Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/101
tarix24.10.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#160746
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101
tarbiya 9 www.sadikov.uz

HAQIQIY BOYLIK NIMA? 
«Boylik» deganda, odatda, shaxs, jamoa, kompaniya yoki mamla-
katga tegishli bo‘lgan jamiki mol-mulkning qiymatini tushunamiz.
Ammo moddiy boylikning ortida nomoddiy boylik yotishini bilasizmi? 
Taniqli muallif Robert Kiyosaki «boylik» so‘ziga ta’rif berib, uni «Daromad
keltiruvchi mulk», deydi. Unga ko‘ra ko‘pchilik boylik uchun o‘lchov deb
bilgan hashamatli uy, qimmatbaho mashina yoki pul – boylik emas. Robert
Kiyosakiga ko‘ra hayotni go‘zal qilayotgan omil, bu – nomoddiy boylik. Misol
uchun, inson qobiliyatlari – ijodkorlik, kuch-g‘ayrat va maqsad. Insonning
ijodkorligi, kuch-g‘ayrati va maqsadi o‘zini va boshqalarni boy qiladi.
Insonning qancha daromad qilishi bevosita sa’y-harakatlarining qiymati
bilan bog‘liq. Misol uchun, dasturchi yaratgan mahsulot bahosi oshsa
uning daromadi ham oshadi. Kimningdir harakatlarining qiymati esa uning
qobiliyati bilan bog‘liq. Qobiliyatga ega bo‘lish uchun esa inson o‘qib, ta’lim
olishga muhtoj. Ya’ni, yaxshi ta’lim olib, biror iqtidorga ega bo‘lgan insonning
daromadi boshqalarnikidan ko‘proq bo‘ladi. Nomoddiy boylik hisoblangan
bilim va qobiliyat insondagi moddiy mol-mulkning ko‘payishiga xizmat
qiladi. Demak, bugungi davrda boy bo‘lishni istaydigan inson uchun eng
yaxshi yechim – yaxshi bilim olishdir. 
Yuqoridagi matn asosida jamoangiz bilan «XXI asrda boy bo‘lishning
oson yo‘li» mavzusida infografika chizing.
Agar ilm o‘rgansam nima topaman? Agar kichik bo‘lsang, ulug‘
va mashhur bo‘lasan, kambag‘al bo‘lsang, boylik orttirasan, mashhur
bo‘lsang, yanada mashhurroq bo‘lasan.
Buzurgmehr
Faollashtiruvchi savollar
Mulohaza uchun
Jamoaviy mashg‘ulot
Ma’naviyat xazinasidan


IV bob. Tadbirkorlik, g‘oya va boylikdan foydalanish mezonlari
124
@edurtm_uz
Tadbirkor Alisher Usmonovning quyidagi fikrini muhokama qiling.
Tartibli odam bo‘lsanggina, senga berilgan boylik o‘zini oqlaydi. Baxtli
bo‘lish uchun boylikni ezgu ishlarga sarflashning o‘zi kifoya.
Biznesda haqiqat shuki, qancha ko‘p ulashsang, senga shuncha ko‘p
qaytaveradi.

Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin