiyat
manfaatlari qanday yuzaga chiqadi? Bu muammoni birinchi bo’lib ilmiy darajaga ko’targan
A.Smit bo’ldi. U shunday yozadi: ”Har bir kishi o’z kapitalini ko’proq qiymat keltiradigan
qilib ishlatishga harakat qiladi. Odatda, u jamiyat foydasiga ta‘sir ko’rsatishni nazarda
tutmaydi va unga ancha ta‘sir ko’rsatayotganini sezmaydi. U faqat o’z manfaatini nazarda
tutadi, faqat o’z foydasini ko’zlaydi. Shunday bo’lsada, bunday maqsad uning rejasiga
kirmagan bo’lsa ham, ushbu sharoitda ko’rinmas qo’l uni maqsad sari yo’naltiradi. O’z
manfaatlarini ko’zlagan holda jamiyat manfaatlariga ataylab unga xizmat qilgandan ko’ra
tez-tez xizmat qilib turadi”. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha
turli mehnat egalari o’rtasida raqobat kurashi amal qilib turadi. Bunda shaxsiy manfaat, o’z
foydasini ko’zlab ish yuritish bir vaqtning o’zida jamiyatga foyda keltiradi, umumiy boylikka
erishishni ta‘minlaydi. Demak, bozor iqtisodiyotida ko’rinmas qo’l amal qiladi. Klassik
iqtisodiy davr A.Smitning ushbu va yana ko’pgina nazariyalari orqali tom ma’noda rivojlana
boshladi. A.Smit o’z davridagi iqtisodiy bilim va konsepsiyalarini umumlashtirdi va
tizimlashtirdi. U xo’jalik hayotining asosiy sohalarini tavsiflab beruvchi bir butun nazariya
yaratdi.
Albatta Smit iqtisodiy klassik iqtisodiy maktabning rivojlanishiga ulkan hissa qo’shgan
va eng asosiy nazariyalar u tomonidan yaratilgan. Ammo uning fikrlari ham mukammal
emas edi(masalan narxlarning umumiy darajasi, nisbiy narxlarda chalkashliklarga yo’l
qo’ydi.), shuning uchun klassik iqtisodiy maktab boshqalarni nazariyalari asosida ham
rivojlandi.
Klassik iqtisodiy maktabning yana bir mashhur namoyondasi David Rikardo (1772–
1823)dir. Rikardo iqtisodiy ta‘limotlarda o’zining sof nazariyasi bilan iqtisodiyot
rivojlanishiga katta hissa qo’shgan. U sanoat davriga xos ilmlarni hajm va uslubda abstrakt
tahlil orqali ko’rib chiqdi. Rikardoning usuli yuzaki va sof nazariy bo’lsa ham, amaliy iqtisod,
siyosiy iqtisodiyot uning kuchli tomonlari bo’lgan. Jumladan, uning don masalasi bo’yicha
olib borgan tadqiqotlari uning Angliyadagi ijodi – bug’doy importi va undan olinadigan
daromadni taqsimlashga o’z ta'sirini ko’rsatmagan bo’lsada, keyinchalik bu nazariya unga
amaliy masalalarni aniq tahlil qilish uchun zamin bo’ldi. Tyurgo, Styuart, Smit, Sismondi va
boshqalarning asarlarida ijara, foyda, ish haqi va boshqa tabiiy ma‘lumotlar berilgan bo’lsa,
siyosiy iqtisod muammolari: daromad va uni taqsimlash qonunlari ilmiy tahlil qilinmagan
edi. Rikardo daromadlarni taqsimlash funksiyasiga to’liq kirishib, uni tizimda
makroiqtisodiyotning bir qismi sifatida tan oldi. Uningcha bu yerda uch sinf muammosi
yotadi, bular: kapitalistlarning foyda olishga qiziqishi, yer egalarining renta olishi,
ishchilarning ish haqi olishi. Kapitalistlarning aksiyadan oladigan daromadini tushintirish