Mustaqil 0 ‘zbekistonimizda bugungi kunda olib borilayot-gan izchil islohotlar xalqimizning hayot farovonligini ta’min-lashga xizmat qilmoqda


-rasm. Qadimiy ko‘kalamzorlashtirish uslublari



Yüklə 215,42 Kb.
səhifə3/95
tarix11.05.2023
ölçüsü215,42 Kb.
#111776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
Bog\'-park qurulishi va loyihalashtirish asoslari

1.1 -rasm. Qadimiy ko‘kalamzorlashtirish uslublari.

Choyxonalar, odatda, sersoya daraxtlar ostida, jildirab oqib turgan zilol suvli ariqlar va hovuzlar atrofida bolgan. 0 ‘sha vaqtdan boshlab ro‘yi zamin sayqali bo‘lgan Samarqandga tashrif buyurgan sayyohlar uning minora gumbazlarining arxitektura landshaftiga va o‘simliklar dunyosiga lol qolgan. Bunday tarixiy bog‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlar tarixchilar tomonidan tarixiy kitoblarda qayd etilgan.


Hozir ham shaharlarimizda xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurgan sayyohlar e’tiboriga tushadigan istirohat bog‘lari, xiyobonlar, sayilgohlar, aholi yashash dahalari, sport inshootlari qad rostlagan va ular xalqimizning, yoshlarimizning ishdan bo‘sh vaqtlarida dam olishlari, har-xil madaniy tadbirlar, konsertlar o‘tkazish uchun tayyorlab qo‘yilgan. Ular yildan yilga yangi turdagi o‘simliklar bilan boyitib boriladi.



6

Ko‘kalamzor hududlarning ahamiyati

Barcha shahar va qishloqlar, aholi yashash hududlari, sanoat korxonalari, o‘quv maskanlari va shifoxonalaming yanada ko‘rkam bo‘lishi ular atrofida barpo etilgan yashil o‘simlik dunyosi bilan bog‘liq. Shuning uchun ham mustaqil 0 £zbekistonning bugungi hayotida ko‘kalamzor hududlar barpo etish eng dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qoldi. Bunday ulkan ishlar, nafaqat Toshkent shahrida, balki yurtimizning barcha shahar va qishloqlarida amalga oshirilmoqda. Ko‘kalamzorlash-tirishda mahalliy sharoitga mos keladigan, mamlakatimizning janubiy hududlarida, hatto, subtropik o‘simliklardan ham keng foydalanilmoqda.




1.2-rasm. «Shahidlar xiyoboni»da ko‘kalamzorlashtirishning zamonaviy uslublari.

Bugungi kunda iqlimga mos keladigan manzarali yaproq bargli daraxt va buta turlarini tanlab borish taqozo etilmoqda. Chunki tanlangan manzarali, yaproq bargli daraxt va butalar o‘zining ko‘rinishi, shakli, ajoyib gullari va estetik nafisligi bilan tashrif buyuruvchilarga zavq bag‘ishlashi kerak. Hayotni





7

o‘simliklarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ular tirik mavjudot uchun va atrof-muhitning sanitar-gigiyenik holatini yaxshilashda juda katta ekologik ahamiyatga egadir. O‘simlik olami shamol harakati kuchini, shovqinini pasaytiradi, issiqlik rejimini boshqarib turadi,havo tarkibini har xil zaharli gaz oqimlaridan tozalaydi, eng asosiysi, tirik mavjudot uchun kislorod zaxirasini yetkazib beradi. Bunday ijobiy omillaming barchasi juda katta ahamiyatga egadir.

Ko‘kalamzor hududlar shahar aholisi va aholi yashash hu-dudlarida dam olish uchun eng yaxshi muhit hisoblanadi. Shahar arxitektura landshaftida ham yashil o‘simlik dunyosining o‘mi beqiyosdir. Shahar sharoitida mikroiqlimning shakllanishida, havo harorati, yog‘in miqdori, havo va tuproqning namligi, shamol rejimi, atmosfera bosimining me’yorida boMishida yashil o‘simlik dunyosining o‘z o‘mi bor.




Yüklə 215,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin