Zohidning jismoniy imkoniyati cheklangan bo‘lsa ham, u uyidan turib
mehnat qiladi. So‘nggi 2 yildirki, u 100 dan ziyod ish beruvchilarga blogerlik
va reklama xizmatlarini ko‘rsatdi.
Komila hisobchi bo‘lib ishlasa ham , bolaligidan grafik dizaynerlikka
qiziqadi. U frilanser sifatida buyurtmalar olib, kechki payt grafik-
dizaynerlik bilan shug‘ullanadi. U sevimli mashg‘uloti bilan band bo‘lish
asnosida daromad ham topadi.
G‘ayrat shahardan chetroqda isti qomat qiladi. U ingliz tili o‘qituvchisi.
G‘ay rat internetdagi frilanserlik platformalari orqali mahalliy va xalqaro
kompaniyalarga tarjimonlik yo‘nalishida xizmat ko‘rsatadi. Bu orqali ham
tajriba orttiradi, ham pul topadi.
Favqulodda holat munosabati bilan shaharda hara katlanish taqiqlandi
va haydovchilik bilan shug‘ullanuvchi Azimning daromadi kamayib
ketdi. Ammo uning mak tabni tamomlayotgan qizi Aziza masofadan turib
video muharrirlik qilib, oilani mablag‘ bilan ta’minladi.
Faxriddin jurnalistika fakultetida tahsil oladi. U bo‘sh vaqtlarida
4 ta yirik kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifa va guruhlarini
boshqaradi. Faxriddin frilanserlik orqali o‘qishi uchun zarur shartnoma
pulini ishlab topadi. Shuningdek, u oilasini ham moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi.
San’at yo‘nalishida tahsil oluvchi Oydinning ovozi boshqa shahar-
dagi radio ijodkorlariga ma’qul keldi. Oydin har hafta qiziqarli materiallar
tayyorlab, smartfoniga yozib oladi va radioga jo‘natadi. Ijod orqali uning
mahorati yanada oshmoqda.
Mulohaza uchun Rivojlanish mehnat bozorini muntazam yangilab kelmoqda. Qirq
yil avvalgi holat bilan taqqoslaganda, yangiliklar ta’sirida mehnat
munosa batlari tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketganiga guvoh bo‘lamiz.
Axborot texnologiyalari ayrim soha vakillari bir vaqtning o‘zida bir
nechta ish beruvchi bilan ishlash imkonini bermoqda.