Mustaqil 0 ‘zbekistonimizda bugungi kunda olib borilayot-gan izchil islohotlar xalqimizning hayot farovonligini ta’min-lashga xizmat qilmoqda



Yüklə 215,42 Kb.
səhifə6/95
tarix11.05.2023
ölçüsü215,42 Kb.
#111776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
Bog\'-park qurulishi va loyihalashtirish asoslari

Nazorat savollari



    1. Mamlakatimizda bog‘-parklar qurilishi qachondan bosh-langan?

  1. Samarqand shahridagi tarixiy bog‘lar to‘g‘risida ma’lumot.

  2. Bog‘ elementlari va gulzorlar.




  1. Ko‘kalamzor hududlarning ahamiyati.




  1. Toshkent shahridagi zamonaviy bog‘lar haqida ma’lumot.


12



IKKINCHI BO‘LIM



  1. bob. Ko‘kalamzorlashtirish ishlari haqida tushuncha. Yer maydonlarini tayyorlash

Ko‘kalamzor hududlar barpo etish juda murakkab ish jarayoni bo‘lib, joylarda muhandislik ilmi sirlaridan foydala-nishni taqozo etadi. Bunda yashil hududlar barpo etishda yer maydonlarini to‘g‘ri tanlash, unda o‘simlik dunyosini to‘g‘ri joylashtirishda uchastkalarga to‘g‘ri ajratish, yer maydonlarini hosildor tuproqlarga aylantirish, eng asosiysi, manzarali yaproq va nina bargli daraxt, buta va gul turlarini to‘g‘ri tanlashdan iboratdir. Bunday navbatma-navbat ish turlarini bajarishda, eng asosiysi, ko‘kalamzor uchun ajratilgan yer maydonlarida muhandislik ish turlarini to‘g‘ri bajarishdir. Bu esa, o‘z navbatida, yer maydonlarini har xil chiqindilardan, qurilish ishlari olib borilayotgan maydonlardagi chiqindilardan tozalash, temir-tersak, tosh bo‘laklari qoldiqlaridan ozod qilish, uchastka-lardagi tuproq tarkibini hosildor tuproqlar bilan boyitishdan iboratdir. Shuningdek, yer uchastkalarini ekish ishlariga tayyorlashda tobiga keltirish, yer maydonlarida muhandislik ish qurollari: bussol, teodolit va nivelirlar yordamida burchaklami aniqlash, yer sathini bir tekislikka olish va o‘lchamlarini chiqarishdan iborat bo‘ladi. Ish oxirida yana bir bor ko‘kalam-zorlashtirilayotgan uchastkalar ko‘zdan o‘tkazilib, kasallanib o‘sishdan to'xtagan, shox-shabbalari singan va zararkunandalar bilan zararlangan, o‘zidan yomon hid tarqatuvchi daraxtlar olib tashlanadi. Shundan so‘ng ko‘kalamzor hududlar maxsus uchastkalarga ajratiladi. Bular to‘liq yaproq va nina bargli daraxt turlarini joylashtirish bo‘limi, butasimon o‘simliklami ekishga tayyorlash bo‘limlari, maysazor va gulzorli bo‘limlarga ajratiladi. Ushbu yer maydonlarini ekishga tayyorlashdan oldin yer osti va usti kommunikatsion tizimlari quriladi, suv gidrant-lari, ochiq va yopiq drenaj tizimi, yoritish tizimlari, ko‘priklar,


yer osti o'tish yo'llari va yer ustki kommunikatsion tizimlari to'liq quriladi. Bu ishlami bajarishda mutaxassislar ishga oid har xil loyihalari bilan qatnashadi.

Ko‘kalamzorlashtirilgan hududlar geometrik shaklda, muhandislik bilimlarining tartib-qoidalari va usullariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Yuqorida bayon etilgan yer may-donlarining ko‘rkam chiqishi, asosan, vertikal rejalashtirishga bog'liq holda bajariladi. Bu ishni bajarish vaqtida tashrif buyuruvchilar va dam oluvchilar, xizmatchilar va rahbariyat uchun ajratilgan inshootlaming joylashishi ham e’tiborga olinadi. Yer maydonlarini tayyorlashda ko‘kalamzor hudud uchun, iloji boricha, maydonning tuproq qismida unchalik katta o‘zgartirishni amalga oshirmasdan mavjud tuproq qatlamidan foydalanib boriladi, yengil usulda yer yuza qismi nafis ko‘rinishda tayyorlanadi. Chunki bu uchastkaga sarf etilayotgan kuch boshqa og‘ir bo‘limlarga sarflansa, pul-mablag‘ (smeta) materiallari tejab qolinadi. Ko‘kalamzorlashtirish ishlarini bajarishda vertikal rejalashtirish ishlarini o‘tkazishdan oldin maxsus Bosh reja tuzib olinadi. Ushbu reja asosida mukammal rejalashtirish ishlari olib boriladi. Bunda arxitektura fasad topshiriqlari va uning qarori; geodezik va gidrologik materiallar; yer osti kommunikatsion tizimlari, manzarali arxitektura landshaftiga ega bo‘lgan binolar va inshootlar; muhandislik qurilish ishlari tizimi va yer maydonlariga kelajakda joylashtiriladigan asosiy manzarali daraxt va buta turlari, ulami joylashtirish sxemasi, naqshinkor ko‘priklar, zinapoyalar, favvoralar va boshqa muhandislik inshootlari ko‘rsatiladi.


Yer maydonlarini tayyorlashda zamonaviy texnika va texno-logiya vositalaridan: buldozerlar, greyderlar, ekskovatorlar, terrasyorlar, ko‘chat ekish texnika vositalari va ko‘kalamzor-lashtirishda qo‘lllaniladigan texnika vositalaridan foydalaniladi. Shundan so‘ng maydonlarda drenaj tizimi quriladi, buning uchun yengil - mo‘rt qurilish mahsulotlari: har xil o‘lchamdagi trubalar, graviy, shag‘al va yirik donador qum bo‘laklaridan foydalaniladi.


Tuproqqa bo‘lgan talab va drenaj tizimiga alohida-alohida qaralmasligi kerak. Tanlangan yoki mavjud tuproq turi drenaj tizimiga mos kelishi kerak. Drenajning quyi-dagi turlari mavjud: 1) ochiq drenaj; 2) yopiq drenaj; 3) aralash, ya’ni ochiq va yopiq: qo‘shilgan holatdagi drenaj tizimi. Umuman olganda, ko‘kalamzor hududlar uchun drenaj tizimi juda katta ahamiyatga ega. U tuproq tarkibining xoloz bo‘lishini ta’minlaydi. Drenaj o‘matish uchun yer maydonlarida 1,5-2 m chuqurlikda maxsus ariqlar kovlanadi. Ariqning eni 0,5m ariqlar orasidagi masofa 1,5-2 m. Tayyor bo‘lgan ariqlar ostiga 5-7 sm qalinlikda yirik shag‘a! to‘kiladi. Shundan so‘ng uning ustiga zanglamaydigan va ezilmaydigan quvurlar yotqiziladi. Yotqizilgan quvurlar diametri 15-20 sm bo‘ladi. Ko‘kalamzor hududlarda o‘simliklami sug‘orish uchun sug‘orish shoxobchalari o‘matiladi. Ushbu shoxobchalar asosiy suv manbalari: tabiiy suv manbalariga, artezian quduqlarga va shahar hududini suv bilan ta’minlash manbalariga borib ulanadi.

Suv olib kelish trubalarining diametri suvlami sarflash miq-doriga bog‘liq holda o‘matiladi. Trubalarni o‘rnatishdan oldin ularga izolyatsiyali materiallar: beton, mastika va asfaltli lak bilan yaxshilab ishlov beriladi. Trubalarga bunday ishlov berish ulami korroziyaga uchrashdan saqlaydi va ular uzoq xizmat qiladi. Trubalaming ustki qismiga tuproq tortishdan oldin barcha qilingan ishlar bo‘yicha (akt) dalolatnoma tuziladi.


Har bir park, bog‘larda asosiy texnik ta’minotlardan biri vodoprovod, ya’ni sun’iy suv bilan ta’minlash manbalari bo‘lib, o‘z o‘lchamlari bo‘yicha har xil funksiyalami bajaradi. Xo‘jalik uchun bu butun yil mobaynida xonadonlarda, umumiy va kommunal xizmat uylarida, ish olib boriladigan hududdagi shuningdek, qishki o‘yingoh inshootlarida foydalaniladi; ochiq sport maydonlarini sug‘orishga xizmat qiladi. Vodoprovodlarni qurish uchun po‘lat, cho‘yan, azbestli va temir-beton trubalar ishlatiladi. Xo‘jalik uchun zarur ushbu vodoprovodlar yer yuzu qismining muzlash qatlamidan 0,2-0,3 m pastda tuproq ostiga

ko‘miladi. Sug‘orish maqsadida ishlatiladigan vodoprovodlar uchun yer ostiga 25-50 sm gacha chuqurlikda po‘lat va cho‘yan trubalar qo‘yiladi.


Ikki xildagi vodoprovodlar maxsus loyiha asosida o‘mati-ladi va nazorat qilinadi. Ushbu vodoprovod yo‘li halqasimon tizimda bo‘lib, har qanday alohida ta’mir etiladigan bo‘limda suvni to‘xtatib ish boshlash mumkin. Bunda suvni park bo'yicha to'liq to‘xtatib o‘tirmasdan, har 300-500 m da o‘matilgan mexanik suv to‘xtatgichlar (zadvijkalar) suvni o‘zi to‘xtatib, ishning bir maromda borishini ta’minlaydi.


Xo'jalik inshootlari va imoratlarida mavjud vodoprovodlar eng yaqin bo‘lgan quduqlargacha, mavjud bo‘lgan ikki yopiq trubaga ulangan bo‘ladi. Ko'rinib turadigan quduqlar har 100-120 m da, yong‘in xavfi quduq gidranti bilan har 70-100 m da va sug‘orish ishlari uchun kranlar har 40-50 m da o‘raatiladi.


Qish faslida ochiq holda sug‘orish shoxobchalari (vodopro­ vodlar) sovuq ta’sir etmasligi uchun maxsus betonli yoki yog‘ochdan tayyorlangan qopqoq (korobka) bilan yopib qo‘yiladi.





Yüklə 215,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin