Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining


IV bob. Tadbirkorlik, g‘oya va boylikdan foydalanish mezonlari



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/101
tarix24.10.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#160746
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   101
tarbiya 9 www.sadikov.uz

IV bob. Tadbirkorlik, g‘oya va boylikdan foydalanish mezonlari
110
@edurtm_uz
Jamoangiz bilan quyidagi savollarni muhokama qiling. Javoblardan kelib
chiqib, biror biznes g‘oyani ifodalang.
1. Qiziqishlaringizni va nimada qobiliyatli ekaningizni ayting. Ular to‘g‘ri- 
sida fikr almashib, qaysi birini biznesga aylantirish mumkinligini
aniqlang.
Misol uchun, siz hisob-kitobda yoki rasm chizishda qobiliyatlisiz. Uni
qanday qilib biznesga aylantirish mumkin?
2. Siz ilgari surayotgan biznes g‘oyasidan kim manfaatdor?
Jamiki katta bizneslar insonlar hayotini osonlashtirishni ko‘zlagan
g‘oyalar tufayli dunyoga kelgan. Sizning g‘oyangiz kimning ehtiyojini
qondiradi? Ular buning uchun pul to‘lashga tayyormi?
HAR QANDAY G‘OYA ESKIRADI VA UNI YANGILASH MUMKIN
1970-yilda Bernard Sadov jomadonlarning ostiga g‘ildirak qo‘yish
g‘oyasini o‘ylab topdi. Natijada ularni ko‘tarib emas, tortib yurish imkoni
paydo bo‘ldi. Ammo o‘sha yillarda jomadonlar kichik
bo‘lgani tufayli bu g‘oya o‘zini oqlamagan. Yigirma
yil o‘tgach, uchuvchi Bob Platning ikki g‘oyasi
g‘ildirakli jomadonlarni ommalashtirib yubordi.
Birinchidan, u jomadon g‘ildiragini oldinroqqa
o‘rnatdi. Ikkinchidan, jomadonlarga tortib yurish
uchun dastak qo‘ydi. Ushbu kichik o‘zgar-
tirishlar bilan, hatto katta va og‘ir jomadonlarni
ham osongina sudrab yurish mumkin edi.
Miloddan avvalgi 460-yillarda yashagan yunon
faylasufi Demokrit «hamma narsa atom yoki eng
kichik bo‘linmas zarradan iborat» degan g‘oyani
ilgari surgan. Oradan 2 ming yildan ko‘proq vaqt
o‘tib, milodning XIX asrida ingliz kimyogari Jon
Dalton (1766–1844) hamma narsa atomlardan iborat
ekanini isbotladi. 1897-yilda fizik Jozef Tompson doimiy harakatlanuvchi
elektronlar bilan o‘ralgan proton va neytronlarning yadrosiga ega bo‘lgan
atom tuzilishini tasvirlab berdi.
Miloddan avvalgi 4000-yilda Mesopotamiyada ilk arava yaratilgan
bo‘lsa, 1672-yilda Y
evropada bug‘da harakatlanuvchi aravalar paydo bo‘ldi.

Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin