13 Tarbiya, 9-sinf @edurtm_uz
Ma’naviyat xazinasidan INSON
OMILI
MASHG‘ULOT
TADQIQOT
SAMARADORLIK
O‘QIB-O‘RGANISH
YETAKCHILIK
ISH O‘RNI
MAHORAT
SALOHIYAT
3–4-MAVZU: YUKSALISH – O‘ZINGNI ANGLASHDAN BOSHLANADI Dunyoga kelgan har bir inson – davlat uchun tom ma’nodagi noyob
boylikdir. Unda o‘ziga xos qobiliyat yashi ringan bo‘ladi. Shu qobiliyat
yuzaga chiqsa, undagi iste’doddan butun jamiyat manfaatdor bo‘ladi.
Insondagi iste’dodni kashf qilishning vositasi – ta’lim.
Tabiiy xomashyo resurslari dunyo miqyosida deyarli adog‘iga yet-
moqda. Shu sababli mamlakatlarning e’tibori inson aql-zakovatini «zabt
etish»ga qaratilgan. Inson omili yuksalib, jahon iqtisodiyoti tobora bi-
limga asoslangan sohalar ixtiyoriga o‘tmoqda. E’tibor qiling, dunyoning
eng boy kompaniyalari ham aql evaziga boyimoqda. Hozirgi jarayonda
ko‘proq bilim olib, ilg‘or fikrlarni ilgari surish – muvaffaqiyat asosidir.
Jamiyat rivoji shaxslarning rivojlanishi bilan bog‘liq. Inson omili
yuksalgani sayin davlat ham taraqqiy etib boradi. Shaxsiy rivojlanish –
umr bo‘yi davom etadigan jarayon. Odamlar salohiyat larini ang lash
va yuksaltirish ni istasalar, ular maqsadlarini belgilashlari hamda
ularga yetish uchun zarur qobiliyat, fazilatlarini rivojlantirishlari kerak.
1. Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, davlat rivojlanishida eng muhim omil nima?
2. «Har bir inson – noyob tabiiy boylik» degan fikrni izohlang.
3. Ta’lim qanday qilib insondagi iste’dodni yuzaga chiqaradi?
4.
Bilimga asoslangan jamiyatda qanday ko‘nikmalar insonlarga
muvaf faqiyatga erishishga yordam beradi?
Faollashtiruvchi savollar Mulohaza uchun