Hato
.Hech bir amaliy ish qilmaydigan odamgina xato qilmaydi.
V. I. LENIN
Hech nima qilmaydigan odamgina xato qilmaydi, holbuki uning asosiy xatosi ham shudir.
A. N. TOLSTOY
Shunday odamlar borki, hech qanday aqlli fikrlar bilan mashg‘ul emaslar va shuning uchun ham hech qachon adashmaydilar.
I. GYOTE
Shunday odamlar borki, ularning bor xizmati hech nima qilmaslikdir.
V. O. KLUCHEVSKIY
Ko‘p narsaga ruju qilgan odam ko‘p iarsada xato qilishi muqarrar.
MENANDR
Har bir odam o‘zicha xato qiladi, negaki xatolar ko‘pincha apiqlikni har xil tushunishdan kelib chiqadi.
G. LIXTENBERG
Xatoning boisi mukammallikni bilmaslikdadir.
DEMOKRIT
Xato bor-yo‘g‘i noto‘g‘ri mulohazalarping oqibati, xolos, ammo o‘jarlik bilan xatoda turib olnsh ko‘zga yaqqol tashlansa, bu irodasizlik belgisidir.
K. BOUVI
Turlicha xato qilish mumkin, ammo to‘g‘ri yo‘l esa bitta. shu sababli ham to‘g‘ri yo‘ldan ko‘ra xato qilish oson; mo‘ljalga tegishdan ko‘ra tegmaslik o‘ng‘ay. .... . ARASTU
O’zni benuqson hisoblash adashishniig eng to‘g‘ri yo‘lidir.
P. BUAST
Xatolardan qo‘rqmang, ularsiz yashab bo‘lmaydi.
M. GORKIY
Xatolar aql beradi.
L. N. TOLSTOY
Birovning xatosi — boshqaga saboq.
J. REY
Birovlarning nuqsoni uchun o‘zingga pand berishing — men ko‘pincha shunday qilaman — noto‘g‘ri bo‘lganidek, o‘z nuqsonlaringni birovda ko‘rib, uni tanqid qilishing ham mutlaqo o‘rinsizdir, nuqsonga hech yerda o‘rin qoldirmay, hamisha va hamma joyda uni fosh etish kerak.
M. MONTEN
Xatolaring va adashgan yo‘lingdan xafa bo‘lma. Hech narsa senga o‘z xatoingni anglab yetishingdan ortiqroq saboq bermaydi. O’z-o‘zini tarbiyalashning eng asosiy omillaridan biri ham shudir.
Dostları ilə paylaş: |