55
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
Til kashf qilingach, oradan taxminan 95 ming yillardan so‘ng bu ixtiro
ham paydo bo‘ldi. U hisob-kitob, ilm uchun tagzamin bo‘ldi.
1600-yilda yaratilgan bu ixtironing nomi finikiyaliklarning «elēkrŏn»,
ya’ni «yonar tosh» so‘zidan olingan va kahrabo (zargarlikda foydalani-
ladigan qimmatbaho tosh)ga nisbatan ishlatilgan.
Xitoyda paydo bo‘lgan bu innovatsiya axborot tashuvchi vositaga
aylangan. Natijada yangi bilimlar tezroq va ko‘proq tarqala boshladi.
1440-yillarda esa Germaniyada bu qurilma yaratilishi bilan Y
evropa
ilm-fan markaziga aylandi. Chunki unda kitoblar bosila boshlandi.
Q
uyidagi matnni o‘qing va nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zlarni qo‘ying.
IJODIY FIKRLASH XUSUSIDA
Ijodiy fikrlash yangi g‘oyalar orqali odamlar hayotini yaxshilash, insonlar
va imkoniyatlarni bir-biri bilan bog‘lash, ya’ni ...ka keltirish degani. Bu
borada omadi chopgan odamlardan muvaffaqiyatlarining sirini so‘rasangiz,
ular bor-yo‘g‘i boshqalar e’tibor qaratmagan nimagadir ... qilishganini
aytishadi. Ular aslida yig‘ilgan ...ni jamlab, bilimlarni o‘zaro ... olganlar.
Ular ...ka boshqalardan ko‘proq diqqat qilganlar. O‘z sohasida yetakchi
insonlar hamda bu insonlarga ergashuvchilar o‘rtasidagi yagona farq – ...,
ya’ni ilg‘or fikrdir. ...ka uchramay turib, yangilik yaratib bo‘lmaydi. Ijodiy
yaratuvchanlik yangi ...larni o‘ylash, innovatsiya – ...ni amalga oshirishdir.
Buni uddalash uchun muvaffaqiyatsizlikdan ... kerak.
Foydalanish uchun so‘zlar: dunyo, uyg‘unlik, innovatsiya, muvaffaqiyatsizlik,
diqqat, tajriba, bog‘lay, g‘oya, ilg‘or ishlar, qo‘rqmaslik.
Muvaffaqiyatni – sa’y-harakatda, muvaf faqiyatsizlikni esa – loqaydlik
va dangasalikda ko‘rdim.
Najmiddin Kubro
Dostları ilə paylaş: