51
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
TANQIDIY FIKRLASH
Tasavvur qiling, bir guruh odamlar Mars sayyorasiga borishning
imkonsizligini aytib, sayyoralar aro sayohatga shubha bilan qarashmoqda.
Shunda bir ilmli odam keladi-da, ularning shubhasiga
shubha bilan qaraydi
va urinib ko‘rib, bu ishni uddalaydi.
Hamma shubhalangan ishni uddalash uchun insonga qanday xususiyatlar
zarur?
KENG QAMROVDA IJODIY FIKRLASH
Kreativlik –
ijodkorlik, ijodiy yondashuv ko‘nikmasidir. Jahon-
dagi barcha muvaffaqiyatli insonlar,
biznesmenlardan tortib
rassomlargacha mazkur ko‘nikma sabab ko‘zga ko‘ringanlar.
Kreativlik – bu hali no aniq narsani noan’anaviy, o‘ziga xos tarzda
tasavvur qilishni anglatadi.
Misol uchun, rassom va haykaltarosh Mikelanjelodan o‘z
asarlarini qanday qilib bu qadar shukuhli va mukammal yaratishini
so‘rashganida, u shunday javob bergan: «Men
har gal ijod
jarayoniga kirishar ekanman, ulkan marmar ichida qamalib qolgan
qahramonlarni ko‘raman va ularni ozod qilishni istayman».
Ijodiy fikrlash g‘oyalarni
rivojlantiradi, g‘oyalar esa o‘zgarishlarni
ilhomlantiradi.
Qaysi ishlar sizga ijodiy kayfiyat bag‘ishlab, kreativ fikrlashga undaydi?
ODAMLARNI BOSHQARISH KO‘NIKMASI
Fizik olim Pyotr Kapitsaning ajoyib fikri bor:
«Boshqarish – bu yaxshi xodimlarga ishlashlariga
xalaqit qilmaslikdir». Bu ko‘nikmaning bahosi oltinga
tengdir. Odam larni boshqarish –
ularga bor salohiyatlarini
namoyon etish lariga xizmat qiladigan shart-sharoit yaratib
berishni anglatadi. Odamlarni boshqarishda o‘zingiz namuna bo‘ling.
Odamlarni boshqarish nega qiyin deb o‘ylaysiz?
Dostları ilə paylaş: