Scientific Journal Impact Factor



Yüklə 27,36 Kb.
səhifə2/2
tarix13.02.2023
ölçüsü27,36 Kb.
#84126
1   2
malumotlar kursishi

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
Bu davrning ko'zga ko'ringan dramaturglaridan biri Li Yuy 24 — komediyanavis, prozaik lirik va nazariyotchi; teatr
truppasi rejissyori. O'zining serkirra faoliyati uning «Xordikdagi o'ylar» asarida o'z ifodasini topdi. ( Bu asarning eng muxim bo'limlari XX asrda alohida risolalarga ajratildi. Shulardan biri — «Ayol hakida» risolasida u o'zining yangi inson idealini yaratdi. Bu risolani yaratishda u o'z truppasida aktrisalarni tayyorlash borasidagi katta tajribasiga tayandi.
U amalga oshirgan islohotda Yevropa teatrlaridagi islohotlarga bilan tipologik yaqinlik kuzatiladi. Ularning o'xshashligi shunda ko'rinadiki, Didr o Deni, Lessing Gotxold Efraim kabi Li Yuy uchun ham teatr feodalizmga qarshi, demokratik g'oyalarni targ'ib qilish uchun minbar vazifasini bajaradi. Barcha ma'rifatchilar kabi, Li Yuy ham san'atning faol ijtimoiy rolini tan oladi, drama va komediyaning ma'rifiy ahamiyatini kayd etadi. Didro kabi Li Yuy yangi janr - komediyani ilgari suradi, adabiyotda to'qima syujet uchun, realizm uchun kurash olib boradi. Lessing kabi u dramalar, aktyorlar ijrosi taxliliga bag'ishlangan, nazariy umumlashmalarni o'z ichiga olgan tadqiqotini nashr ettiradi. Shu bilan birga improvizatsiya, andoza va qoliplardan voz kechishni ilgari suradi, chunki bu davrgacha yaratilgan barcha
24 Li Yuy XVII asr drama janri rivojida, dramaturgiya nazariyasi va saxna maxorati namoyandasi. "yangilik"
uchun kurashni eng ommaviy san'at—teatr vositalari bilan davom ettirdi.U o'z faoliyatiii Janubiy-Sharqdagi boy dengiz buyi shaharlari Xanchjou va Nankinda olib bordi.«Xantal doni kattaligidagi bog'»nashriyotining asoschisi.
Scientific Journal Impact Factor
dramatik asarlarda «ayni bir kahramonlar paydo bo'lishiga, ayni bir voqealar yuz berishiga» e'tibor kuchli bo'lgan. O'z ijodida Li Yuy dramaturglarni tarixiy qahramon bilan bog'liq voqealarni yuzaki namoyish etishdan voz kechib, insonlarning real xayotini tasvirlashga, ularning ichki dunyosiga e'tibor berishni talab qildi, u ilk bor ijodida «xarakter»ga, uning «o'ziga xosligi va jozibadorligi»ga e'tibor berdi, g'ayritabiiy syujetlarni rad etdi, teatrni yangilash, takomillashtirishga qaratilgan usullar va vositalarni targ'ib qildi. Komediyaga va satiraga mustaqqil va badiiy jihatdan to'laqonli janr sifatida qaradi. Umuman olganda, Li Yuy o'zi uzoq yillar mobaynida amalga oshirgan islohotida dramatik asarlarning teatrbopligiga erishishga, aktyorlik kasbini yuksak ijrochilik mahorati darajasiga ko'tarishga va teatr san'atining bu ikki jixatini muallifning yagona g'oyasiga muvofiq yaratilgan spektaklda birlashtirishga xarakat qildi. Dramaturgiyada bu davrga kelib yangi janrlarning paydo bo'lishi tufayli asarlarning ichki tuzilishlari biroz yengil shaklga keltirilgan bo'lsada, kuchli, teran mavzular ko'tarilgan. Albatta, o'rta asr uslubidagi syujetlar, g'oyalar, xarakterlar davom etgan, lekin sekin-asta o'zlashtirish uslublariga qarshi kurash boshlangan edi.
XVII asr Xitoy adabiyoti tarixida "kech o'rta asr" adabiyotidan "yangi davrga o'tish davri" deb yuritiladi. Biroq XVI asrning ikkinchi yarmida boshlangan adabiy jarayonlardagi o'zgarishlar Xitoyda XX asrning boshlarigacha davom etgan.
XULOSA.
Xulosa qilib aytganda, atrofdagi voqelikning keskin ziddiyatlari, uzoq va yaqin o'tmish voqealari, Daos va Budda afso nalari, xalq afsonalari shaharlardagi ko'plab teatr sahnalarida va qishloq ibodatxonalaridagi sahna joylarida jonli tasvirlarda o'z ifodasini topdi.
Tarixiy asarlar, badiiy qissa va ommabop hikoyalar to'plamlari, falsafiy masallar, taniqli shoirlarning she'rlari - bularning barchasi dramaturglarning ijodiy tasavvurlari uchun manba bo'lib xizmat qilgan, ko'pincha boshqa janrlarda yangi asarlar manbai bo'lib kelgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. I^ifÄc 1917-1997 o 4tB/2008o
2. 2015
3. Abdusamatov H. Drama nazariyasi. G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 2000 y.
Yüklə 27,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin