Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/101
tarix24.10.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#160746
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   101
tarbiya 9 www.sadikov.uz

Jamoaviy mashg‘ulot
Bilasizmi?
Amaliy faoliyat
Pulga nisbatan yaxshi odatlar ro‘yxatini tuzing.


119
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
BOLA BOSHIDAN ...
Jahonning eng boy kishilaridan biri
bo‘lgan Uorren Baffet 6 yoshidan bosh-
lab ulgurji narxda salqin ichimliklar,
saqich va gazeta-jurnal xarid qilib,
eshikma-eshik yurib pullagan. U bo-
bosining baqqollik do‘konida ham
ish lagan. Yuqori sinflarda o‘qib yur-
gan kezlarida gazetalar tarqatish,
golf koptoklari, markalar sotish va
mashinalarni tuzatish orqali bo‘lajak
sarmoyador ancha-muncha pul jamg‘aradi. Kollejni tamomlash arafasida
Baffetning hisobida 90 ming dollardan ko‘proq puli bo‘lgan. 1950-yillarda
bu katta pul edi. Tajriba va bilim unga keyinchalik muayyan soha va
kompaniyalarning istiqbolini ko‘rish imkonini berdi. Natijada Uorren Baffet
jahonning muvaffaqiyatli sarmoyadoriga aylandi.
«Mening ilhom manbaim mening otam edi. Bolaligimdanoq undan
tongni to‘g‘ri odatlar bilan boshlashni o‘rgandim», deydi milliarder. «Ota- 
onalar farzandlariga 3 yoshdan boshlab pul haqida gapirishlari va pulga
nisbatan ularning to‘g‘ri munosabatini shakllantirishlari kerak. Pulni
tejash – otam menga 6 yoshimga qadar o‘rgatgan muhim saboq bo‘lgan».
Bankdagi hisobida milliardlab dollari bo‘lishiga qaramasdan, Baffet
hashamatli qasrda yashashda ma’no ko‘rmaydi va 1958-yilda xarid qilgan
shinam va oddiy 5 xonali uyida yashaydi.
Nima deb o‘ylaysiz?
Qanday omillar Uorren Baffetning muvaffaqiyatiga xizmat qilgan?
Oilada ota-onalarning farzandlari bilan pul va pulga nisbatan munosabat
haqida suhbatlashishlari nega muhim?
Jamoaviy mashg‘ulot
Ma’naviyat xazinasidan
HAYOT HIKMATLARIDAN
Donishmandlardan biri o‘z farzandiga dedi: –
U
ch narsani tark etma!
Eng yaxshi taomni yemoqni; eng yaxshi to‘shakda uxlashni; eng yaxshi
uylarda yashashni.
Farzand so‘radi: – Ey otajon, biz kambag‘al bo‘lsak, bu ishlarni qanday
bajaramiz?
Donishmand dedi: – Faqat qorning ochganda taomlansang – eng yaxshi
taomni yegan bo‘lasan; halol mehnat qilib charchaganingda uxlasang –



Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin