Mustaqil 0 ‘zbekistonimizda bugungi kunda olib borilayot-gan izchil islohotlar xalqimizning hayot farovonligini ta’min-lashga xizmat qilmoqda


-rasm. Ko‘kalamzorlashtirishda gilamli ko‘rmishdagi



Yüklə 215,42 Kb.
səhifə18/95
tarix11.05.2023
ölçüsü215,42 Kb.
#111776
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   95
Bog\'-park qurulishi va loyihalashtirish asoslari

5.2-rasm. Ko‘kalamzorlashtirishda gilamli ko‘rmishdagi


gulzorlar barpo etish uslubi.



  1. Gulli, asosan, yirikroq gullovchi hamda manzarali bargli o‘simliklar ham qo‘shib ekilgan klumbalar. Bunda bir yilliklar ham, ko‘p yilliklar ham, ochiq yerda qishlovchi va qishlamaydigan o‘simliklar ham qo‘llaniladi. Bir yilliklar alma-shuvchi (vegetatsiya davrida o‘simliklar almashtiriladi) va almashmaydiganlarga bo‘linadi. Almashuvchi klumbalarda ba­ horda, ko‘pincha, past bo‘yli (20 sm gacha) o‘simliklar ishla-tiladi. Klumbalarda bahorda viola, nezabudka, lola, saltolina, exevyeriya, tinyerariya maritima va irizeniyalar chiroyli ko‘rinadi.



42



5.3-rasm. Bir va ko‘p yillik gul turlaridan klumbali


gulzorlar barpo qilish.

Ko‘kalamzor hududlarda manzarali daraxtlami ekishdan oldin maydon ko‘rib chiqiladi, eski inshootlar fundamentlari, toshlar, ustunlar va boshqalar olib tashlanadi.


Ko‘kalamzorlashitirish hududida agrotexnik tayyorgarlik qilinganda mavjud bo‘lgan qimmatli daraxtlami saqlash (daraxt-lar, butalar, o‘t o‘simliklari), ulami parvarish qilish choralari ko‘riladi, ko‘kalamzorlashtirish ishi uchun tuproq tayyorlanadi. Bu tadbirlar tayyorgarlik ishlarining asosiy kompleksiga kiradi va boshqa muhandislik ishlari bilan birga bog‘lab olib boriladi. Daraxtlarga yaqin joyda (1,5 - 2 m) kommunikatsiya ishlari olib borilsa, daraxtlaming ildizlarini himoya qilish choralari o‘tkaziladi.


Tuproqning daraxtlar ildiz qismiga yaqin joyi kesib olinsa, daraxtlarga ziyon keltirish mumkin. Agar yuqorigi 10 - 15 sm qalinlikda tuproq qismi kesib borilsa, daraxtlaming ko‘p turi shu sharoitga moslashib qoladi. Agar tuproq chuqurroq kesilsa, daraxtning ildizlari ochilib ketib qurib qolish holatlari kuzatiladi.


Tabiiy tuproqqa daraxt ko‘chatlari ekish va tayyorlash uchun tuproq haydaladi, hamma uchastkaga o‘g‘it sepiladi.





43

Shuni e’tiborga olish kerakki, daraxtlaming ildizlari ekilgan joyning o‘zidan uzoqroqqacha o‘sib boradi. 0 ‘g‘itlami o‘simlik va tuproqqa solish me’yori shu tuproqning turi va о‘sib rivojlanish sharoitlariga bog‘liqdir.

Ildizlari ochiq ko‘chatlami ekish uchun chuqurchalar dumaloq yoki kvadrat shaklida qaziladi. Chuqurchalar ko‘mil-gandan so‘ng tub qismi 10 -12 sm chuqurlikkacha yumshatiladi. Ko‘chatlar yangi qazilgan chuqurlarga 5-7 kundan so‘ng ekiladi. Bu vaqt mobaynida chuqurlar ichida shamol aylanadi va kislorod bilan to‘yinadi. Chuqurlaming katta-kichikligi daraxt va butalar ildiz qismining o‘lchamiga bog‘liqdir.


Daraxt va butalami parvarishlashda asosiy tadbirlardan biri ulaming shox-shabbalariga manzarali shakl berishdir. Buning uchun ular qisman kesiladi va kesish ishida o‘simliklaming biologik va manzarali-estetik xususiyatlari e’tiborga olinadi. Shox-shabbalari to‘g‘ri kesilsa, umumiy o‘sish va rivojlanish yaxshilanadi. Shox-shabbalarga ma’lum shakl beriladi, quruq shoxlar, kasal va qalinlashgan novdalar kesiladi. Natijada manzarali daraxt va butalar nafis ko‘rinishga kelib qoladi.


Manzarali o‘simliklar umg‘idan va vegetativ usulda, ya’ni ona o‘simlikdan uning qismlari —bargi, kurtagi, ko‘chati, shoxi, ildizi, tuganagi va hokazolami ajratish yo‘li bilan ko‘paytiriladi. Ko'pgina bir yillik o‘simliklar urug‘idan ko‘paytirilganda shu navga tegishli xususiyatlami saqlab qoladi. Ko‘p yillik manzarali o‘simliklar, shu jumladan, piyozsimon o‘simliklami urug‘dan ko‘paytirish, qoida bo‘yicha, turli-tuman avlodlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bu o‘simliklar, ko‘pincha, vegetativ yo‘l bilan ko‘paytiriladi.


Shahar sharoitida tanlangan hududlar va ulardagi o‘simlik dunyosi turlicha bo‘lib, har biri qandaydir himoyalash va manzarali xususiyatlami bajaradi. Ba’zi yirik daraxtlar o'zidan pastroqda o‘suvchi o‘simlik turlariga soya solib, ozroq bo‘lsa-da, ulaming tanasi va barglarini issiq havo harorati va avtomobillar harakatidan chiqadigan zaharli gazlardan himoya-laydi. Demak, avtomobil yo‘llari atrofida o‘simlik dunyosidan har xil kompozitsiya uslublariga ega bo‘lgan yashil hududlar barpo etishimiz mumkin. Chunki barpo etilgan ushbu kompozitsion hududlar o'zining ko‘rinishi bo'yicha qandaydir





44

shaklni va barcha elementlari bilan landshaftni namoyon etishi kerak bo‘ladi Bular:





  • avtomobil yo‘li atrofidagi yaproq va nina bargli daraxtlar yo‘ Ining yuza qismi tomonidan shakliy ko‘rinishi;

  • yashil o‘simlik turlarining avtomobil yo‘liga tushadigan soya yo‘nalishi;




  • yaproq va nina bargli daraxt va butalaming yo‘l atrofida mikroiqlim namoyon etishini kuzatish;




  • avtomobil yoiining ikki tomonidagi daraxt va buta­ laming yo‘l yo‘nalishi bo‘yicha shamol haroratini tashkil etishi;

  • avtomobil yo‘li atrofida manzarali daraxtlami qatorga olib, shox-shabbalariga ishlov berib, uzoqdan to‘g‘ri to‘rtbur-chak shaklidagi kompozitsiyani barpo etish.

Yo‘llar atrofida, ayniqsa, yo‘llar o‘zaro kesishgan chorraha-larda doira, muntazam yoki klumba ko'rinishidagi maydon-chalar tashkil etib, ularda yashil o‘simliklar va gul o‘simlik-larining ko‘rkam kompozitsiyasini tashkil etish zarur. Manzarali daraxtlami guruh holida joylashtirib, ulami har xil: jonsiz bo‘lgan marmar toshi yoki yog‘ochdan yasalgan mozaikalar atrofida yoki biror-bir haykal, memorandumlar bilan uyg‘unlashgan nafis kompozitsiyalarda ko‘rsatish lozim.


Markaziy yo‘llarda ular atrofida bugun har xil turdagi reklama roliklari o‘matilmoqda, natijada manzarali o‘simliklami shunday joylashtirish kerakki, ular ushbu reklama elementlariga estetik ko‘rinish berib o‘zining yana bir kompozitsiyasini namoyon etsin.Yo‘llar atrofidagi yana bir hudud o‘zining boshqacha bir ko‘rinishi bilan yo‘lda harakatlanuvchilar nigohida o'zgacha kompozitsiya namoyon qiladi. Bular yo‘llar atrofidagi yashil terassalardir. Ular maysa bilan qoplangan, pastdan yuqoriga har xil turdagi butasimonlar: sharq biotasi, shakldosh tuya, oddiy siren, yukka, yapon behisi va boshqalar bilan o‘zgacha bir yashillik namoyon etadi. Yoki avtomobil yo‘llari atrofidagi naqshinkor temir to‘siqlar ham har xil jozibali ko‘rinishda barpo etiladi va o‘simlik turlari bilan uyg‘unlashgan holda joylashtiriladi. Bu ham o‘zining kompozitsion ko‘rinishi - fasadini ko‘rsatadi. Yoki chorrahalar yaqinida barchaning ko‘z o‘ngida o‘simlik turlaridan har xil manzarali hayvonlar, qushlar timsollarini yaratib, ular oldida har xil jonsiz lands haft





45

elementlarini o‘matib, maftunkor ko‘rinishlar yaratish ham kompozitsion ko‘rinish va hokazolardan iborat bo‘ladi.


Yo‘llar atrofida eng asosiy kompozitsion ko‘rinishlardan biri zamonaviy arxitektura landshafti asosida qurilgan ko‘rkam va hashamatli binolar, ko‘priklaming har xil turdagi yaproq hamda nina bargli daraxtlar, butalar bilan uyg‘unlashgan holdagi kompozitsiyasini, yashil o‘simliklarni qatorga, guruh holida yoki o‘rtada gilamli ko‘rinishdagi gulzorlar va klumbalar barpo etib yaratishdan kelib chiqadi.


Ikki yoqlama avtomobillar harakatlanadigan yo‘llar oralig‘i-dagi eni 4 m gacha bo‘lgan yaxlit hududda har xil turdagi butasi-monlar oraliq bordyurlar bo‘ylab ekib borilsa, ajoyib kompozitsiya kelib chiqadi. Bunda yapon behisi, sharq biotasi, shakldosh tuyasi, virgin archasi, shakl berilgan yapon saforasi, sadaqayrag‘och va boshqa butasimon turlar ekiladi. Ayniqsa, shahar sharoitida yirik yaproq bargli daraxtlar bilan doim yashil butasimonlar va har xil gul turlaridan klumbalar barpo etilsa, atrof-muhitga uyg‘unlashgan holda ko‘rkam kompozitsiya namoyon bo ‘ladi.



Yüklə 215,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin